Joriy yil 6-iyun kuni “G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Xo‘sh, utilizatsiya yig‘imi nima?
Ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z isteʼmol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida utilizatsiya yig‘imi to‘lanadi.
Utilizatsiya yig‘imi:
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan – g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda;
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan – O‘zbekiston hududida realizatsiya qilinadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari ishlab chiqarilganda (yig‘ilganda, tayyorlanganda) undiriladi.
Utilizatsiya yig‘imi summalari daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushadi.
Eslatib o‘tamiz, Hukumatning tegishli qarori bilan 2020-yilning 1-avgustidan transport vositasining turi, toifasi, ishlab chiqarish muddatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravaridan 1500 baravarigacha utilizatsiya yig‘imi undirilishi belgilandi.
Maʼlumot uchun, 2020-yil 7-iyun holatiga bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 223 000 so‘m.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!