Toshkentdagi Inha universiteti (IUT) abituriyentlarni “IUT”ning ta'lim imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda ular o‘qishga qabul qilingan taqdirda adaptatsiya jarayoniga yordam berish maqsadida tayyorlov kurslari ochilganini e'lon qildi.
Ushbu kursda o‘qishni xohlovchilar 27 oktyabrgacha ro‘yxatdan o‘tib, noyabr boshida test topshirishlari lozim. Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar dekabrda o‘qishni boshlashi mumkin. Ta'lim dasturiga ko‘ra, matematika, fizika majburiy(har bir fan uchun 650 dollardan), ingliz yoki koreys tillaridan(400 dollar)birini tanlab o‘rgatiladi.Kurslar keyingi yilning iyunigacha davom etadi.Yakuniy testda matematika va fizikadan 60 va undan yuqori ball to‘plaganlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi. Shuningdek, Ingliz tilidan 60 balldan yuqori olganlar universitetga kirishda “IELTS” yoki “TOEFL” bo‘yicha imtihon topshirishi shart emas. Yakuniy imtihonni Inha universiteti nazorat qiladi.Kursni tamomlaganlar sertifikatga ega bo‘ladi.
Tayyorlov kurslarida o‘qish uchun abituriyentlardan litsey yoki kollejda o‘qishi yoki ularni bitirganlik haqida ma'lumotnoma yoki diplom talab etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!