Ma’lumotlarga ko‘ra, “Berdaq” nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, uni va 17 nafar talabani yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!