Bugun, 31-iyul kuni oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari tafsilotlari bo‘yicha DTM Bosh boshqarmasi boshlig'i Barno Rajabova ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o‘tdi. Bu haqda Xabardor.uz muxbiri xabar bermoqda.
Respublikadagi 66 ta binoda test sinovlari bir vaqtda 1-smenada 08:00 dan boshlanib, 11:20 ga qadar, 2-smenada 15:00 dan boshlanib, 18:20 ga qadar toʼliq yakunlandi.
Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Shundan, 69 ming 374 nafari test sinovlarida ishtirok etdi. 1928 nafar abituriyent turli sabablarga koʼra test sinovlariga kelmadi. Kechagi kun hisobi bo‘yicha biroz kamaygan.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 16 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 22 nafar binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi. Test sinovlarini o‘tkazishga taʼlim muassasalaridan 2 ming 622 nafar guruh nazoratchisi jalb etilishi belgilangan. Shundan, 36 nafari ishtirok etmadi.
Test materiallari Davlat feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini taʼminlagan holda Davlat test markaziga 2-smena yakunlangandan soʼng, soat 18:30 dan qaytarilishi boshlandi. Toshkent shahrida test materiallari 1-smena tugashi bilan soat 11:30 dan boshlab Davlat test markaziga qaytarildi.
Ma’lumot o’rnida eslatib o’tamiz: 30-iyul kuni bo’yicha Toshkent shahrida 452 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashmagan bo‘lsa, Navoiy viloyatida esa bu ko’rsatgich 38 nafarni ko’rsatmoqda.
30-iyul kungi test natijalari e’lon qilindi va eng yuqori ko‘rsatgich O‘zbekiston Milliy Unversitetida 172.6 ballni, Sirtqi ta’lim yo’nalishi bo’yicha esa Andijon viloyatida 142.1 ni tashkil etdi. Abituriyentlar bu yil 3 ta OTMga hujjat topshirganligi sabab, kirish ballari yuqori bo’lishi mumkin, deya o‘z nutqida ta’kidlab o’tdi Barno Rajabova.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!