$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Kun tarixi: “Shrek”dagi “eshshak”ga ovoz bergan Eddi Myorfi 59 yoshda

11:40 / 03.04.2020

Amerikalik aktyor, kinorejissyor, prodyuser va xonanda Edvard Rigan Myorfi 1961-yilning 3-aprelida Nyu-Yorkda tavallud topgan. U bizga “Tanishing Deyv”, “Amerikaga sayohat, “1000 ta so‘z” filmlari bilan tanish. Quyida esa uning shaxsiy hayoti va kino olamidagi yutuqlari bilan tanishamiz.

Hayoti va karyerasi
• Eddining onasi telefon operatori bo‘lib ishlagan, otasi esa yo‘l politsiyasida faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, uning otasi aktyorlikka qiziqqan va ko‘ngillilar teatrida chiqishlar qilgan.

• Aktyorning ota-onasi Eddi 3 yoshligida ajrashishgan, 8 yoshligida esa otasi vafot etgan. Shundan so‘ng onasi boshqa turmush qurgan. “Yangi” ota bolakaydagi iqtidorni tez ilg‘ab olgan va shu yo‘nalishda harakatlanishiga imkoniyat yaratib bergan.

• Eddi Myorfi 15 yoshida ham yosh aktyorlar klublarida chiqishlar qilar edi.

• Eddi Myorfi aktyorlik qobiliyatini yoshlik paytlaridanoq rivojlantirishni boshlagan. U nafaqat aktyor, prodyuser va xonanda, balki o‘zining “stendap” yo‘nalishidagi chiqishlari bilan ham mashhurdir. Uning “stendap” janrida chiqargan filmi shu yo‘nalishda chiqqan eng kassabop filmlardan biri hisoblanadi. Keyinchalik o‘zining aytishi bo‘yicha “stendap” uning uchun quvnoq mashg‘ulot bo‘lmay qolgan. 27 yoshida OITS va boshqa bir qancha jiddiy mavzular ustidan kulib, tanqid ostiga olib, keyinchalik uzr so‘rashiga to‘g‘ri kelgani uchun ham bu yo‘nalishda ijod qilishdan voz kechgan.

• Unga aktyorlik sohasida muvaffaqiyat 1982-yil “Qirq ikki soat” filmi katta ekranlarga chiqqanidan keyin keldi. Shu filmdagi roli uchun u “eng yaxshi debyutant aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha “Oltin globus” mukofoti nomzodi bo‘lgan. Tanqidchilar tomonidan esa “1982-yilning eng yaxshi filmi” deb topilgan.

• U “Shrek”dagi “eshshak” va “Mulan” multfilmidagi “Mushu” rollariga ovoz bergan.

• Eddi Myorfi Gollivudning eng boy qoratanli aktyorlaridan biri hisoblanadi.

• Eddi birinchi roli uchun 1 mln. dollar olgan birinchi aktyor hisoblanadi.

• Mashhur qo‘shiqchi Uitni Xyuston Bobbi Braunga turmushga chiqishidan oldin Eddi Myorfi bilan uchrashib yurgan.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

Yurtimiz jinoyatchilik indeksida yuqorilashda davom etmoqda
18:22 / 17.07.2025
Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
17:45 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yong‘in qurbonlari uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
12:46 / 17.07.2025
18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:25 / 17.07.2025
Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
10:51 / 17.07.2025
“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:23 / 17.07.2025
Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

“Sodir etilgan yo‘l transport hodisasi natijasida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
12:17 / 17.07.2025
Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!