$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

MIB’da guruhbozlik va tanish-bilishchilikka chek qo‘yildi

17:23 / 28.11.2019

Joriy yilning 1-iyunidan boshlab, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishi qo‘zg‘atilishi yo‘lga qo‘yildi. Muqaddam ijro hujjati 3 kun ichida qo‘zg‘atilardi.
Bu haqida Majburiy ijro byurosining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan tadbirida aytib o‘tildi.

Ijro harakatlari kechiktirilishi kamaydi

Shuningdek, anjumanda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning mazmuni tushuntirildi.
Avval ijro harakatlari bir necha marta kechiktirilishi mumkinligi qonunchilikda ko‘rsatilmagan edi va bu ijro hujjatlarining ko‘p bora to‘xtalib, undiruvchi tomonlarning noroziligiga sabab bo‘lardi.
Endilikda esa, ijro harakatlari ko‘pi bilan 2 marta kechiktirilishi mumkin.

Ijro ishlari 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi

Qaror bilan ijro ishlariga ishtirok etishi lozim bo‘lgan mutaxassis davlat ijrochisi tayinlagan ish bilan tanishgan kundan boshlab, 15 ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishga majbur.
Avvallari ijro harakatlarida mutaxassis ishtirok etishi lozim bo‘lgan ijro harakatlari – ekspert, mutaxassisning xulosasini ololmasligi sababli cho‘zilib ketardi. Bu holat tomonlarning manfaatini ishonchli himoya qilishga halaqit berardi.

Avtomatlashtirilgan taqsimlash tartibi joriy etildi

Yana bir yangilik, hozirga qadar ijro hujjatlari davlat ijrochilari o‘rtasida bo‘lim boshlig‘i tomonidan taqsimlangan. Biroq, odatiy taqsimlash tizimi davlat ijrochilarining ish hajmini nomutanosib belgilanishiga, ayrim hollarda ishlarni taqsimlashda guruhbozlik va tanish-bilishchilikka sharoit yaratgan. 

Shuning uchun ham ijro hujjatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali davlat ijrochilari o‘rtasida avtomatlashtirilgan taqsimlash tartibi joriy etilmoqda.

Sud qarori SMS orqali yuboriladi

1-oktabrdan boshlab, bu jarayon Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani va Navoiy shahridagi Majburiy ijro byurosi bo‘limlarida eksperimental tariqasida yo‘l qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, fuqarolar sud qarorlari ijrosini bilish uchun tuman markaziga Majburiy ijro byurosining tegishli bo‘limi yoki davlat ijrochisining huzuriga bormaydi. Sudning qarori ijrosi fuqarolarga elektron pochta yoki mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida yo‘llanadi.

Xabardor.uz


Bu ham qiziq

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025
Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
09:27 / 13.07.2025
Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025
Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Poytaxt hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
22:22 / 11.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni jahon hamjamiyatiga kelishuvga erishish uchun hamma narsani qilmoqda va Rossiya-Amerika muloqoti uchun pl…
11:02 / 12.07.2025
O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!