$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Haydovchisiz avtomobillar iqtisodiyotga qay tariqa ta'sir qiladi?

07:02 / 04.06.2015

Bloger Zak Kanter Quartz uchun yozgan eslatmalarida avtonom avtomobillarning paydo bo‘lishi iqtisodiyotda qanday ulkan o‘zgarishlarga olib kelishi haqida batafsil hikoya qiladi. Uning fikriga ko‘ra, nafaqat yirik avto ishlab chiqaruvchilar, balki muayyan sohalar: avtomobil to‘xtash joylari, avtodillerlar, sug‘urta ham kasodga uchraydi.

Haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar 2025 yilga kelib odatiy holga aylanadi, 2030 yilda esa haydovchisiz transport butun bozorni egallaydi, deb hisoblaydi Kanter. Innovatsiya iqtisodiyotdagi ulkan o‘zgarishlarga olib keladi – bunday vaziyatni jamiyat hali boshidan kechirmagan – aholining katta qismi ishidan ayriladi, butun bir boshli bozorlar inqirozga yuz tutadi. Biroq aynan shu texnologiyalar yo‘l-transport hodisalari miqdorining kamayishi tufayli o‘n minglab insonlar hayotining saqlab qolinishida yordam beradi. Inqirozga yuz tutgan sohalar o‘rniga biz hozirda xayolimizga ham keltira olmaydigan yangi sohalar vujudga keladi.

O‘tish davri allaqachon boshlangan. Tesla Motorsning bosh direktori Ilon Mask uning kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 90 foizi mustaqil ravishda boshqarila olishini aytib o‘tgan. Yirik avto ishlab chiqaruvchilar “aqlli” mashinalarni ishlab chiqarishdan to‘xtashmayapti. Bloomberg bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Cadillac tez kunlarda tezlanish, to‘xtashni soatiga 120 km. tezlikda amalga oshirish imakonini beradigan texnologiyani omma e'tiboriga namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Google va Telsa u tomonidan tasvirlanayotgan avtonom avtomobil “o‘tirish, biroz mizg‘ib olish va kerakli joyda tushib qolish mumkin bo‘lgan mashinalar”ni 2020 yildayoq omma tomonidan sotib olinishi mumkin, deya bashorat qilishmoqda.

O‘tish

Morgan Stanley tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, odamlar avtomobilni boshqarish uchun bir yildagi vaqtlarining 4 foizini sarflar ekanlar, bu raqam avtomobilga ega bo‘lish yiliga 9 ming dollarga yetishini hisobga oladigan bo‘lsak juda qiziq. Ko‘chmas mulkdan keyin avtomobil insonlarning ikkinchi o‘rindagi eng qimmat aktivlari qatoriga kiradi. Shuning uchun, mutaxassislar ko‘plab shaharliklar uni sotib olmasliklariga hayron bo‘lmaydilar, chunki bozorda Uber va Zipcar kabi xizmatlar mavjud.

Agar shaharda istiqomat qilsangiz va yiliga 16 ming km. dan kam masofa bossangiz, xozirgi kunda taksi xizmatidan foydalanish ancha foydali. Zamonaviy tadqiqot natijalari megapolis aholisi avtonom avtomobildan foydalanishdan minnatdor bo‘lishlarini aytishgan: AQSh aholisining 60 foizi avtonom avtomobilni tanlashlarini aytishgan.

Bu borada Uber asoschisi Trevis Kalanik, ayniqsa, ta'sirlanib gapirgan, oxir-oqibat Uber barcha mashinalarini haydovchisiz avtomobillarga almashtirishini aytib o‘tadi.

Kolumbiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar (2013 yilning yanvar oyi)ga ko‘ra, 9 ming avtomobil bilan  Uber Nyu-Yorkdagi barcha taksilarning o‘rnini bosa olishini ko‘rsatadi, megapolisda avtomobilni kutishning o‘rtacha vaqti bor-yo‘g‘i 36 soniyani tashkil qiladi. 1 milning narxi (1,6 km) 0,50 dollarga teng. Bunday qulaylik va arzon narx avtomobilni sotib olishni ma'nisiz holatga olib keladi va Uberning avtonom avtomobillari yetakchi jamoat transportiga aylanadi.

Yiqilish

Zak Kanterning fikriga ko‘ra, texnologiyalar General Motors, Ford, Toyota kabi asosiy avtoishlab chiqaruvchilarning inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘ladi. Uning fikriga ko‘ra, buning sababi keng modelli qatorlar va konfiguratsiyalarning xilma-xilligidadir. “Fikrimcha, 2030 yilga kelib ular bankrot bo‘ladi. Uber kabi kompaniyalar foydalanadigan standartlashtirilgan modelni ishlab chiqaruvchi Teslaga o‘xshagan yosh kompaniyalar esa bozorni egallaydi,” – deb yozadi Kanter.

Avto ishlab chiqaruvchilar ortidan 198 milliard dollar sifatida baholanayotgan sug‘urta bozori ham kasodga uchraydi. Avto moliyalashtirish (98 mlrd dollar) va avto to‘xtash joylari (100 mlrd dollar) bozorini ham ayna shunday taqdir kutmoqda. Avtomobillarni ijaraga beruvchi kompaniyalar, jamoat transporti, to‘xtash joylari, tezlik oshirilgani uchun beriladigan jarimalar ham asta-sekin yo‘qolib boradi.

O‘zgarishlar nafaqat jamoat transporti, balki mahsulot va yuklarni yetkazib berishga ham tegishli bo‘ladi, ular ham haydovchining yordamisiz amalga oshirila boshlaydi.

AQSh mehnat statisika Byurosining ma'lumotlariga qaraganda, hozirda avtomobil ishlab chiqarish sohasida 915 ming kishi xizmat qilmoqda. Yana 6 mln. kishi professional haydovchi bo‘lib ishlamoqda. Ularning deyarli barcha ish joylari 10-15 yil ichida yo‘qotiladi, deb hisoblaydi Kanter.

Biroq ish joylari va bir paytning o‘zida bir necha sohalarning yo‘qotilishiga qaramay, shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish zaruriyati mavjud bo‘lmagani sababli 1 trillon dollar iqtisod etilishiga olib kelishini aytgan.

Kelajak

Morgan Stanley tadqiqotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari sonining qisqarishi 90 foizga 30 ming kishining hayotini saqlab qoladi, 2,1 mln. kishi esa shikastlanishdan omon qolishadi. Avtonom avtomobillarni to‘xtash joylariga qo‘yish shart emas (shahar ko‘chalaridagi avtomobillaring taxminan 3 foizi to‘xtash joyi qidirib yurgan avtomobillardir). Avvalari to‘xtab turgan avtomobillar bilan band bo‘lgan chiziqlardan endilikda harakatlanish uchun foydalanish mumkin. Ko‘chalarda tirbandliklar vujudga kelmaydi, bu esa odamlarga yiliga 38 soat vaqtni tejash imkonini beradi – ya'ni bu to‘liq ish haftasi demakdir. Avto to‘xtash joylari, garajlar, dilerlik markazlari kerak bo‘lmagani sababli ko‘proq ko‘chmas mulk paydo bo‘ladi.

Texnologiyalar ekologiyaga ham ta'sir ko‘rsata boshlaydi. Avtomobillarning katta qismi elektr tokida yurgani bois benzinga bo‘lgan talab keskin kamayadi, bu esa AQShning o‘zida 134 mlrd gallon yoqilg‘iga tengdir.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya holatiga munosabat bildirdi.
10:00 / 13.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025
Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

U mamlakatdan siyosiy boshpana so'ragan
20:57 / 12.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!