Vazirlar Mahkamasining “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2020–2024-yillarda bosqichma-bosqich quriladigan sport inshootlarida 23 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda yetarli sport jihozlariga ega 68 ta filiali tashkil etiladi.
Qarorda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini reyting tizimi asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Sport-ta’lim muassasalarida olimpiya sport turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchilar sonini oshirish, olimpiya sport turini rivojlantirish reyting baholashning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!