$
12834.61 UZS
44.18
162.65 UZS
0.05
14662.26 UZS
175.82
33° Kechasi 20°

Facebookdagi ish-faoliyat to‘g‘risida asl haqiqatlar

05:19 / 15.09.2015

Facebook kompaniyasiga axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi ish joyi sifatida qaraladi. Hatto u yerda tajriba muddatini o‘tayotgan kishi ham AQSh fuqorosining o‘rtacha ish haqidan 25,000 dollar ko‘p pul topadi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq minglab kompaniyalar kiritilgan eng yaxshi ish beruvchilar reytingida birinchi o‘rinni egallaydi. Ammo bu yerda hammasi shunday yaxshimi, xodimlar o‘zlarini aslida qanday his qilishadi? Tsukerbergda ishlash baxtiga muyassar bo‘lganlarni qanday muammolar qiynashini aniqlashtiruvchi so‘rovda kompaniyaning dasturiy ta'minot muhandislari, sobiq ishlab chiquvchi mutaxassislar va boshqa xodimlar ishtirok etishdi.

Ayon bo‘lishicha, Facebook xodimlarining qo‘rqinchlari va tashvishlari juda ham o‘ziga xos. Hamma bo‘sh vaqtida kirib ko‘ngil yozishni yaxshi ko‘radigan bu ijtimoiy tarmoqda ishlash unchalik ham oson ish emas ekan.

Yiliga olti hafta kun davomidagi navbatchilik

Qo‘llab-quvvatlash agenti sifatida ishlaydigan kishilar kun davomida ishlashlari va doim aloqada bo‘lishlari lozim. Ularning oflayn bo‘lishga aslo haqqi yo‘q. Ko‘pchilik bunday ish sharoitiga chiday olmaydi. Bundan tashqari, vaqtida quvvat olmagan telefon ishdan quvilishga sababchi bo‘lishi mumkin.

O‘z manfaati bilan Facebookdan foydalanish mumkin emas

Ko‘p hollarda insonlar shaxsiy va ish faoliyati o‘rtasida aniq chegara qo‘yib olishadi. Facebookda ishlaydiganlar uchun bu chegara yuvilib ketadi. Bu esa ularning profilida o‘z aksini topadi. Ammo kompaniya korporativ madaniyati xodimlarning individualligini saqlab turish uchun bor kuchi bian harakat qiladi. Bu yerda xodimlar uchun ko‘plab bosh vaqtda qilinadigan ko‘ngilochar ishlar tashkillashtirilgan.

Ko‘pchilik xodimlar jamoaviy ishlashni bilmaydi

Ijtimoiy tarmoqni boshqarish iyerarxiyasi shunday qurilganki, unda jamoaviy topshiriqlar juda kam. Shuning uchun bu yerda yakkalikda erishilgan yutuqlarni jamoanikiga qaraganda ko‘proq uchratasiz. Bu holatga boshqaruv tarkibida ham duch kelasiz. Bu yerda ham individuallik jamoaviylikka qaraganda ustunroq turadi.

Facebook — ishni endi boshlaganga o‘xshab ishlovchi yirik kompaniya

Kompaniyaning sobiq odimlarining so‘ziga ko‘ra, Facebook katta kompaniya bo‘lishiga qaramasdan, u o‘zini go‘yo ishni endi boshlaganga o‘xshaydi. “U deyarli elligiga kirib qolgan, biroq o‘smirlar rolini o‘ynaydigan Adam Sendler kabidir”.

Facebookka doimiy shikoyatlar

Facebook sobiq xodimi turmush o‘rtog‘ining aytishicha, uning eri Facebook kompaniyasida ishlagani uchun ham foydalanuvchilardan ijtimoiy tarmoq faoliyati to‘g‘risida doimiy noroziliklar eshitgan.  

Bu mening eng yomon ish tajribam bo‘ldi

Zimmasiga texnik yordam ko‘rsatish mas'uliyatini olgan mayda pudratchilar bir ovoz bilan mazkur yirik kompaniyaning ularning so‘roqlariga o‘z vaqtida javob bermay, e'tiborsiz muomala qilganini tasdiqlashdi.

