$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
36° Kechasi 19°

Oliy ta’limga kirish imtihonida qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida ham test sinovi topshirish imkoniyati yaratiladi 

09:21 / 17.04.2020

Oliy ta’limga kirish imtihonida qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida ham test sinovi topshirish imkoniyati yaratiladi. 

Bu haqda kecha, 16-aprel kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.

Unga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur qarorning 4-bandida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining ayrim takliflariga rozilik berilgan

Xususan
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Universitetga (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, -tahr.) o‘qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab esa ushbu tajribani boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar) bo‘yicha respublikadagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda test sinovlari bazasini va kerakli infratuzilmani o‘z muddatida va sifatli shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari zarur bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 1994-yil 14-mayda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan Davlat test markazi zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish vazifasi yuklatilgan. Shu kunga qadar OTMlarga krish imtihonlarida jahon tillari hisoblangan ingliz, rus, nemis va fransuz tillari kabilardan test sinovlari bo‘lib o‘tgan.


Bu ham qiziq

Yangi quriladigan aeroport uchun O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan yer ajratiladi

Yangi quriladigan aeroport uchun O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan yer ajratiladi

Bu haqda Toshkent viloyati Kadastr agentligi rasmiy axborot berdi
18:49 / 04.09.2025
ID G‘azo shahrining 40 foizini nazoratga olganini bildirdi

ID G‘azo shahrining 40 foizini nazoratga olganini bildirdi

Eslatib oʻtamiz, ID 20-avgust kuni Gʻazo shahriga hujum boshladi va 29-avgust kuni uni xavfli jangovar hudud deb eʼlon qilga…
13:55 / 05.09.2025
Rossiya Afg‘onistonga 20 tonna gumanitar yordam yubordi

Rossiya Afg‘onistonga 20 tonna gumanitar yordam yubordi

Tashabbus shaxsan Vladimir Putin ko‘rsatmasi va hukumat topshirig‘i asosida amalga oshirilmoqda.
09:35 / 05.09.2025
Mahsulotni yetishtirishda bir qancha xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti saqlanib qoladi

Mahsulotni yetishtirishda bir qancha xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti saqlanib qoladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i yengillashtiriladi
19:35 / 04.09.2025
Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va AQSH yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar: strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi
19:31 / 05.09.2025
6-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 05.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!