Qozog‘iston Respublikasi milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonga xalqaro to‘lov tizimlari orqali pul o‘tkazmalari hajmi 2 milliard tengega yetdi, bu taxminan 4,35 million dollarga teng.
Ushbu ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan 25 foizga o‘sganini ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, O‘zbekiston Qozog‘istonga transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi mamlakatlar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egalladi.
Umuman olganda, aprel oyida xalqaro to‘lov tizimlari orqali Qozog‘istonga chet eldan 55 300 ta tranzaksiya kelib tushdi, ularning umumiy qiymati 19,3 milliard tenge, bu taxminan 42 million dollarga teng.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!