Rossiya hukumati 2021-yil o‘rtalarida mobil telefonlarni seriya raqami (IMEI) bo‘yicha majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishni joriy qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Kommersant.
Prezident ma’muriyati tomonidan tasdiqlanishi kutilayotgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, IMEI to‘lovi faqat yangi qurilmalar uchun to‘lanadi, bu talab chet eldan smartfonlarni mustaqil ravishda olib kiruvchi fuqarolarga ham taalluqlidir.
Ta’kidlanishicha, hujjat 2019-yil yanvardan beri muhokama qilinmoqda. Importchilar smartfonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishi shart, ya’ni qurilmani chet eldan sotib olgan fuqarolar ham ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ro‘yxatga olish to‘lovining tartibi va hajmi hukumat tomonidan belgilanadi (birinchi versiyada 100 rubl miqdorida to‘lov o‘rnatildi). Qonun kuchga kirgunga qadar ishlatilgan qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish bepul. Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki bir xil IMEI raqamiga ega bo‘lgan uskunalar uyali aloqa operatori tomonidan bloklanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etilgan. Keyinroq Tojikistonda ham mobil qurilmalarni IMEI orqali ro‘yxatdan o‘tkazish boshlangani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!