UzAuto Motors kompaniyasi imkoniyati cheklangan, oyoqlarida nuqsoni bo‘lgan haydovchilarga moslashtirish uchun qo‘l bilan boshqariladigan maxsus qurilma bilan qayta jihozlashni boshladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Tayanch-harakat a’zosi funksiyasi buzilgan haydovchilar uchun mo‘ljallangan maxsus moslama faqat to‘liq qurilmaning zaruriy elementlari bilan jihozlangan.
"Qo‘lda boshqarish qurilmasi xaridorning buyurtmasiga asosan Cobalt, Gentra hamda Spark avtomobillariga rasmiy dilerlik markazlarida o‘rnatiladi. Qurilma O‘zbekiston davlat standartlashtirish agentligining barcha talablariga javob beradi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozir nogironlar soni qariyb 600 mingni tashkil qiladi, dunyoda esa bir milliardga yaqin imkoniyati cheklangan insonlar bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!