$
11825.40 UZS
-5.47
₽
140.34 UZS
1.07
€
13483.32 UZS
32.8
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda Binance kripto-birjasi rasmiy faoliyat boshlaydi

15:52 / 28.01.2025

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi eng yirik kripto-birjalaridan biri – Binance tomonidan O‘zbekiston Respublikasi foydalanuvchilariga (rezidentlariga) xizmat ko‘rsatish masalasini hal qildi.

O‘zbekiston hududida Binance kripto-birjasi o‘z faoliyatini qonunchilik bilan belgilangan tartibda mahalliy “CoinPay” MChJ orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun: “COINPAY” MChJ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida rasmiy xizmat ko‘rsatuvchi provayder bo‘lib, u kripto-birja va kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyalarga ega.

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari Binance platformasiga “COINPAY” MChJning tegishli resurslari (coinpay.uz) orqali kirishlariga imkoniyat beriladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari orqali milliy valyutada kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tizimni ishga tushirish, hamkorlar platformalarining barcha modullari, jumladan, milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashganidan so‘ng amalga oshirish rejalashtirilgan. Tizimning ishga tushirilishi haqida hamkorlarning rasmiy resurslarida (CoinPay i Binance) qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

2024-yilning yanvar oyida agentlik tomonidan Binance kripto-birjasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarima qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingan edi. Shundan so‘ng, tegishli da’vo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.

2024-yilning 26-martidan 7-iyuniga qadar javobgar (Binance kripto-birjasi) vakili ishtirokida davom etgan sud jarayonlari yakuniga ko‘ra, sud agentlikning arizasini to‘liq qondirish hamda kripto-birjadan 300 bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo‘lgan jarimani O‘zbekiston Respublikasi byudjetiga belgilangan tartibda undirish haqida qaror qabul qilgan.

Binance kripto-birjasi sudning barcha talablarini bajarganligini hamda jarimani qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat byudjetiga to‘liq to‘lagan.

Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarorining 3-bandi “d” kichik bandiga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishlari lozimligini eslatib o‘tmoqda.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston — ikki karra Shaxmat olimpiadasi chempioni!

O‘zbekiston — ikki karra Shaxmat olimpiadasi chempioni!

O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:44 / 27.09.2026

														
														Shahnoza Mirziyoyeva: Namangandagi besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia nazoratda

Shahnoza Mirziyoyeva: Namangandagi besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia nazoratda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bila…
14:34 / 27.09.2026

														
														Saida Mirziyoyeva: Bunday jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish kerak

Saida Mirziyoyeva: Bunday jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish kerak

Saida Mirziyoyeva Namanganda yuz bergan fojia yuzasidan munosabat bildirdi.
10:17 / 27.09.2026

														
														Sherzod Asadov “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdi

Sherzod Asadov “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdi

Bugun “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdim. Jurnalistlar, media mutaxassis…
17:36 / 26.09.2026

														
														Muhammadaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Muhammadaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammadali ismli bolaning samimiy murojaati va …
14:59 / 26.09.2026

														
														Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Joriy yil yangi o‘quv yili bo…
14:26 / 26.09.2026

														
														O‘zbekistonda “Demografik dividend – 2050” strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda “Demografik dividend – 2050” strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamk…
17:14 / 25.09.2026

														
														Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘z…
17:10 / 25.09.2026

														
														26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

Antisiklon kirib kelishi hisobiga respublika hududida nisbatan sovuq havo oqimi hukmronlik qiladi.
16:27 / 25.09.2026

														
														Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘izistonning sobiq ichki ishlar vaziri, siyosatchi Omurbek Suvonaliyev mamlakatda 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentl…
15:43 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Ish joyidagi baxtsiz hodisalarda majburiy maxsus tekshiruv

Ish joyidagi baxtsiz hodisalarda majburiy maxsus tekshiruv

Yangi nizomga muvofiq, ish joyida baxtsiz hodisa yuz berganda ish beruvchi zudlik bilan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yorda…
15:37 / 24.09.2026
Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX zobitlariga nisbatan 4,1 yildan 10,6 yilgacha b…
11:14 / 25.09.2026
Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘z…
17:10 / 25.09.2026
Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘izistonning sobiq ichki ishlar vaziri, siyosatchi Omurbek Suvonaliyev mamlakatda 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentl…
15:43 / 25.09.2026
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa turnir yarimfinaliga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun bahsda KXDR va Yaponiya …
16:19 / 25.09.2026
Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, iste’molchilarga kompensatsiya to‘lash…
10:06 / 25.09.2026
Muhammadaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Muhammadaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammadali ismli bolaning samimiy murojaati va …
14:59 / 26.09.2026
Qibrayda qariyb 95 kilogramm “gashish” savdosiga chek qo‘yildi

Qibrayda qariyb 95 kilogramm “gashish” savdosiga chek qo‘yildi

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazi…
11:12 / 25.09.2026
Qozog‘istonda bugun — umumxalq motam kuni

Qozog‘istonda bugun — umumxalq motam kuni

24-sentabr kuni Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Harbiy-dengiz kuchlarining Kaspiy dengizidagi mashg‘uloti vaqtida ob-havoning k…
12:07 / 25.09.2026
26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

Antisiklon kirib kelishi hisobiga respublika hududida nisbatan sovuq havo oqimi hukmronlik qiladi.
16:27 / 25.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!