$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Inson ko‘zi necha megapikseldan iborat? 

10:00 / 30.04.2020

Ko‘pincha, “piksel” so‘zini eshitishimiz bilan xayolga smartfon, raqamli kameralar, shuningdek, kundan-kunga rivojlanib borayotgan texnika kelishi tabiiy. Lekin bu moslamalar tuzilishi jihatidan ko‘proq nimaga o‘xshaydi? Ya’ni, bajaradigan vazifasi insonning ko‘ziga o‘xshashmi? U holda insonning ko‘zi necha piksel bo‘lishi mumkin? 

Dastlab, buning uchun piksel nima o‘zi, degan savolga javob berish kerak. Piksel – bu nuqta, ya’ni displeydagi nuqta. Aynan shu nuqtalar hisobiga rasmlar tashkil etiladi. Raqamli formatda tayyorlangan birgina kadr o‘z ichiga millionlab nuqtalarni olishi mumkin. Piksel atamasi so‘zma-so‘z tarjima qilinganda, “picture’s element” – “rasm elementi”, degan ma’noni anglatadi. “Pixel” so‘zi keyinchalik “Pic’s El” qisqartmasidan kelib chiqqan, degan qarashlar ham mavjud. 

Birgina tasvirni millionlab piksellar tashkil etishini bilasizmi?
Har bir piksel 5 ta element – vertikal, gorizontal kordinatalar hamda qizil, yashil, ko‘k ranglardan iborat. Asosan, ushbu uch xil rang bo‘yoqdorligining kam yoki ko‘pligiga qarab million xil rangni ifodalaydi. Qizig‘i shundaki, mana shu piksellarning million donasi – 1 megapikselni tashkil etadi. Ya’ni, 1MP – bir million piksel demakdir. Megapiksel odatda rasmning bo‘yi va eniga ketgan piksellar hajmini anglatadi.  

Ko‘z tuzilishi
Ko‘zning vazifasi tasvirni ongga yetkazishdir. U har biri juda muhim bo‘lgan ko‘plab tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, ko‘z soqqasi va uni o‘rab turgan apparatdan, ya’ni ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi muskullar, qovoq, kipriklar, ko‘z yoshi bezlari va qon tomirlardan tashkil topgan.

Ko‘z – tashqi (oqsil parda-sklera, o‘rta tomirli parda, ichki-to‘r parda), ichki (ko‘z ichi suyuqligi, gavhar, shishasimon tana) qismlarga bo‘linadi. Sklera yoki oq pardaning bir qismi qovoqlar ostidan ko‘rinib turadi. Orqa qismidan esa teshikcha bo‘lib, undan asab tolalari o‘tadi. Sklera ham shox pardaga, ham oqsil pardaga chegaradosh. Shox pardada qon tomirlar bo‘lmaydi, lekin u “optika”ning eng zarur elementlaridan biridir. Shox parda hamda rangdor pardaning o‘rtasida kichkina bo‘shliq mavjud bo‘lib, bunga ko‘zning oldi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning o‘rtasidagi bo‘shliqqa orqa kamera deyiladi. Har bir ko‘ruv nervida bir millionga yaqin asab tolalari bor.

Rangdor pardada radial va halqa shaklidagi muskullar joylashgan bo‘lib, halqasimon muskullar qisqarganda ko‘z qorachig‘i torayadi, radial muskullar qisqarganda esa qorachiq kengayadi. Ko‘z soqqasining ichki, ya’ni to‘rsimon pardasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning orqa qismida yorug‘likni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib, tayoqcha va kolbacha shaklidadir. Ko‘z soqqasining to‘rsimon pardasida 100 milliondan ortiq tayoqchasimon retseptorlar bo‘lib, ular yorug‘lik kamayganda yoki tun vaqtida qo‘zg‘aladi.

Kolbachasimon retseptorlar to‘r pardada 7 millionga yaqin bo‘lib, yorug‘lik yetarli bo‘lganda qo‘zg‘alib, ko‘zning kunduzi ko‘rish qobiliyatini ta’minlaydi. Ular funksiyasiga ko‘ra uch xil: ko‘k, yashil va qizil ranglarni qabul qiluvchi bo‘ladi. Uchala rangning baravar qo‘zg‘alishi esa oq rangni ko‘rishga imkon beradi.

Ko‘zdagi megapiksellar sonini aniqlash mumkinmi?


Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ikki qismga: ko‘zning optik sistemasi va retseptor qismiga bo‘linadi. Ko‘zning optik sistemasiga, uning shox pardasi, ko‘z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko‘zga tushadigan yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazadi va uni ko‘zni ichki to‘r pardasida joylashgan retseptorlarga to‘plab beradi. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, ko‘zning to‘r pardasida to‘laqonli piksellar mavjud emas. Biroq sezgirligi bilan ajralib turadigan va ranglarni qabul qilguvchi retseptorlar ham xuddi shunday vazifani bajaradi.  Mutaxassislarning fikricha, piksellar o‘rnini bosuvchi rang qabul qiladigan retseptorlarning umumiy soni 126 millionga yaqin. Ayrim manbalarda inson ko‘zi 576 megapiksel degan qarashlar ham mavjud. Lekin buning qanchalik to‘g‘ri ekanligi ma’lum emas. Eng muhimi, ular necha megapikselni tashkil etishi emas, balki aniq va ravshan ko‘rishidir. 


Bu ham qiziq

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:16 / 12.07.2025
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini “shartsiz qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi — bu haqda Px…
10:33 / 13.07.2025
Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!