$
12760.21 UZS
54.42
160.08 UZS
0.88
14704.87 UZS
0.46
38° Kechasi 23°

Yana bir mansabdor o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun katta miqdordagi jarimaga tortildi

18:37 / 05.06.2020

Yana bir hokimlik vakili o‘qituvchilarni majburiy obuna va mehnatga jalb qilgani uchun katta miqdorda jarimaga tortildi.

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, vazirlikning Nazorat-huquqiy xizmati va Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi hamkorlikda Toshkent viloyati, Zangiota tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyevni o‘qituvchilarni majburiy obuna va mehnatga jalb qilgani uchun 15,61 mln. so‘m jarimaga tortgan.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyati, Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyevning joriy yil 15-yanvardagi og‘zaki topshirig‘iga ko‘ra tumandagi barcha umumta’lim maktablari 10 dan ortiq ro‘znomalarga obuna bo‘lishga majbur etgan.

Joriy yilning 14-may kuni ZOOM dasturi orqali tumandagi jami 44 ta umumta’lim maktabi direktorlariga onlayn tarzda yig‘ilish o‘tkazib, umumta’lim maktab mikrohududidagi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan aholini xatlovdan o‘tkazib, hisobotlarni hokimiyatga topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

Uning mazkur ko‘rsatmasiga asosan umumta’lim maktab direktorlari pedagog xodimlar bilan bir hafta mobaynida aholini xonadonma-xonadon yurib xatlovdan o‘tkazib, kam ta’minlangan oilalarning ro‘yxatini shakllantirib hokimiyatga taqdim etgan.

Shuningdek, B.Mamadaliyev tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirini majburlab, tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlariga joriy yilning 28-may kuni ertalab soat 6:45 da yoshlar yetakchisi va yana bir nafar xodim bilan birgalikda yig‘ib, tumandagi barcha maktab direktorlari va 80 nafardan ortiq o‘qituvchilarni o‘sgan o‘tlarni tozalash va yerni chopiq qilish, yumshatish ko‘rinishidagi majburiy mehnatga jalb qilgan.

“Bu bilan Zangiota tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-sonli qarorlari talablari buzilganligi holati aniqlandi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘ka tumani hokimining o‘rinbosari ham xalq ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashgani, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ygani va mehnatga majburlash, ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilgani uchun 22,3 mln. so‘mga jarimaga tortilgan edi.  


Bu ham qiziq

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025
Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 16-iyundan 30-iyungacha T…
10:42 / 15.06.2025
Isroilning keyingi nishoni Oyatulloh Ali Xomanaiy bo‘lishi mumkin

Isroilning keyingi nishoni Oyatulloh Ali Xomanaiy bo‘lishi mumkin

The Wall Street Journal bu haqda isroillik manbalariga tayanib xabar bermoqda.
12:41 / 15.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila a’zolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda T…
09:28 / 16.06.2025
17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati ku…
17:51 / 16.06.2025
DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

Ular 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligi sabab MChJga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni va’da qilgan.
09:56 / 16.06.2025
Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Netanyaxu shu haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.
12:19 / 16.06.2025
Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Dzyudochi bu haqda Vengriyada beshinchi bor Jahon chempioni bo‘lgandan so‘ng ma’lum qildi.
14:19 / 16.06.2025
Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
10:02 / 16.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!