2021-yil 20-aprel kuni 1920-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi urush va mehnat faxriysi, fuqaro F.N. koronavirus bilan og‘rib, Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga og‘ir ahvolda olib kelingan.
Ma’lum qilinishicha, bemorda so‘ngi 4 kun davomida kasallik belgilari – yo‘tal, tana, ayniqsa oyoq-qo‘llarning qaqshab og‘rishi, tana haroratini febril darajagacha oshishi, charchoq, holsizlik, nafas olishning qiyinlashuvi, hansirash, yurak urishining tezlashishi, ishtahasizlik belgilari kuzatilib, so‘ngi ikki kunda bu belgilar yanada kuchayib borgan.
Uyda bemorning ahvoli og‘irlashib borgani sababli bemorning yaqinlari Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.
Qabul bo‘limida bemor MSKT tekshiruvidan o‘tkazilganda, o‘pka to‘qimasining zararlanishi bilan “ikki tomonlama virus etiologiyali interstitsial zotiljam” tashxisi qo‘yilib, bemordan COVID-19 infeksiyasiga olingan ekspress-test unda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish borligini tasdiqlagan. Shundan so‘ng bemorga zudlik bilan davo choralarini ko‘rish maqsadida bo‘limga yotqizilgan.
Bo‘limda bemorning yoshi ulug‘ligi inobatga olinib, tezda birinchi yordam ko‘rsatilgan hamda belgilangan xalqaro standartlar bo‘yicha tekshiruv va davo muolajalari boshlab yuborilgan. Davo muolajalarini mustahkamlash maqsadida bir qator tor soha mutaxassislari – infeksionist, pulmonolog, kardiolog, nevrologlar ham jalb qilindi.
Shu tariqa to‘g‘ri tanlangan tizimli muolajalari sabab 101 yoshli bemor otaxon koronavirusdan butkul sog‘ayib, o‘z uyiga ruxsat berildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!