Kekkaygan boshqaruv

Sobiq xodimlarning ko‘pi rahbarlarning o‘rta bo‘g‘inga nisbatan noxolis munosabatidan shikoyat qilishdi. Xodimlar ularning munosabatini “kekkaygan va o‘ziga bino qo‘ygan”, deb atashdi.

Siz millionlarni ishlamaysiz va yirik loyihalarni yaratmaysiz

Bu bilan Tsukerbergning o‘zidagi rahbarlik ostidagi bir nechtagina kishilar shug‘ullanadi. Qolganlarga o‘z vaqtida KPIni bajarish qoladi.

Bajarib bo‘lmaydigan vazifalar

Facebookning so‘rovnomada anonim tarzda ishtirok etgan sobiq xodimlaridan biri shunday yozadi: “Jamoa men bilan go‘yo axlat bilan munosabatda bo‘lganday gaplashar edi. Bir kuni menga kirxonaga borib bo‘lim boshlig‘ining kiyimlarini olib kelishday g‘alati bir topshiriq berishdi”.

Qo‘llanmalarning mavjud emasligi

Qo‘llanmalar yo‘q vaziyatdagi bajarib bo‘lmaydigan rejalar.

Facebookda samarali jamoaviy infratuzilma mavjud emas

Xodimlarning aytishicha, ajoyib ishlarni bajarish 4000 kishilik jamoada 500 kishilik jamoaga qaraganda ancha qiyin kechadi. Buning sababi tezkor o‘sish va katta jamoada sifatli aloqaning yo‘qligi.

Katta sovun ko‘pigida ishtirok etishni anglash

Ayni vaqtda 200 milliard dollardan oshiq baholangan Facebook ko‘pchilikning mehnat biografiyasida qayg‘uli sahifalar yaralishiga sabab bo‘lgan. Agar anonim iqrorlarni yig‘adigan bo‘lsak, ular bitta kitob holiga keladi.


Bu ham qiziq

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini tasdiqladi

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini tasdiqladi

“Bizning operatsiyamiz shtabi Rossiya hududida, ularning viloyatlaridan biridagi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bo…
10:15 / 02.06.2025
Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasining ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishini xohlamoqda

Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakat armiyasining ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishini xohlamoqda

“Bizga ilg‘or harbiy kuchlarga ega davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda, shuning uchun biz jang qilish va g‘alaba qo…
12:43 / 02.06.2025
BAAga kelgan jurnalistlar va muxlislar aeroportda ushlab turilmoqda

BAAga kelgan jurnalistlar va muxlislar aeroportda ushlab turilmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ushbu holat sabablari haqida tushuntirish berib o‘tdi.
19:09 / 02.06.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilmoqda

Bugun mamlakat fuqarolari harbiy holat e’lon qilishga uringani uchun lavozimidan chetlatilgan Yun Sok Yolning o‘rniga yangi …
10:51 / 03.06.2025
Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar bermoqda.
09:29 / 03.06.2025
2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
21:54 / 01.06.2025
O‘zbekistonda tarvuz va qovun iste’mol qilish oqibatida fuqarolarning o‘limi haqidagi mish-mishlar rad etildi

O‘zbekistonda tarvuz va qovun iste’mol qilish oqibatida fuqarolarning o‘limi haqidagi mish-mishlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqda qovun va tarvuz mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida bir necha fuqaroning vafot etganligi to‘g‘risidag…
20:08 / 02.06.2025
Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025
Xitoy AQShni savdo bitimini buzganlikda ayblab, javob chorasi ko‘rish bilan tahdid qildi

Xitoy AQShni savdo bitimini buzganlikda ayblab, javob chorasi ko‘rish bilan tahdid qildi

Pekin bu bayonotini yaqinda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning “Xitoy savdo kelishuvini buzgani” haqidagi ayblovla…
14:14 / 02.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!