$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Kun tarixi: 154 yil oldin bilyard shari ixtiro qilingan. U oldin nimadan yasalganini bilasizmi?  

12:35 / 10.10.2019

Bugun bilyard to‘pi ixtiro qilinganidan hammadan ko‘ra ko‘proq fillar xursand. Chunki ixtirogacha bilyard sharlari fil suyagidan tayyorlangan-da!

Bilyard o‘yinlari XV asrda Fransiyada paydo bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. Sababi, birinchi marta 1470-yilda fransuz qiroli Lyudovik XI bilyard stoliga buyurtma bergani haqida ma’lumotlar bor. Shu bois ham ko‘plab yozma manbalar bilyardni Fransiyada ixtiro qilinganidan so‘zlaydi. 

Похожее изображение

“Bilyard” so‘zi fransuzcha “bille” so‘zidan olingan bo‘lib, “to‘p”, degan ma’noni anglatadi. 

Картинки по запросу бильярдные шары

Avvaliga bu o‘yin ochiq havoda (yerda) o‘ynalgan. Keyinchalik odamlar har qanday ob-havo sharoitida ham bu mashg‘ulot bilan shug‘ullanish uchun uni stolda o‘ynash qulay, deb hisoblashgan. Bilyard stolining yashil mato bilan qoplanishi ham, o‘yinlar avval yashil maysalar ustida tashkil qilinganidan dalolat beradi. 

1600-yillarda bu o‘yin shunchalik mashhur bo‘lganki, Uilyam Shekspirning “Antoniy va Kleopatra” asarida ham u haqida gap ketgan. 1800-yilga kelib, Angliyada bilyard uskunalari juda tez rivojlandi. 1850-yillar atrofida, bilyard stoli zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Картинки по запросу bilyard stoli

1863-yili Amerikadagi eng yirik bilyard to‘pi ishlab chiqaruvchi kompaniya “Phelan and Collander” to‘pni fil suyagi ishlatmasdan yasashni o‘ylab topgan odamga 10 ming dollar mukofot puli berishni va’da qiladi.

Gazetadagi xabarni o‘qib qolgan amerikalik bosmaxona yordamchisi 23 yoshli John Wesley Hyatt unga qiziqib qoladi. Kimyodan deyarli umuman xabari bo‘lmagan bola turli xil kimyoviy moddalarni aralashtirib, bilyard sharini yasashga kirishib ketadi. Biroq ixtiro amalga oshavermaydi.

Картинки по запросу John Wesley Hyatt

Bir kuni u ishxonasidagi kollodiyali shisha idishni ko‘rib qoladi. Uning qattiqligi va mustahkamligiga e’tibor berib, kallodiyaga suyak kukunini qo‘shib ko‘radi. Bunda ham kutilgan natijaga erishmagan Hyatt sinov va xatolardan foydalangan holda kollodiyaga kamfora qo‘shadi (oq kristall modda). Nihoyat hosil bo‘lgan material fil suyagiga deyarli o‘xshash bo‘lib chiqadi. Bu modda dunyodagi birinchi termoplastika edi. 

Ana shundan so‘ng, yosh yigit 10 000 dollarlik patentni qo‘lga kiritib, akasi bilan birga yirik kompaniya “Hyatt Billiard Ball Company”ni tashkil etadi. 

Shu bilan fillar hayotini saqlab qolishga o‘z hissasini qo‘shgan bolakayning hayoti butunlay o‘zgarib ketadi. 

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Toshkent shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi

Toshkent shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi

Prezident administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i tayinlandi.
09:53 / 15.07.2025
Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
“O‘rikzor” yopilmaydi: rasmiy izoh e’lon qilindi

“O‘rikzor” yopilmaydi: rasmiy izoh e’lon qilindi

Bozor tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
11:37 / 15.07.2025
Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!