$
12790.43 UZS
22.17
162.60 UZS
-0.03
14486.44 UZS
86.4
32° Kechasi 18°

Kredit kartochka hajmidagi noodatiy qurilmalar

04:21 / 25.12.2014

Oldinlari kichikroq narsalarga gugurt hajmiday deya ta'rif berardik, hozir esa plastik kartochkaday degan so‘zni qo‘llaymiz. Bugun har bir insonda mavjud bo‘lgan bank kartasi oddiy va juda qulay vositadir. Ko‘rinishi va hajmi qulayligi kredit kartochka hajmida bo‘lgan qurilmalarning to‘liq klasi ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi. Bugun biz ana shunday 7 ta noodatiy va qiziqarli gadjet va devayslar haqida so‘z yuritamiz. 

“Talkase” – kredit karta hajmidagi zaxira mobil telefoni

“Talkase” – bu odatiy bo‘lmagan mobil telefon. Smartfonlar planshetga aylanayotgan bir paytda telefonning kichiklashishi ajablanarli. “Talkase” ishlab chiqaruvchilari uni zaxiradagi mobil telefon sifatida ishlab chiqishgan. U hamyonda kredit kartochkalar qatorida turadi. Kichik telefondan asosiy telefon qolib ketgan, yo‘qolib yoki o‘chib qolgan holatlarda foydalanish mumkin.

“Talkase” telefoni Bluetooth ga ega, hamma kontaktlar, elektron xat va yozuv kitobini o‘zida saqlaydi. Qurilma kutuv rejimida 100 soat, uzluksiz gaplashilsa 2,5 soat ishlaydi. Uning narxi 35 AQSh dollari.

“Poco Pro” – kredit kartochka hajmidagi fotokamera 

“Poco Pro” – mobil telefonda olingan suratlar sifatidan qoniqmagan, shuningdek, doimiy ravishda katta fotoapparat olib yurishni istamaganlar uchun mo‘ljallangan. Uning qalinligi 7 mm. Qurilma suyuqkristalli, diagonali 2,4 dyuym bo‘lgan, 16 megapikselli sensor ekranga ega. 32 gigabaytgacha microSD formatida bo‘lgan suratlarni xotirasida saqlay oladi. Ajoyib qurilma bor-yo‘g‘i 50 gramm og‘irlikka ega. Uning bahosi 300 dollar.

Mobil telefon uchun zaxira akkumulyator

Eng so‘nggi modeldagi smartfonlar ko‘p quvvat talab etadi va faol rejimda ishlasa quvvati bir kunga yetmaydi. Shuning uchun mobil telefon foydalanuvchilari tashqi akkumlyator xizmatiga murojaat etishadi. Va uni o‘zlari bilan olib yurishadi. Shu bois batareyalar hajmi ham kichiklashib bormoqda. Mana shunday qurilmaning nomi “Credit Card Sized Cell Phone Backup Battery”. Uni hamyoningizda ham saqlashingiz mumkin. “CCSCPBB” 5000 mAch sig‘imga ega. U yordamida smartfonni odatiy akkumlyatorga qaraganda ikki barobarga ko‘proq quvvatlantirsa bo‘ladi. Uning bahosi 30 dollar. 

“SwissCard” – kredit kartochka hajmidagi shveysarcha pichoq

“SwissCard” ko‘plab vaziyatlarda asqotuvchi turli asboblarning to‘plami. Ko‘pqirrali buklama pichoq juda qulay, plastik kartochka shaklida ishlab chiqarilgan.

“SwissCard” 11 turdagi vazifani bajaradi. U pichoq, qaychi, turli buragichlar, qisqich, ninato‘g‘nag‘ich, tishkovlagich, ruchka, transportir (burchak darajalarini o‘lchaydigan chizmachilik asbobi), chizg‘ich, shuningdek, tirnoqegovlagich bo‘lib bera oladi. Bu qurilmalarning barchasi kichik bank kartasi shaklida hamyoningizdan joy olishi mumkin. Mahsulot narxi — 25 dollar. 

