$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Los-Anjyeles avtosalonidagi kelajak transportlari

02:25 / 01.12.2014

Har yili Los-Anjyeles avtosaloni doirasida avtomobil kompaniyalari dizaynerlari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. 2012 yili ularga kelajakdagi politsiya mashinasini o‘ylab topish taklif qilingandi. O‘tgan yili tabiat bilan uyg‘un transport vositalari borasida tanlov o‘tkazilgandi. Bu yil esa dizaynerlarga quyidagi shart qo‘yildi: “Inson va mashinaning 2029 yilda o‘zaro mutanosibligi”.

Amerikaning “Akura” dizayn-byurosi insonning mashina bilan “birlashib” ketadigan konseptini o‘ylab topishdi.

Mashina ikkita — “interer” va “eksterer” modullaridan iborat bo‘lib, ular to‘rli tizim orqali birlashgan.

Terisi ostiga mikrochip o‘rnatilgan haydovchi maxsus matritsaga teginib, kuzovning ayrim unsurlarini o‘zgartirishi, salonni kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin.

Ushbu loyiha g‘oliblikni qo‘lga kirita olmadi. Chunki uning mualliflari bularning barchasi qanday ishlashini tushuntirib bera olishmadi.

Amerikaning “Peterbilt” yuk mashinalari ishlab chiqarish korxonasi haydovchisiz furani taqdim etdi.

Loyiha “SymbiotUX” (“simbioz” va “UX”, “foydalanuvchi uyg‘unligi”) deb nomlandi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, o‘rindiqlar “NanoHedron” deb nomlanuvchi sensor qoplama bilan jihozlangan.

O‘rindiqlar yo‘lovchining ehtiyojini “his qila oladi” (masalan musiqa ovozini pasaytirish), charchoqni nazorat qiladi va golografiya yordamida kompyuter o‘yinlarini ishga tushiradi.

“Simbiotiks”lar yagona safga birlashishlari mumkin. Bu holda eng oldindagi fura haydovchisi safni boshqaradi. Qolgan mashinalarning haydovchilari uxlashlari yoki kompyuter o‘yinlari o‘ynab ketishlari mumkin. 

Xitoy-Isroil “Qoros” korxonasi “Q: QorosQloud Qubed” avtomobilini yaratdi. 

Mashinaga o‘rnatilgan “Q” superkompyuteri yordamida tizim haydovchining odatlarini eslab qoladi, avtopilot vazifasini ham bajara oladi. Haydovchi o‘rindig‘i o‘rtada joylashgan bo‘lib, vaziyatga qarab orqaga burilishi ham mumkin.

Egasining holatiga qarab mashina o‘z vazifasini bajaradi. Masalan, “Kvoros” juma kuni kechqurun egasining charchaganligini his qilsa, boshqaruv avtopilotga o‘tadi. Haydovchi esa bemalol uxlashi mumkin bo‘ladi.

Vazifalarga kirishish golografik proyektor yordamida boshqariladi. Haydovchining kayfiyatiga qarab salon ichida turli rangdagi chiroqlar yonadi.

Bundan tashqari, mashinaning o‘zi ham chiroqlari yordamida batareya quvvati tugayotganligidan “xafa” bo‘layotganini bildirishi mumkin.

Mashina ikkita farzandi bor oilalarga mo‘ljallangan.

“Synaptiq” deb nom olgan “Infiniti” konsepti tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. U kelajak avtosporti uchun mo‘ljallangan ekzokostyumli sport avtomobilidir.

Mualliflar kompaniya 2029 yilda A.R.C. (Air, Rally, Circuit) avtopoygasida ishtirok etishlarini tasavvur qildilar. Bu poyga trek, kesishgan yo‘llar va havoda o‘tkaziluvchi triatlondir.

Mashina samolyot yoki bolidga aylanishi mumkin. Aniqrog‘i, u yoki bu turdagi kuzovga ulanishi mumkin.

 Haydovchi ko‘chib yuruvchi kapsula ichida joylashadi. Haydovchi o‘rindig‘iga ekzokostyum ulanadi.

Kapsulada turli ma'lumotlar beriluvchi ko‘plab golografik va suyuq kristalli displeylar mavjud.

Agar uchgingiz kelsa, mashinangizni samolyotga aylantirasiz.

Va uchib ketasiz.

Tanlov g‘olibi — “Xonda”ning “CARpet” deb nomlangan “gilamli” loyihasi. Mashinaga solinadigan gilam ostida sun'iy “muskullar” bo‘ladi.

Haydovchining istagiga qarab “muskullar” gilam shaklini o‘zgartiradi. Haydovchi o‘rindig‘ining ham keragi yo‘q — uni “yasab” olish mumkin.

Boshqaruv “Xonda-shar” — istagancha aylantirish mumkin bo‘lgan shaffof shar yordamida amalga oshiriladi.

Mualliflarning fikricha, bunday tizim insonga o‘zini to‘liq erkin his qilish imkonini beradi.

Tasavvur qiling: 2029 yilda mashinalarda o‘rindiqlar bo‘lmaydi, biz avtomobil ichida istagandek harakat qilishimiz mumkin.

 

Manba: motor.ru


Bu ham qiziq

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Interpolning O‘zbekistondagi byurosi qidiruvda yurgan navbatdagi jinoyatchini ushladi

Interpolning O‘zbekistondagi byurosi qidiruvda yurgan navbatdagi jinoyatchini ushladi

Ayblanuvchi mablag‘larni talon-toroj qilishda ayblanmoqda
21:15 / 14.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Unda 823 ta mahallaga tanaffus berildi.
09:19 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!