$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Kelgusi yildan sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimi joriy etiladi

18:04 / 23.11.2019

Aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;

davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 51 foizdan 100 foizgacha yetkazish;

joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to‘rt bosqichli tizim (muassasa-tuman (shahar)-hudud-respublika) ishlab chiqish va joriy etish;

bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida “Bolalar olimpiya o‘yinlari”ni o‘tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar spartakiadasi” sport musobaqasini tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish;

aholining keng qatlami, jumladan umumta’lim maktabi o‘quvchilari, o‘rta maxsus, shuningdek professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida jismoniy tarbiya olimpiadalari va “Umumta’lim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman (shahar), hudud, respublika) o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta’lim maktab, professional va oliy ta’lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish;

sport sohasini tijoratlashtirish, shu jumladan 2020-yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarofoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish;

yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish hamda beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish yuzasidan kibersport turini tizimli rivojlantirish;

aholining barcha qatlamlari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazishni joriy etish;

sport turlari bo‘yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta’minotni yo‘lga qo‘yish;

sport turlari bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan hududiy terma jamoa a’zolarini hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining o‘smirlar bo‘limlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa a’zolarini tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish mexanizmini joriy etish hamda kelajakda ular negizida sport tibbiyot markazlarini tashkil etish;

2020-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish hamda respublika va xalqaro darajadagi sport musobaqalarida sportchilarni sug‘urtalash tizimini joriy etish;

hududlarda qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida
Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish;

xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo‘lga qo‘yish va “Sport Visa” tizimini joriy etish;

sport sohasida xususiy sektor ulushini oshirish, shu jumladan sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilash;

sport sohasida bukmekerlik faoliyatini legallashtirish va sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish;

huquqni muhofaza qilish organlari va qurolli kuchlar tizimidagi ta’lim muassasalari, jumladan, “Temurbeklar maktabi” o‘quvchi-talabalari uchun “Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport inshootlari va muassasalarini boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan “Mening Sportim” tizimi orqali sport inshootlarini telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash;

milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish,
shu jumladan, milliy sport turlarini Osiyo va Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov …
19:50 / 10.09.2025
12-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
22:55 / 11.09.2025
Xorijliklarning tijoriy maqsadlarda O‘zbekistonga tashrifi ortib bormoqda

Xorijliklarning tijoriy maqsadlarda O‘zbekistonga tashrifi ortib bormoqda

Bu boradagi batafsil statistika bilan tanishamiz
18:57 / 11.09.2025
Nukusda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi

Nukusda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi

Milliy gvardiyaning O‘zAga ma’lumot berishicha, joriy yilning 10-sentyabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida, amaliy o‘quv mash…
14:31 / 11.09.2025
Toshkentda quvur sexi yonib ketdi

Toshkentda quvur sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 12:46 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan va 13:15…
14:18 / 11.09.2025
Tramp YeIni Xitoy va Hindiston mahsulotlariga 100 foizgacha boj qo‘yishga chaqirdi

Tramp YeIni Xitoy va Hindiston mahsulotlariga 100 foizgacha boj qo‘yishga chaqirdi

Donald Tramp bunday chora Rossiyani Ukraina bilan urushni to‘xtatishga majbur qilishini ta’kidlagan.
21:12 / 10.09.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 11-sentyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida  o‘zgarishsiz qoldi…
10:59 / 11.09.2025
Zo‘rlash jinoyatini sodir etgan erkak Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Zo‘rlash jinoyatini sodir etgan erkak Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiy…
18:28 / 10.09.2025
Afg‘onistonda vertolyot qulab tushdi

Afg‘onistonda vertolyot qulab tushdi

Unda kon va neft vaziri va G‘ur viloyati hokimi bo‘lgan.
09:57 / 11.09.2025
Fransiyada hukumat almashinuvi fonida norozilik namoyishlari avj oldi

Fransiyada hukumat almashinuvi fonida norozilik namoyishlari avj oldi

10-sentyabr kuni tongda butun Fransiya bo‘ylab “Bloquons Tout” (“Hammani to‘samiz”) harakati tomonidan uyushtirilgan norozil…
22:19 / 10.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!