“GOLD CombiBar” – kredit karta hajmidagi oltin yombi'

Hamyoningizdan barcha pullarni jamlagan kredit kartochkagina emas, oltin zaxirasi ham joy olishi mumkin. Shveytsariya banklaridan biri birinchilardan bo‘lib sotuvga kredit kartochka hajmidagi oltin yombilarni chiqarishni boshladi. “GOLD CombiBar”ni naqd pul kerak bo‘lganda istalgan bankga sotish mumkin. “CombiBar” 2153 dollar turadi. Bu narx oltin bahosiga qarab o‘zgarishi mumkin.

“GOODRAM USB Credit Card” – kredit kartochka hajmidagi xotira kartochkasi

Bu qurilma ma'lumot qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi degan paytingizda yordamga keladi. “GOODRAM USB Credit Card” ataylab bank kartasi shaklida ishlangan. Odatiy fleshkangizni qayerga qo‘yganingizni esingizdan chiqargan paytingizda “GOODRAM USB Credit Card” sizning hamyonigizda tashrif qog‘oz va kredit kartochkalar bilan turgan bo‘ladi. 16 gigabayt sig‘imli moslamaning narxi 10 dollardir.

 

“EON/C” – kredit kartochka shaklidagi fonarcha 

“EON/C”ning qulayligi sizni hayratga solishi shubhasiz. Yorug‘likdiodli qurilma qorong‘i ko‘chalarda yo‘lingizni yoritadi.  Cho‘ntak fonarlaridan asosiy farqi uning hajmidadir. Uni cho‘ntakda, karmonda saqlasa bo‘ladi. Har kuni qo‘llamaslingiz ham,   u eng kerakli paytda yordamga keladi. “EON/C”ning narxi 10 dollar.


Bu ham qiziq

“Prezident xudoning yerdagi vakili emas, xalq xizmatchisi” – Qosim-Jo‘mart To‘qayev

“Prezident xudoning yerdagi vakili emas, xalq xizmatchisi” – Qosim-Jo‘mart To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida 2029-yilda hokimiyatdan ketishini ma’lum qildi.
15:50 / 31.05.2025
Ilon Mask so‘nggi vaqtlarda giyohvandlikka berilgan

Ilon Mask so‘nggi vaqtlarda giyohvandlikka berilgan

The New York Times yozishicha, Ilon Mask Tramp ma’muriyatida ishlagan davrida katta miqdorda ketamin, shuningdek, ekstazi, p…
14:01 / 31.05.2025
PSJ muxlislari Parijda ommaviy tartibsizliklar uyushtirdi

PSJ muxlislari Parijda ommaviy tartibsizliklar uyushtirdi

Klub Milanning “Inter” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etib, tarixda ilk bor Yevropaning eng nufuzli klublar turniri g‘olibli…
11:45 / 01.06.2025
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

2025-yilda O‘zbekistonda ekologik toza materiallardan foydalangan holda bir nechta yirik turar-joy majmualari qurilishi bosh…
20:23 / 31.05.2025
Xitoy AQShni savdo bitimini buzganlikda ayblab, javob chorasi ko‘rish bilan tahdid qildi

Xitoy AQShni savdo bitimini buzganlikda ayblab, javob chorasi ko‘rish bilan tahdid qildi

Pekin bu bayonotini yaqinda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning “Xitoy savdo kelishuvini buzgani” haqidagi ayblovla…
14:14 / 02.06.2025
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning J…
20:55 / 31.05.2025
Yozning ilk oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Yozning ilk oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

“O‘zgidromet” iyun oyi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:39 / 01.06.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
19:29 / 01.06.2025
Isroil G‘azodagi gumanitar yordam markaziga hujum uyushtirdi

Isroil G‘azodagi gumanitar yordam markaziga hujum uyushtirdi

Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan, 150 ki…
16:10 / 01.06.2025
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizgacha pasaydi

2025-yilning may oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aprel oyidagi 10,1 foizga ni…
20:10 / 01.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!