Jyerimini barcha ham tushunavermaydi. Unga hammasi baribir: u nimani o‘ylasa, shuni qiladi. O‘ylari esa doim noodatiy.
Yomon boshlovchilar mashhur boshlovchi rolini o‘ynashga intilishadi, Klarkson esa o‘z-o‘zini ijro etadi.
U haqda qancha gapirsa, shuncha kam. Bugun Klarksonning avtotarixi haqida so‘z yuritamiz.
Ford Cortina Mark II 1600E
Yosh avtomobil jurnalisti Jyeremi Klarksonning eng birinchi avtomobili Ford Cortina edi. Mashina 88 ot kuchiga ega bo‘lib, Jyerimi uni 900 funt evaziga sotib olgandi.
Volkswagen Scirocco I
Shundan so‘ng Klarkson boshqa bir mashina sotib olishni mo‘ljalladi va uning nazari «Folksvagen»ga tushdi. U Golf GTI va Scirocoo modellaridan birini sotib olish uchun bosh qotirdi va ikkinchi variantni tanladi.
Alfa Romeo Alfetta GTV
Klarkson vaqt o‘tishi bilan Alfa Romeo’ga nisbatan ishqi tushib qolganligini angladi.
Uning Alfa Romeo GTV mashinasi to‘rt silindrli va zanjir mexanizmli DOHC 1.8 motoriga ega edi. Klarksonning o‘zi u haqida gapirar ekan, hayotidagi eng yomon mashina bo‘lganligini ta'kidlaydi.
Ford Escort Cosworth
Klarkson 1993 yilda 227 ot kuchiga ega Escort mashinasini sotib oladi. Keyinroq u modelni 90-yillardagi eng sevimli mashinasi bo‘lganligini gapirib o‘tgan.
Bu modellar jahonda bor yo‘g‘i 7145 dona chiqarilgan. Escort Cosworth boshqa Escort’larga qaraganda ancha mukammallashtirilgan. U soatiga 100 km.li tezlikka 5,8 soniya ichida chiqa olgan.
Ferrari F355
Klarkson mashhur bo‘lgach, yaxshinina pul topa boshladi va u hayotidagi ilk Ferrari’ni sotib oldi. «Men podachiga o‘xshaymanmi?», – deb asabiylashgan edi u o‘shanda avtosalonga kirib borarkan, – «Men qizil tusli Ferrari’Ni istamayman, menga yashil tuslisi kerak». Shundan so‘ng u qizil ranglisini sotib oldi.
U o‘shanda F355 modelini xarid qilgan edi. U soatiga 100 km.li tezlikka 5 soniya ichida chiqa olgan. Ana shu mashina Klarksonga 130 ming AQSh dollariga tushgan.
Mercedes-Benz SL55 AMG
Klarkson o‘z Ferrari’sidan suv keta boshlagach, jahli chiqdi va Mercedes-Benz SL55 AMG mashinasini sotib olish uchun uni kim oshdi savdosiga qo‘ydi. U «Mersedes»ni sotib oldi va u haqda «Bu – mahluq, Ferrari esa yo‘q», deya ta'rif berdi.
Mashinada 5,5 litrli V8 dvigateli bo‘lib, 467 ot kuchiga ega edi. U 100 km.li tezlikka 4 soniya ichida chiqa olardi.
Ford GT
Klarkson 35 yoshidan boshlab Ford GT haqida orzu qila boshladi. Nihoyat 45 ga kirganida unga ega bo‘ldi va shu zahoti orzusi chippakka chiqdi: oradan bir necha hafta o‘tgach, GT buzildi.
Bunga sabab elektronika bilan bog‘liq tuganmas muammo edi.
Yakunda u baribir GT’ga qaytdi.
Aston Martin DB9
Ford Motor Company avtokonserni o‘sha paytlar Aston Martin markasiga egalik qilar edi va ular Klarksonga uzr tariqasida o‘zlarining DB9 modelini taqdim etishdi.
Bugun Jyeremi Klarksonning garajida 30 xil avtomobil bor. Mana, ulardan ayrimlari:
Volvo 850 R
Austin-Healey Sprite
Alfa Romeo 164
Custom Ford Sierra GL
Ford Mondeo
Lamborghini Gallardo Spyder
Jaguar XJR
BMW 3.0 CSL
BMW Z1
Toyota Land Cruiser Amazon
Aston Martin V8 Vantage
Ford Focus
Mitsubishi Lancer Evolution X
Mercedes-Benz 600
Land Rover Defender
Mercedes-Benz CLK 63 AMG Black Series
Volvo XC90
Caterham 7 Superlight R500
Range Rover TDV8 Vogue SE
Maserati Biturbo
Perodua Kelisa
Va boshqalar.
Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!