$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olish osonlashdi 

16:49 / 07.11.2019

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ilgari tug‘ilganlik haqidagi guvohnama vaqtida olinmasa, faqatgina bolaning ota-onasi olishi mumkin edi. O‘zgartirish kiritilgan yo‘riqnomada bu tartib soddalashdi.

Tug‘ilgan vaqtida olinmagan guvohnama uchun nimalar taqdim etiladi?

Yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda tug‘ilishni qayd etish muddati o‘tkazib yuborilganda 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olish uchun ariza quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:

• bolaning ota-onasi;
• ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo‘lgan hollarda ulardan biri;
• ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs;
• ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari.

Ilgari bunday ariza faqat bolaning ota-onasi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan.

Tuzatishlar notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim
Bundan tashqari, endilikda dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.

Ilgari dalolatnoma yozuvlariga ishonchnoma orqali o‘zgartirish kiritish mumkin bo‘lmagan.


Bu ham qiziq

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!