Reuters bu haqda Isroilning Ukrainadagi elchisiga va Axios muxbiri Barak Ravidga tayanib xabar bermoqda.
Ravidning so‘zlariga ko‘ra, Gideon Saar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va mamlakat tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashadi. Uchrashuvda aynan qanday mavzular muhokama qilinishi hozircha noma’lum.
Saar Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Ukrainaga tashrif buyurgan eng yuqori martabali isroillik siyosatchiga aylandi.
Isroil hukumati og‘zaki tarzda Rossiya agressiyasini qoralagan bo‘lsa-da, G‘arbning sanksiyalariga qo‘shilmagan. Shunga qaramay, Isroil Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatgan va “Ramshteyn guruhi” yig‘ilishlarida ishtirok etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!