$
12668.14 UZS
-46.99
161.15 UZS
-0.6
14640.57 UZS
-89.91
40° Kechasi 25°

Nikohni asrab qolgan ro‘yxat

16:58 / 30.12.2014

G‘azablanishdan qutulib, hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirgan ayolning hikoyasi.

Nikohdagi muammoni faqat ajrashish bilan hal qilish mumkin, deb hisoblaydiganlarga bu maqolani, albatta, o‘qib chiqishni tavsiya etamiz.

“Men bu fursatni oxirgi daqiqagacha cho‘zib yurdim, lekin, mana, o‘sha kun keldi. O‘sha kuni erim Bill ishga ketdi, men esa narsalarimni yig‘ishtirib, ikki yoshli o‘g‘limni oldim-da, ota-onamning uyiga ketdim. Onam kutib olib, otam ikkisi meni tashlab qo‘ymasligini, hamma tomondan yordam berishini aytdi.

“Ammo eringdan batamom ketishingdan oldin bitta iltimosimni bajar”, — dedi oyim. U oldimga bir varaq qog‘ozni qo‘yib, o‘rtasidan vertikal chiziq o‘tkazdi va birinchi ustuniga menga Billning u bilan birga yasholmaydigan darajada yoqmaydigan jihatlarini ro‘yxat qilib yozishimni so‘radi. Ikkinchi ustunga uning ijobiy sifatlarini yozishga qaror qildim va bu ro‘yxat qisqaroq bo‘lishini darrov bildim.

Xullas, birinchi ustunda nima deb yozishni bilardim.

  1. Bill doim narsalarini otib yuradi.
  2. Hech qachon qayerga ketganini aytmaydi.   
  3. Dasturxon tepasida qattiq burun qoqadi, o‘zini beodoblarcha tutadi.
  4. Hech qachon menga yaxshi sovg‘a qilmaydi.
  5. U pala-partish, pul masalasida qattiq.
  6. Hech qachon uy ishlarida yordam bermaydi.
  7. Doim jim, men bilan gaplashmaydi.

Bu ro‘yxat uzoq davom etdi, varaqdagi joy tugadi. Endi hech bir ayol bunday maxluq bilan yashamasligiga inkor qilib bo‘lmaydigan isbotim bor edi. 

Mamnun jilmayib, onamga: “Keyingi ustunda uning ijobiy jihatlarini yozish kerak, shundaymi?” dedim. Ammo oyim shusiz ham uning kuchli tomonlarini bilishini aytdi va uning har bir kamchiligiga mening munosabatimni tasvirlab berishimni so‘radi. Har bir bandning qarshisiga — bunday xatti-harakatga javoban qanday yo‘l tutganimni.

Bu qiyinroq edi, gap menga taqalishini hech kutmagandim. Ammo aytilgan ishning bu qismini ham bajarmagunimcha onam meni tinch qo‘ymasligini bilardim. Shuning uchun yozishni boshladim.

Javoban qanday yo‘l tutdim?

  1. Achchiqlanardim.
  2. Baqirib, yig‘lardim
  3. Yonida bo‘lishdan uyalardim.
  4. O‘zimni jabrdiydaga aylantirardim.
  5. Boshqa odamga turmushga chiqishni ma'qul ko‘rardim.
  6. Men yaxshirog‘iga munosibman, deb hisoblardim.
  7. Umuman, u menga munosib emas.

Bu ro‘yxat ham nihoyasiz bo‘lishi mumkin edi. Shunda onam bir varaq qog‘ozni olib, xuddi shu chiziqdan ikkiga ajratib kesdi. U ro‘yxatning Billning kamchiliklari yozilgan qismini olib, yirtib tashladi va axlat chelakka tashladi, keyin menga kamchiliklarga munosabatim yozilgan qismini berdi va “Mana, bu ro‘yxatni uyingga olib ket va bugun shu haqda o‘ylab ko‘r. Bola biz bilan qolsin. Keyin Bill bilan ajrashishga qat'iy qaror qilsang, kel, otang bilan har jihatdan yordam beramiz”.

