$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
42° Kechasi 26°

SSV: “Nurlanish usullari yordamida bemorni davolashda noto‘g‘ri tashxislar soni 4 foizdan oshmaydi”

18:56 / 18.11.2019

Toshkentda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va O‘zbekiston radiologlari jamiyati tomonidan “Bolalar radiologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Avstriya, Avstraliya, Hindiston, Qozog‘iston kabi qator davlatlardan olim va mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning muhim omillaridan biri bu diagnostika xizmatini takomillashtirishdir. So‘nggi yillarda kuzatilgan radiologiya tashxisining jadal rivojlanishi klinik tibbiyot uchun mutlaqo yangi imkoniyatlarni ochib, inson tanasining deyarli barcha a’zolari va to‘qima tuzilmalarida tadqiqotlar o‘tkazish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. O‘zbekiston klinikalarida radiologiya sohasidagi eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etilishi kasallikka tez va aniq tashxis qo‘yish bilan birga bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarishda ham muhim omil bo‘lmoqda.

Dunyoning yirik tibbiyot markazlari statistikasi shuni ko‘rsatadiki, nurlanish usullari yordamida bemorni dastlabki davolashda noto‘g‘ri tashxislar soni bugungi kunda 4 foizdan oshmaydi va jiddiy kasalliklarning hayot uchun xavfli asoratlari soni so‘nggi 20 yil ichida 8 foizdan 1,5 foizgacha kamaydi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tibbiyot tizimi muassasalari uchun 355 dona rentgen apparatlari, shu jumladan, 455 dona ultratovush diagnostikasi, 38 ta kompyuter tomograflari, 3 ta bitta fotonli emissiya tomograflari, 39 ta raqamli florograflar, chiziqli tezlatgichlar va boshqa radiologik uskunalar sotib olindi va o‘rnatildi. Natijada, uskunalarning umumiy soni 10 foizga oshdi. Statsionar uskunalar ulushi esa O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha 70 foizga etdi. Tibbiy diagnostika xizmatlari xususiy sektorda ham jadal rivojlanmoqda. Ko‘plab yirik xususiy klinikalar MPT, MCKT, 3D, 4D — sonografiya, PET singari zamonaviy rentgenologik texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu esa, o‘z navbatida, aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirmoqda.

Tadbirda ushbu texnologiyalardan to‘liq va oqilona foydalana oladigan va zamonaviy diagnostika algoritmlarini amaliyotga tatbiq eta oladigan yuqori malakali mutaxassislar — rentgenologlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanishi qayd etildi. 


Bu ham qiziq

Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
15:05 / 18.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Mas’ud Pezeshkiyon ushbu hodisaga javoban hech qanday rasmiy chora ko‘rmadi, aksincha xususiy taksida Tabrizga yo‘l oldi, de…
10:36 / 18.07.2025
Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Yo‘lak savdoni yaxshilaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llar ochadi.
12:20 / 18.07.2025
Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
22:22 / 18.07.2025
Janubiy Koreyada suv toshqinlari yuz berdi

Janubiy Koreyada suv toshqinlari yuz berdi

Hukumat aholiga yuqori darajadagi ogohlantirish bilan chiqdi
22:44 / 18.07.2025
Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar ushlandi

Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan …
09:30 / 19.07.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

Joriy yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yil darajasida saqlanib qol…
15:29 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi
22:43 / 17.07.2025
Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

2025-yilda buxgalterlar ko‘rsatgan xizmatlar narxi 1 milliard so‘mdan oshgan
21:19 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!