$
12715.13 UZS
-45.08
161.75 UZS
1.67
14730.48 UZS
25.61
39° Kechasi 24°

“Ingliz tilida nima o‘qisam ekan?” – Boshlang‘ich darajadagilar uchun qiziqarli kitoblar

11:20 / 01.01.2020

Quyidagi kitoblar orasida bolalar uchun ham, kattalar uchun ham atalganlari bor. Ular nafaqat so‘z boyligini oshirishga, balki mutolaadan zavq olishga ham yordam beradi.
Bolalar uchun:
1.  “Charlie and the Chocolate Factory”, Roald Dahl

“Charli va shokolad fabrikasi” – bolalar adabiyotining klassikasi hisoblanadi. Kitob Janob Villi Vonkaning shokolad fabrikasiga sayohat imkonini yutib olgan bir guruh bolalarning boshdan kechirgan sarguzashtlariga bag‘ishlanadi. Ularning orasida shokoladlarni yaxshi ko‘ruvchi, kambag‘al oila farzandi bo‘lgan Charli Baket ham bor. Bolalar ekskursiya davomida Villi Vonkaning ogohlantirishlariga quloq solmaydi, natijada noqulay vaziyatlarga tushib qoladi hamda asosiy mukofotni olmay, fabrikadan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Aql-idrok va ehtiyotkorlik Charli uchun oilasining hayotini o‘zgartira oladigan maxsus mukofotni olishga yordam beradi.
Muallifning sodda va tushunarli tildan foydalangani bolalarga, albatta, yoqadi.

2.  “House at World’s End”, Monica Dickens
Mashhur ingliz yozuvchisi Chalrz Dikkenzning evarasi nohaqliklarni suymagan, ayniqsa u bolalar va hayvonlarga qaratilgan bo‘lsa. Asarning asosiy qahramonlari bo‘lgan bolalar ota-onasiz qoladi. Ularning tarbiyachilari – hissiz Rudolf tog‘a bilan uning isrofgar xotini jiyanlarini qishloqdagi yarimtashlandiq uyga yuboradi. Bolalar o‘zlarining eng yaxshi sifatlarini namoyish etadi va yovuz kattalar qo‘lida azoblangan barcha hayvonlarga boshpana berib, uyni haqiqiy Nuh kemasiga aylantiradi. 
Klassik ingliz tili va ajoyib syujet endi chet tilini o‘rganayotganlarning ongi va qalbidan 100 foiz o‘rin oladi.

3.  “Railway Children”, Edith Nesbit
Otasiz qolgan va katta shahardan qishloqqa ko‘chishga majbur bo‘lgan oilaning ayanchli taqdiri ko‘p marta kino qilib ishlangan, radioda eshittirilgan va televizorlarda ko‘rsatilgan. Mehr, sadoqat, do‘stlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash  oilani birdam qiladi. Ular endi ko‘p narsani o‘rganishiga to‘g‘ri keladi: xizmatkorlarsiz yashashi va ularning ishini o‘zlari qilishi, oddiy narsalarda ham go‘zallikni ko‘ra olishi, nomoddiy narsalarni qadrlay olishi.
Ushbu hikoya hamma uchun tushunarli va ingliz tilini o‘rganish uchun yaxshi imkoniyat. Kitobda hech qanday murakkab birikmalar yo‘q, lekin birinchi sahifadan o‘quvchi qalbini zabt etgan ajoyib syujet va qahramonlar mavjud. 

4. “Winnie-the-Pooh”, Alan Miln
Alan Miln yo‘l-yo‘lakay o‘g‘li Kristofer Robinga bolakayning sevimli o‘yinchog‘i – yumshoq ayiqchaning sarguzashtlari haqida qiziq hikoyalarni to‘qib chiqaradi. Bora-bora ayiqchaning yoniga boshqa qahramonlar ham qo‘shiladi.
Kitob bolalarga juda yoqadi, chunki unda sanoqsiz she’rlar, jumboqlar va boshqa qofiyali birikmalar bor. Ular yordamida ingliz tilini o‘rganish qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi.

5. “Jungle Book”, Redyard Kipling
“Changalzor kitobi” – faqatgina bir avlodga bag‘ishlangan bolalar kitobi emas. Changalzorda bo‘rilar tarbiya qilgan bolakay to‘rt oyoqli do‘stlari bilan birga o‘sadi. 1894-yilda nashr qilinganiga qaramay, kitob hali ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Bosh qahramonlar ezgulikni yovuzlikdan, do‘stni dushmandan, rostni yolg‘ondan ajratishni o‘rgatadi.
Tabiat va yovvoyi hayvonlarning rang-barang ta’riflari bolalarning so‘z boyligini oshiradi.

