Bugun, 6-oktyabr kuni Sirdarayo viloyati issiqlik elektr stansiyasi (IES)da 9-sonli energoblokning yagona energotizimga ulanishi bilan stansiyada 3 yil davom etgan modernizatsiya jarayoni muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.
146 million AQSh dollariga teng ushbu yirik investitsiya loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-dekabrdagi “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishiga muvofiq Rossiyaning “Силовые машины” kompaniyasi bilan hamkorlikda bajarildi.
“Qilingan ishlar natijasida har bir energoblokning quvvati 300 MVtdan 325 MVtga yetkazildi, 1 kVt soat uchun shartli yoqilg‘i sarfi 40 grammga kamaydi. Uch bosqichli modernizatsiya ishlari yakunida yiliga 270 million kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Modernizatsiya qilingan energobloklarning xizmat davri kamida yana 20 yilga oshirilishi ta’minlanadi.”, – deydi stansiya bosh direktori Bahodir Nuriddinov.
Loyiha doirasida, 3-6 hamda 9-10-energobloklar modernizatsiyalashtirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!