Necha asrlar davomida hasharotlardan harbiy qurol sifatida foydalanilgan. Ular nafaqat dushmanlarga zarar yetkazish, balki ekinlarni yo‘q qilish, tinch aholi orasida xavfli kasalliklarni tarqatish vazifasini ham bajargan. Dushmanlar hasharotlar tufayli turli azob-uqubatlarni, ochlik va o‘limni boshidan kechirganlar.
Hasharotlar orqali infeksiyalarning tarqalishi juda samarali edi. Bu yaponlar tomonidan qo‘llanilgan. Ikkinchi Jahon urushi paytida ular maxsus biologik birliklarni yaratdilar, ya’ni vabo bilan kasallangan burga va chivinlarni Xitoy shaharlariga yuborishgan. Natijada, 440 ming kishi vafot etgan. Yaponiyaliklar ushbu tajribani Amerikaning San-Diego shahrida takrorlamoqchi bo‘lishgan, ammo ularning rejalari amalga oshmay qolgan.
Ko‘p ming yillar davomida qon so‘ruvchi “askarlar”dan dushmanlarni azoblash va yo‘q qilish uchun foydalanilgan. Quyida ba’zilari keltirilgan.
II asr oxirida Rim imperatori Septimiy Sever Mesopotamiyani o‘z nazoratiga olishga va Osiyo hukmdorlarini Rim hokimiyatiga bo‘ysundirishga tayyor edi, agar chayonlar bo‘lmaganida. Ushbu sudralib yuruvchilarning galasi Septimiyning rejalarini barbod qilgan. Bu haqidagi axborot bizga qadimgi tarixchi Irodian tomonidan yetib kelgan.
Legionerlar qanchalik jiddiylashsalar, raqiblar shunchalik ayyorroq bo‘lganlar. Xatra qal’asiga yaqinlashganda, hukmdor chekinishning iloji yo‘qligini angladi. Aks holda Buyuk Ipak Yo‘li ustidan nazorat yo‘qolar edi. Shahar himoyachilari 40 futlik devor bilan o‘ralgan, loydan yasalgan bomba moddalarini ishlatishga tayyorlanishgan, ularning ichi esa chayon bilan to‘ldirilgan edi. Bu hududda yashaydigan mavjudotlar shu qadar xavfli ediki, Fors hukmdorlari ko‘pincha yaxshi pul evaziga chayonlarni ov qilishni taklif qilishardi. Mesopotamiyaliklar chayonning chaqishi juda og‘riqli ekanligini, uning zahri nafas olishni to‘xtatib qo‘yishi, yurak urishini sekinlashtirishi va o‘limga olib kelishi mumkinligini bilishgan.
Sadoqatli rimliklar qal’a devorlariga yaqinlashganda, chayon to‘ldirilgan “bombalar” ularga hujum qilgan. Ular raqibning tanasidagi ochiq joylarni – qo‘llari, oyoqlari, yuz va ko‘zlarini chaqib tashlagan.
Hujum barham topib, rimliklar ortga chekinishgan.
Asalarilardan dushman kemasini tozalashda foydalanishning murakkab usullari mavjud. Bu samarali usul XIV asrda qo‘llanilgan.
Qanotli hasharotlardan qurol sifatida foydalangan yana bir hukmdor Buxoro amiri Nasrullo Bahodirxondir. Uning qattiq taktikasi bo‘lib, aholisi tomonidan “qora quduq” deb atalgan g‘oya o‘ylab topilgan. Quduq 21 metr chuqurlikda bo‘lib, tepadan temir panjara bilan qoplangan edi. Ichkariga faqat zinapoyalar orqali tushish mumkin bo‘lgan. Amirga yoqmaganlarning hammasi quduqqa tashlangan. U yerda qurbonlariga dahshatli azob-uqubat yetkazishi mumkin bo‘lgan hasharotlar saqlangan.
Hukmdorning eng yaxshi “qullari” qotil qo‘ng‘izlar edi. Ularning chaqishini igna sanchish bilan solishtirish mumkin. Amir zindonidagi bu hasharotlar ikkita britaniyalikni chaqib tashlagan. Biroz vaqt o‘tgach, Nasrullo rahm-shafqat ko‘rsatishga qaror qilgan va ularni boshini tanasidan judo qilishga buyruq bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!