O‘smirlar uchun:
6.  “The island of Doctor Moreau”, Herbert George Wells

Kimsasiz orolni laboratoriyaga aylantirishga qaror qilgan telba doktor Moroning hayajonli hikoyasi. U yerda bechora hayvonlar ustida aqlga sig‘mas tajribalar o‘tkaziladi. Doktorning qo‘liga tushgan hayvonlarning taqdiri kitobxonni asar so‘ngigacha befarq qoldirmaydi. Kitobda, shuningdek, hayvonlar hayotini to‘liq nazorat qilish huquqining axloqiy muammolari aks ettirilgan.
Ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun yordam beradigan ushbu kitobdagi jumlalar muallifning nozik klassik tili va ortiqcha yuklanmagan birikmalari bilan farq qiladi.

7.  “Harry Potter and the Philosopher’s Stone”, J.K.Rowling

Nechta avlod bolalari ko‘rib katta bo‘lgan zamonaviy klassika – katta iqtidorga ega yosh afsungar Garri Potterning sarguzashtlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Seriyadagi birinchi kitob – “Garri Potter va hikmatlar toshi” o‘quvchilarga Garri va sehr dunyosini tanishtiradi. Maktabdagi birinchi yil, yangi do‘stlar, ajoyib ustozlar… Joan Rouling mohirona tasvirlagan sehrgarlar olami barchani o‘ziga tortadi.
Kitobni o‘qiyotganda ingliz tilini o‘rganayotgan talabaning lug‘ati sezilarli tarzda boyiydi: sehrli afsunlar, ismlar va familiyalar, siz hamma narsani o‘zingiz tushunishni xohlaysiz. Tarjimangizni televizor ekranlaridan eshitganingiz bilan taqqoslash yana-da qiziqroq. 

8.  “The Hunger Games”, Suzanne Collins
Amerikalik yozuvchi Syuzan Kollins butun sayyorani qamrab olgan trilogiyani yozdi. Voqealar postapokaliptik dunyoda bo‘lib, unda janr qonunlariga ko‘ra, boylar och hayot kechirishga majbur bo‘lgan kambag‘allar hisobidan umr ko‘rib, hayotdan zavqlanishadi. Urush xotirasiga bag‘ishlab har yili tirik qolish uchun ko‘ngilochar vokal shou o‘tkaziladi. Shouning ixtiyoriy ishtirokchisi – Kitniss Everdin g‘olib bo‘ladi, ammo uning sarguzashtlari shu bilan tugamaydi.
Oddiy syujet tizimi, o‘smirlar tushunadigan hissiyotlar va og‘zaki nutqlar kitob o‘qishni yoqimli va oson qiladi. 

9.  “Miss Peregrine’s Home for Peculiar Children”, Ransom Riggs
16 yoshli Jeykob Portman hayotining mutlaqo oddiyligini tan olishga tayyor bo‘lgan paytda, uning hayotida noodatiy voqealar ro‘y bera boshlaydi. Bularning barchasi sevimli bobosining fojiali o‘limidan so‘ng yuz beradi: eski arxivlarni o‘rganib chiqib, Jeykob g‘alati bolalarning g‘ayrioddiy fotosuratlarini topadi va Portmanlar oilasi boshlig‘ining bolaligi haqidagi voqealarni eslaydi. Ularning ildizlarini izlash bolani kitobning asosiy voqealari bo‘lib o‘tadigan Uelsdagi dahshatli orolga olib boradi.
Ingliz tilini o‘rganayotgan o‘smirlar ko‘plab o‘zlariga xos bo‘lgan his-tuyg‘ular, shubhalar va xavotirlarni osonlikcha tasvirlaydigan muallifning murakkab tilidan zavqlanadi. O‘quvchilar bosh qahramon oilaning bag‘rida sokin yashash yoki ajoyib sarguzashtlarga to‘la hayotdan qay birini tanlashiga qiziqadi.

Kattalar uchun:
10. “The Hound of the Baskerville”, Arthur Conan Doyle

Ushbu asar klassik ingliz tilida yozilgan. Syujet ko‘pchilikka tanish: londonlik detektiv Sherlok Xolms o‘zining sodiq do‘sti Doktor Vatson bilan birgalikda Devonshir grafligida yana bir ayyor jinoyatni fosh etadi. Sherlok Xolms dahosining muxlislari asl tilda kitob o‘qish orqali kumirlariga yaqinlashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasligi kerak. Mutolaa davomida, siz boshlang‘ich matnni tarjimasi bilan taqqoslashingiz mumkin.

