$
12948.10 UZS
-9.04
156.93 UZS
0.37
14696.09 UZS
-6.38
31° Kechasi 14°

2020-yildagi jamoa shartnomasi asosida nimalar o‘zgardi?

18:31 / 21.01.2020

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va a’zolik tashkilotlarining takliflari asosida 2020-yil uchun jamoa shartnomasining yangilangan Umumiy maketi ishlab chiqildi.

Norma’ning yozishicha, o‘tgan yil 6-dekabrdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Ular quyidagilarga taaluqlidir:

kasaba uyushmalari vakillari o‘z ustav majburiyatlarini bajarishlari uchun ish joylariga hech bir to‘siqlarsiz kelishiga;

kasaba uyushmalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan ish joylarini jamoatchilik nazoratidan o‘tkazish huquqiga;

xodimlarning yozma arizalari asosida ish haqidan kamida 1 foiz miqdoridagi kasaba uyushmasi a’zolik badallari buxgalteriya orqali ushlab qolinishining ish beruvchi tomonidan kafolatlanishiga;

asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillariga mehnat jamoasining manfaatlarini ko‘zlab,  jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun har haftalik ish vaqtining 30 foizdan kam bo‘lmagan vaqt berilishi;

kasaba uyushmalarining jamoa muzokalarini yuritish, xodimlarning manfaatlarini ko‘zlagan holda ularning nomidan jamoa shartnomalarini tuzish, shuningdek uning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga bo‘lgan ustun huquqlariga.

Bunga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 743-son qaroridan kelib chiqqan holda quyidagi normalar kiritildi:

-  tabiiy-iqlim sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlaganlik uchun xodimlarga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tillar taqdim etish va ustama haq to‘lash;

-  ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar uchun ustamalar;

-  ishlarning ayrim texnologik turlari, ishlab chiqarishlar va  iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishchilarning tarif stavkalarini oshirishning tarmoq koeffisentlari.
 
Ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy himoya masalalari bo‘limida ilk marta quyidagilar nazarda tutilgan:

-  qaramog‘ida nogiron bolasi bo‘lgan xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish;

-  soha kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan sport tadbirlarida ish haqi saqlangan holda ishtirok etish uchun xodimlarni ishdan ozod etish;

-  doimiy turar joyga ega bo‘lmagan xodimlarga turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya berish.
 
Qolaversa, maketda mehnat munosabatlaridagi gender jihatlarni to‘liq hisobga olish maqsadida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash nazarda tutilgan:

-  xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash majburiyatlarini korxonaning va uning tarkibiy bo‘linmalarining vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatish;

-  ishga qabul qilish va xizmat bo‘yicha ko‘tarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish;

-  xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq to‘lashda notenglikni bartaraf etish.

Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining “Bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 100-son Konvensiyasiga muvofiq maketda bir xildagi, biroq turli sharoitlarda, turli qobiliyat va ko‘nikmalardan foydalangan holda bajarilgan ishlar uchun erkaklar va ayollarga teng haq to‘lash nazarda tutilgan.


Bu ham qiziq

Endi bo‘lajak pedagoglar faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida o‘qitiladi

Endi bo‘lajak pedagoglar faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida o‘qitiladi

2026/2027-o‘quv yilidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish…
12:50 / 29.04.2025
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:55 / 28.04.2025
BAA o‘zbekistonliklarga mamlakatga kirishni taqiqlamagan

BAA o‘zbekistonliklarga mamlakatga kirishni taqiqlamagan

Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishga chaqirgan.
08:25 / 28.04.2025
Buxoroda 20 yoshli yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

Buxoroda 20 yoshli yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

Marhumning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy akkauntida 2025-yil 27-28-aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish…
16:10 / 28.04.2025
YeChL.  “Arsenal” o‘z uyida PSJni qabul qiladi

YeChL. “Arsenal” o‘z uyida PSJni qabul qiladi

Bugun, 29-aprel kuni 2024/25-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ilk bahsi Londonda start oladi.
15:27 / 29.04.2025
Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasi yonib ketdi

Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
08:55 / 28.04.2025
Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

“Tailand bosh vaziri Pxetxongtxan Chinavat xorijliklar uchun vizasiz rejim muddatini qayta ko‘rib chiqish, uni 60 kundan 30 …
12:25 / 29.04.2025
Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston harbiylari bunga “tezkor va samarali” javob qaytargani, jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
10:35 / 29.04.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi migrantlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi

O‘zbekiston delegatsiyasi migrantlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi

Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar, Ichki ishlar …
22:50 / 28.04.2025
O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni qariyb 18 barobar ko‘paydi.
19:19 / 28.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!