$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
33° Kechasi 21°

“Milliy gvardiya mayori” firibgarlik va pora berishda ayblanmoqda

10:49 / 25.03.2020

Milliy gvardiya matbuot xizmati joriy yilda fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarning birida o‘zini “mayor” unvonidagi “Milliy gvardiya xodimi” deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun 15 800 000 so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pul va shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini undirib kelgan firibgar ayol haqida ma’lum qildi


Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida “Gulbahor” ismli ayol qo‘lga olinib, Toshkent shahar IIBga topshirilgan. 

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida ro‘yxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.Sultonova ekanligi ma’lum bo‘lgan.

“Bugungi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro Gulbahorga nisbatan JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) va 211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  
Hurmatli fuqarolar pul evaziga qaysi sohaga bo‘lishdan qat’iy nazar ishga yoki o‘qishga kiritib qo‘yaman deb yolg‘on va’da beruvchilarga ishonib qolmang”, deyiladi xabarda. 


Bu ham qiziq

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilga…
09:18 / 12.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025
Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
11:19 / 12.06.2025
Chet eldan qaytganlar va mehnat migrantlari majburiy “SPID” tekshiruvidan o‘tadi

Chet eldan qaytganlar va mehnat migrantlari majburiy “SPID” tekshiruvidan o‘tadi

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, uzluksiz 90 kundan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan 18–60 yoshdagi fuqarolar va mehnat faoliyati…
13:05 / 10.06.2025
13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Bu haqda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
10:59 / 12.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!