11.  “The Godfather”, Mario Puzo
Sitsiliyalik emigrant Vito Korleone oilasining tarixi yangi Amerika tarixini ochib beradi. Nyu-Yorkda o‘sgan muallif bolaligida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan hodisalarni ochiqcha tasvirlaydi. Mario Puzo o‘zining otishmalari va ta’qiblari bilan klassik gangster romantikasidan uzoqlashgan. Yozuvchini oilaviy munosabatlar, ierarxiyani shakllantirish va boshqarish mexanizmlari ko‘proq qiziqtirgan. Tom ma’noda u haqiqiy oilaviy dostonni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. 
O‘quvchilar, shubhasiz, Korleone oilasi dunyosiga kirib borishga, qahramonlarning his-tuyg‘ularini sezishga intiladi. Romanning qisqa va sodda iboralari tushunishni osonlashtiradi va tanqidni tezda bilib olish istagini uyg‘otadi.

12.  “Forrest Gump”, Winston Groom
Bu ko‘pgina hayot sinovlariga dosh bera olgan, mehribonlik va insoniylikni saqlay oladigan hamda atrofidagi odamlarni o‘zgartirgan inson haqidagi ertak. Ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lgan kitob va film voqealaridagi kichik farqlar o‘quvchini ajablantiradi. Masalan, Forrest Gamp odamxo‘rlarning haqiqiy qabilasi bilan kosmosda va asirlikda bo‘lgan.
Kitob Forrest nomidan rivoyat qilingan va hattoki, ingliz tilini o‘rganishni endi boshlagan kishi ham hikoyachining o‘ziga xos uslubi va imlo qoidalariga alohida e’tibor berishi mumkin. 

13. “Theatre”, Somerset Maugham

“Teatr” ingliz yozuvchisi Somerset Moyemning mashhur romani hisoblanadi. Nozik va istehzoli asar juda aqlli aktrisaning hayoti haqida hikoya qiladi. O‘yin va teatr uning uchun ham, uning atrofidagilar uchun ham haqiqatga aylanadi. Klassik ingliz yozuvchisi bu syujetni mukammal darajada yaratgan. Kitob til o‘rganuvchilarga xorijiy tillar dunyosiga kirib borishi uchun yaxshi mashqdir.

14.  “Street Cat Named Bob”, James Bowen
“Bob laqabli ko‘cha mushugi” – umidsiz ko‘cha musiqachisi va uysiz mushukning do‘stligi haqida hikoya qiluvchi asar. Ikki yolg‘iz qalb o‘z taqdirini abadiy o‘zgartirish uchun Londonni darbadar kezish payti bir-birini topadi. Mushuk Bobning yordami bilan muallif giyohvandlikni tashlab, yangi hayot boshlashga muvaffaq bo‘ladi. Ta’sirli voqea darhol Buyuk Britaniya va AQShning bestselleriga aylangan.
Kitob zamonaviy ingliz tilida yozilgan, bu ayniqsa til o‘rganishni yaqinda boshlaganlar uchun juda muhim. Asardagi jargonlar, slenglar o‘quvchilarning so‘z boyligiga foydali bo‘ladi.

15.  “The Old Man and The Sea”, Ernest Hemingway
“Chol va dengiz” qissasi uchun Xeminguey 1953-yilda Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu inson va tabiat, ovchi va elementlar, kuch va kuchsizlik o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida hikoya qiluvchi asar. Chol Santyago besh metrli marlin bilan jangda ochiq dengizga kirdi. Agarda ulkan akulalar bo‘lmasa, Santyago o‘zining tug‘ilgan qishlog‘iga eng katta baliqni – orzular balig‘ini keltirishi mumkin edi. Biroq hatto marlin skeleti qishloq aholisiga hurmatni uyg‘otadi, ular uchun keksa Santyago qahramon bo‘ladi.
Ernest Xemingueyning voqealarni qisqa gaplar bilan hikoya qilish uslubi o‘quvchi qalbiga yo‘l ochib beradi.

Ziyodaxon G‘ulomova tayyorladi


Bu ham qiziq

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

Ular 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligi sabab MChJga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni va’da qilgan.
09:56 / 16.06.2025
Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Endilikda, ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
11:06 / 16.06.2025
Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 16-iyundan 30-iyungacha T…
10:42 / 15.06.2025
Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish res…
12:35 / 16.06.2025
Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

AFP ma’lumotida halok bo‘lganlar orasida o‘n yoshli bola ham bo‘lgani keltirilgan. Times of  Israel esa vayronalar orasida 8…
16:03 / 15.06.2025
15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
17:47 / 14.06.2025
17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati ku…
17:51 / 16.06.2025
Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
15:05 / 15.06.2025
16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!