Men uyga qaytib, o‘z ro‘yxatimga qaradim. Billning kamchiliklari yozilgan qismisiz u dahshatli ko‘rinardi. O‘zimning yomon harakatlarim va munosabatimning aksini ko‘rdim va shundagina shuncha paytdan beri qanchalik ahmoqona yo‘l tutganimni tushundim. Keyin erimning jig‘imga tegadigan jihatlari haqida o‘ylanib qoldim. U yerda aslida hech qanday qo‘rqinchli va kechirib bo‘lmaydigan narsa yo‘qligini ham tushundim. Men shunchalik g‘azabnok edimki, er borasida qanchalik omadim kelganini payqamasdim — u yaxshi, mukammal emas, lekin yaxshi er edi.

Ota-onamning yoniga qaytdim. Vaziyatga endi butkul boshqacha qarardim. Endi xotirjamlik va mamnuniyatni his qilardim. Besh yil avval unga xastalik va sog‘likda birga bo‘lishga va'da bergandim — hayotimni butkul o‘zgartirishga, bolamni arzimagan narsalar va o‘tkinchi jizzakilik tufayli otasiz qoldirishga bunchalik oson tayyor bo‘lganimdan dahshatga tushdim. Bill ishdan kelganda, o‘g‘lim bilan uni kutib oldik.

Yana shuni aytmoqchimanki, Bill o‘zgargandi. Yo‘q, u o‘zgarmadi. U hali ham mening g‘ashimni keltiradigan ishlarni qilardi. Lekin men uning qiliqlariga munosabatimni o‘zgartirdim. Hozirgi kungacha aqlli maslahati bilan nikohimizni asrab qolgan onamdan minnatdorman. Bill 49 ga chiqqanda, unga “Alsgeymer kasalligi” deb tashxis qo‘yishdi, o‘qituvchilikdan ketishiga to‘g‘ri keldi, men sevimli erimga g‘amxo‘rlik qildim. O‘g‘lim: “Oyi, dadam bizlarni umuman eslolmay qolganda, nima qilamiz?” deb so‘raganda, “Biz uni eslaymiz, uni sevimli ota va er sifatida eslab, bizga o‘rgatganlarini, bizni qanchalik yaxshi ko‘rganini eslaymiz”, deb javob berdim”.

Bekki Zerbe Bill bilan 29 yil nikohda birga yashagan.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
10:02 / 16.06.2025
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

Prezident suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammolar haqida gapirdi.
10:37 / 16.06.2025
Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi

Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Unda jahonning 32 jamoasi o‘zaro …
11:38 / 15.06.2025
Sobiq deputat Qobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Sobiq deputat Qobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Q. Dusovga (1984-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sud…
17:04 / 16.06.2025
Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish res…
12:35 / 16.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Agentlik ma’lumot berishicha, 2024-yil yakunlariga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,1…
11:29 / 17.06.2025
Isroilning keyingi nishoni Oyatulloh Ali Xomanaiy bo‘lishi mumkin

Isroilning keyingi nishoni Oyatulloh Ali Xomanaiy bo‘lishi mumkin

The Wall Street Journal bu haqda isroillik manbalariga tayanib xabar bermoqda.
12:41 / 15.06.2025
O‘zbekiston TIV Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan fuqarolariga murojaat qildi

O‘zbekiston TIV Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan fuqarolariga murojaat qildi

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi aholini turli provokatsiyalarga uchmaslikka va bosiq munosabatni saqlab qolishga chaqirg…
15:44 / 17.06.2025
Buxoroda novvoyxona 530 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Buxoroda novvoyxona 530 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
12:55 / 17.06.2025
Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

AFP ma’lumotida halok bo‘lganlar orasida o‘n yoshli bola ham bo‘lgani keltirilgan. Times of  Israel esa vayronalar orasida 8…
16:03 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!