$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Haydovchilar diqqatiga: “Benzin”ni tejash usullari

11:54 / 01.03.2020

Avtoulovi bor har bir haydovchi, albatta, yoqilg‘ini tejashni istaydi. Benzinni 15 foizdan 60 foizgacha tejash mumkinligini bilasizmi? Buning uchun...

1-usul: Buni avtoservisga borishdan boshlaymiz
Benzinning haddan ortiq sarflanishi mashinangizdagi nozoslik sababli ham ro‘y berishi mumkin. Avvaliga mashinaning yoqilg‘i bilan ta’minlanishi bilan bog‘liq tizimlarning soz holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.

2-usul: Mashinaning aerodinamik qarshilik koeffitsiyentiga e’tibor bering
Mashina hajmi qancha kichik va qulay bo‘lsa, uning benzin sarflash darajasi shuncha kam bo‘ladi. Avtoulovingizdagi quyidagi ortiqcha buyumlar uning aerodinamik qarshilik ko‘rsatish koeffitsiyentini oshirishi mumkin. Mashina tomidagi yukxona +10 foiz, ochiq oynalar +5 foiz, ochiq lyuk +3 foiz, antenna +2 foiz qarshilik koeffitsiyentiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday ekan, mashinangizda foydalanilmaydigan bunday narsalarni hech ikkilanmay olib tashlashingiz mumkin. 

3-usul: Avtomobil massasini kamaytirish
Mashina qancha yengil bo‘lsa, uning yoqilg‘ini “yeyish” darajasi shuncha past bo‘ladi. Undagi ortiqcha narsalarni chetga olib qo‘yishingiz mumkin. Shuningdek, mashina eshiklariga shovqindan himoya qiladigan qurilmalar o‘rnatishning nima keragi bor? Axir, u mashina og‘irligiga yana 50-100 kg. vazn qo‘shadi-ku! Benzin sarflanishi ham 0,4-0,7 l.ga ko‘payadi.  

4-usul: Mashina boshqaruvi texnikasini o‘zgartirish
Mashinani kerakli holatda, yengil boshqarish yoqilg‘ini 25 foizgacha tejashga yordam berar ekan. Buning uchun, sodda qilib aytganda, tormozni kamroq bosish kerak. Avtomashina yo‘lda silliq yursa, tormoz bosishni ham yengil bajarish yoqilg‘ini tejashga yordam beradi. Buning uchun yo‘ldagi svetoforlarning ishlash vaqtini ham inobatga olish kerak.

5-usul: Tirbandliklardan qochish
Borishingiz kerak bo‘lgan manzilga uyingizdan 1-1,5 soatga erta chiqsangiz qanday bo‘ladi? Birinchidan, manzilingizga yo‘ldagi tirbandliklar, asabbuzarliklarsiz yetib kelasiz. Ikkinchidan, bu bilan yoqilg‘ini tejay olasiz. 

6-usul: Qisqa yo‘lni tanlash
Biror bir manzilga yetib olish uchun butun bir shaharni aylanib yurish, albatta, yoqilg‘ingizni ichib yuboradi. Manzil uchun eng qisqa yo‘ldan yurishga harakat qiling.

7-usul: Mashina g‘ildiraklarida gap ko‘p
Ayrim shinalar yoqilg‘ini ko‘p “yeydi”, ayrimlari esa aksincha… O‘rtadagi farq har 100 km.da 0,5 litrgacha borishi mumkin. Tejamkor shinalarni tanlashda mutaxassis fikriga quloq tuting. 
Shuningdek, radiusi katta, chiroyli ko‘rinadigan «hashamdor» g‘ildiraklar ham benzinning dushmani. R14 shinalar o‘rniga R16 o‘ljamli shinalarni o‘rnatish xato. To‘g‘ri, ular mashinangizni bezaydi, ammo...

8-usul: Mashinani isitish ham, sovutish ham yoqilg‘ini “yeydi”
Sovuq kunlarda mashinani isitish oson emas. U to isigunicha, yoqilg‘ini yetarlicha sarflab qo‘yishi mumkin. Issiq kunlarda jonga ora kiradigan konditsioner ham yoqilg‘i sarfiga xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi.


Bu ham qiziq

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
09:27 / 13.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni jahon hamjamiyatiga kelishuvga erishish uchun hamma narsani qilmoqda va Rossiya-Amerika muloqoti uchun pl…
11:02 / 12.07.2025
O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025
“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya holatiga munosabat bildirdi.
10:00 / 13.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

U mamlakatdan siyosiy boshpana so'ragan
20:57 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!