$
12762.53 UZS
58.51
162.66 UZS
0.23
14978.11 UZS
106.78
40° Kechasi 24°

G‘ayrioddiy uylar haqida qanday tasavvurga egasiz?

14:42 / 24.10.2018

Arxitektura durdonalari ko‘pchilikni hayron qoldiradi va zavq beradi. Biz aql bovar qilmas darajada baland, qiziqarli shakllar va boshqa xususiyatlarga ega inshootlar haqida bilamiz. Biroq hozir e'tiboringizga havola etiladigan narsalarni hamma ham tasavvur eta olarmikan? Diqqat qiling, dunyoning eng g‘aroyib va betakror uylari namoyish etiladi.

Toshli

Foto: Focus

Yo‘q, u toshlardan qurilmagan. U qadar tekis devorga ham ega  emas. Bu inshoot portugaliyalik kishi tomonidan ulkan xarsanglardan barpo etilgan. Sayyohlarga bu joy shu darajada yoqdiki, egasi undan ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan. Uning uyida esa toshlar muzeyi tashkil etildi.

Qiyshiq

Foto: Portal Rondon

Uni Polshada uchratish va hayratdan yoqa ushlash mumkin. Tashqaridan inshoot batamom qiyshiq – devor, deraza, eshik va hatto tomi ham. Ichkarisidan esa – odatiy bino.

Ferdinand Shevalning ideal saroyi

Foto: Business Insider

Qasrni o‘z qo‘llari bilan loyihalashtirgan va qurgan oddiy fransuz pochtachisining ismi aynan shunday edi. Oddiy tabiiy materiallardan 33 yil davomida ana shunday durdona namunasi barpo etilgan. Saroylarda faqat shohlar yashashi kerak deb kim aytdi?!

Pufakli

Foto: Ideal Decor

Ichki va tashqi tomonida u pufakchali. Juda g‘aroyib va qiziqarli. Ha, uning egasi Per Karden ham uni yuqori baholagan.

Sayyora

Foto: Alamy

12 ga 20 metr o‘lchamdagi kichik uychada 4 ta yotoqxona va 6 ta yuvinish xonasi joylashgan.

Sutyaginning yog‘ochli osmono‘par binosi

Foto: Mesto.ru

Afsuski, 2012 yilda u yonib ketdi. Biroq qachonlardir dunyodagi eng baland yog‘och bino hisoblangan. Qavatlar soni 13 ta edi. Mo‘jiza Arxangelsk oblastida joylashgan.

Teshik

Foto: Steemit

Futuristik uy. O‘tgan o‘n yillik o‘rtalarida buzib tashlangan.

«Hujum qilingan uy»

Foto: ArchitectureIMG

Hozir bu yerda Vena zamonaviy san'at muzeyi joylashgan. Qachonlardir u ko‘pchilikni lol qoldirgan. Umuman olganda, hozir ham. Tasavvur qiling-a, ulkan qurilma tomiga kimningdir kamtarona uyi qulaydi.

Xang Nga

Foto: Guia Turismo

Bu aql bovar qilmas bino vetnamlik arxitektor tomonidan loyihalashtirilgan. U o‘z ishi bilan tabiatga zarar keltirayotgan odamlar e'tiborini tortishga harakat qilgan.

Boshmoq

Foto: Flickr

Hozir u qahvaxona. Qachonlardir bu yerda pensilvaniyalik boshmoqchi yashagan. Erkak o‘z ishini shu qadar yaxshi ko‘rib, uni mashhur qilishni istardiki, hatto kundalik hayotida ham oyoq kiyimdan ajralishni istamagan.

Bu uylardan qay biri sizga ko‘proq yoqdi?


Bu ham qiziq

Kimyogarlar orzusi ushalmoqda: AQShda simobdan oltin olishni taklif qilishdi

Kimyogarlar orzusi ushalmoqda: AQShda simobdan oltin olishni taklif qilishdi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu amalga oshmaydigan ish emas
22:50 / 23.07.2025
Suvaydadan badaviy oilalari evakuatsiya qilinmoqda

Suvaydadan badaviy oilalari evakuatsiya qilinmoqda

Germaniyaning dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 1500 ga yaqin odam evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Ulardan 35…
10:58 / 23.07.2025
MDH bosh kotibi o‘rinbosari: “Dunyoda tarqoqlik kuchayib borayotgan bir vaqtda Markaziy Osiyo jipslashmoqda”

MDH bosh kotibi o‘rinbosari: “Dunyoda tarqoqlik kuchayib borayotgan bir vaqtda Markaziy Osiyo jipslashmoqda”

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari avvalgi dushmanlik kayfiyatini unutishgan
21:30 / 22.07.2025
O‘zbekiston o‘tgan 6 oy ichida qancha shaftoli eksport qilgan?

O‘zbekiston o‘tgan 6 oy ichida qancha shaftoli eksport qilgan?

Asosiy xaridorlar MDH mamlakatlari bo‘lib qolmoqda
19:55 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda zargarlik buyumlari yaratishi mumkin

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda zargarlik buyumlari yaratishi mumkin

Bu haqda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi rahbari xalqaro forumda ta'kidlab o‘tdi
20:48 / 22.07.2025
Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Avvalroq 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilingan edi.
16:19 / 23.07.2025
Hindistonda nikoh bilan bog‘liq g‘alati hodisa yuz berdi

Hindistonda nikoh bilan bog‘liq g‘alati hodisa yuz berdi

Aksar hindistonliklarning o‘zi ham bu voqeadan hayratda
22:58 / 23.07.2025
Isroil tashqi ishlar vaziri Kiyevga bordi

Isroil tashqi ishlar vaziri Kiyevga bordi

Reuters bu haqda Isroilning Ukrainadagi elchisiga va Axios muxbiri Barak Ravidga tayanib xabar bermoqda.
10:26 / 23.07.2025
Bahodir Qurbonov Tolibon mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Bahodir Qurbonov Tolibon mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
19:57 / 22.07.2025
23-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 22.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!