2025-yil sentyabrida 7,8 ming dona elektromobil sotildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, bu avgust oyiga nisbatan 21,6 foizga ko‘p va rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Joriy yilning 3-choragida sotilgan yengil elektromobillar soni 20,7 ming donani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan. Eng yuqori o‘sish Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida yengil avtomobillar savdosi 84,6 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 6,4 foizga kamaygan. Eng katta pasayish Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etilgan. Shu bilan birga, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida savdo hajmlarining o‘sishi kuzatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!