$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Surxondaryolik “samosud”chi ayollarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

18:01 / 21.07.2021

2021-yil 17-iyun kuni soat 8:00larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi E’zoza ismli ayol, uning voyaga yetmagan qizi va Dilnoza ismli qarindoshining Albina ismli ayolni oralaridagi nizoli vaziyat tufayli “samosud” qilgan.

Ular ikki nafar farzandi bo‘lgan Albinaning sochlarini qaychi bilan kesib tashlashadi, shuningdek, tan jarohati ham yetkazadilar. Ushbu janjalli vaziyatni esa qo‘l telefoni orqali videoga olishib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Tuman IIBning olib borgan surishtiruv-tergov harakatlarida Albinaning olgan tan jarohatlari yengil turdagi tan jarohati ekanligi aniqlangan. 

E’zoza va Dilnoza ismli shaxslarga nisbatan esa 2021-yil 3-iyul kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq surxondaryolik ayollarning 29 yoshli ayolni “samosud” qilgani haqida xabar berilgan edi.


Bu ham qiziq

Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

U mamlakatni yana 6 yil boshqaradi
14:53 / 07.05.2024
Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Kuchli uchlikni bo‘lsa Tokio egallagan.
10:15 / 08.05.2024
Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Sudya keyingi sud majlisiga qadar “Tesla” nomidan foydalangan har qanday reklama aksiyalarini chiqarishni taqiqladi.
16:48 / 07.05.2024
Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
15:58 / 07.05.2024
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi chegarachilari orasida qurbonlar yo‘q.
09:46 / 08.05.2024
UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

Yangi kontraktatsiya bugun, 8-may kuni, soat 10:00 da ochilishi kerak edi.
11:11 / 08.05.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

Uchrashuvda hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
09:21 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!