The New York Times yozishicha, Ilon Mask Tramp ma’muriyatida ishlagan davrida katta miqdorda ketamin, shuningdek, ekstazi, psixodelik vositalari va Adderall stimulyatorini iste’mol qilgan.
NYT’ga ko‘ra, unga tegishli bo‘lgan SpaceX kompaniyasida o‘tkaziladigan tasodifiy narkotestlar haqida Maskni oldindan ogohlantirishgan, shuning uchun u tekshiruvlarda qo‘lga tushib qolmagan.
2024-yil mart oyida esa Maskning o‘zi shifokor tavsiyasiga binoan ketaminni faqat har ikki haftada bir marta, kam miqdorda qabul qilayotganini aytgan. Biroq NYT’ning yozishicha, aslida uning giyohvand moddalarga bo‘lgan qaramligi ancha chuqur.
Manbalarga ko‘ra, Mask ketaminni tez-tez, ba’zida har kuni boshqa moddalar bilan aralashtirib iste’mol qilgan, shuningdek, xususiy uchrashuvlarda ekstazi va psixodelik qo‘ziqorinlarni ham qabul qilgan.
Qo‘shma Shtatlarda ketaminni rasmiy ravishda faqat tibbiy muolajalar paytida og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida qo‘llashga ruxsat etilgan. Maxsus litsenziyaga ega shifokorlar uni ruhiy kasalliklar, masalan, depressiyani davolash uchun belgilashlari mumkin.
“Ketaminning psixodelik xususiyatlari bor va u insonning real hayot bilan bog‘liqligini susaytirishi mumkin. Ketamindan doimiy foydalanish qaramlikka va salomatlikda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin”, – deb yozadi gazeta.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!