$
12129.33 UZS
28.04
149.17 UZS
1.16
14061.53 UZS
30.08
31° Kechasi 18°

Yana Bill Geyts haqida

03:10 / 20.12.2014

Sayyoramizdagi eng boy insonlardan biri, “Microsoft” kompaniyasi asoschisi 58 yoshli milliarder Bill Geyts hozirda uch nafar farzandini qattiqqo‘llik bilan tarbiyalayapti. Quyida daho va uning hayoti haqida shu kabi qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o‘tmoqchimiz.

Kompyuterga bo‘lgan qiziqish Billda juda erta uyg‘ongan. Maktabda o‘qib yurgan chog‘idayoq o‘rtoqlari bilan har xil dasturlar yaratishni boshlagan. Napoleon Bonapart haqida o‘qib turib,  dunyoni boshqarish vazifasi kiritilgan o‘yin yaratadi.

13 yoshida Bill maktab kompyuter tizimini buzib, axborotlarning barchasiga kira oldi. Jazo berilishi bilan birga, unga Sietl kompyuter markazida dasturchi bo‘lib ishlash taklifi bildirildi. 

Garvardda o‘qib yurgan paytida u o‘z ustozlariga 30 yoshgacha millioner bo‘lishini aytdi. O‘qituvchilari uni iste'dodli dasturchi, shu bilan birga, yaramas odam sifatida eslashadi.

Bill Garvarddan darslarni o‘zlashtirolmagani uchun haydalgan. Ko‘p yillar o‘tib, sobiq talabaga diplomini berishga qaror qilindi. Bu voqelik 2007 yilda, u o‘qishdan haydalgandan 32 yil o‘tib yuz berdi. 

Geytsning eng mashhur iboralaridan biri butun jahon o‘rgimchak to‘ri haqidadir. U “Internet — uning istiqboli yo‘q” degan edi. Bir necha yil o‘tib u fikridan qaytib, bu gapini qaytib oldi. 

1997 yilga qadar Bill samolyotlarda ekonom-klasslarda uchardi. O‘sha paytda uning hisobida 6 milliard dollar bo‘lgan. Hozir ham imkoni boricha u eng arzon biletlarni sotib olishga harakat qiladi. 

Bill bolaligida arg‘imchoq uchishni xush ko‘rardi. U biror bir masalaga yechim topmoqchi bo‘lsa, arg‘imchoqqa o‘tirib uchardi va tashqi olamdan uzilardi.

Bill Geytsning uyi har xil elektron qurilmalarga to‘la. Elektron gulqog‘ozlar pult yordamida o‘zgaradi. Uyda yashovchilarning mikrochiplari bor. Uy esa lazerli qurollari bilan qo‘riqlanadi. 

Bill 30 milliard dollar miqdoridagi pulni xayriya ishlariga sarflagan. 2009 yilda Bill va Melinda Geyts xayriya fondi tashkil etilgan. O‘limidan keyin uning milliardlari xayriya fondiga tushadi. Kam miqdordagi mablag‘, ya'ni bor-yo‘g‘i 10 million dollargina farzandlariga meros bo‘lib qolishi belgilangan. 

Bill Geytsdan hayotdan yana nima xohlashini so‘rashganida, u hammasidan ko‘proq o‘lmaslikni istaganini aytgan. 


Bu ham qiziq

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini bugun tasdiqlashi kutilmoqda

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini bugun tasdiqlashi kutilmoqda

Yevropa Ittifoqi elchilari Rossiyaga qarshi so‘nggi 19-cheklovchi choralar paketini qo‘llab-quvvatladi.
08:33 / 23.10.2025
Sentyabr oyida elektromobillar sotuvi rekord darajada o‘sdi

Sentyabr oyida elektromobillar sotuvi rekord darajada o‘sdi

O‘tgan oy O‘zbekistonda 7,8 ming dona elektromobil sotilgan.
16:40 / 23.10.2025
O‘zbekistondagi AES qurilishini Italiya kompaniyasi nazorat qilishi mumkin

O‘zbekistondagi AES qurilishini Italiya kompaniyasi nazorat qilishi mumkin

“O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Italiya atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengayti…
12:13 / 23.10.2025
Farg‘onada to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi

Farg‘onada to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi

Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilib, yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
08:53 / 23.10.2025
Qoraqalpog‘istonda dinozavr suyaklari topildi

Qoraqalpog‘istonda dinozavr suyaklari topildi

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi.
16:57 / 23.10.2025
23-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
15:50 / 22.10.2025
Toshkentda yuzaga kelgan janjal yuzasidan bir kishi 8 yilga qamaldi

Toshkentda yuzaga kelgan janjal yuzasidan bir kishi 8 yilga qamaldi

Shu yilning mart oyida tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaro tomonidan kaltaklangani aks etgan video tarqalgan edi.
18:11 / 24.10.2025
Samarqand MChJ 3,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Samarqand MChJ 3,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Mazkur MChJ ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullangan.
12:16 / 23.10.2025
O‘zbekistonning yangilangan demografik ko‘rsatgichlari e’lon qilindi

O‘zbekistonning yangilangan demografik ko‘rsatgichlari e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasining demografik ko…
09:26 / 23.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!