4-yanvar kuni soat 00:30 larda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan “Bishkek – Dushanbe – Termiz” avtomobil yo‘lida haydovchi Denov tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan M.O. “Neksiya” rusumli avtomobilda boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga urilgan.
Haydovchi omon qoldi yo‘lovchi esa...
IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, natijada haydovchi M.O. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan va yo‘lovchisi Denov tumanida yashagan, 1972-yilda tug‘ilgan N.A. shifoxonada vafot etgan.
Tezlik me’yoridan oshib ketgan
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmaganligi va yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!