“RAAAF”dan zamonaviy ofis.
Bugungi kunda sir emaski, zamonaviy ofislarda o‘tirib ishlash, salomatlik uchun o‘ta zararli va hatto hayot uchun xavfli ham. Gollandiya dizayn-studiyalaridan biri bu muammoni kutilmaganda hal qilish yo‘lini topdi. U stol-stulsiz ofis variantini taqdim etdi.
“The End of Sitting” – zamonaviy ofisning yangi dizayni.
Gollandiyada faoliyat yurituvchi dizayn-studiya ”RAAAF” rassom Barbara Visser(Barbara Visser) bilan hamkorlikda stol-stulsiz innovatsion ofis loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyiha “The End of Sitting” nomini oldi. Uzoq olib borilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng, haqiqatda ofisda o‘tirib ishlash, inson salomatligiga jiddiy putur yetkazar ekan. Mana shu xulosa yangi turdagi ofisni yaratish g‘oyasini o‘rtaga tashladi. Ofisning real modeli Amsterdamdagi galerialardan birida qurildi.
“The End of Sitting” – stol-stullarsiz ofis.
“RAAAF” ofisining noodatiy ko‘rinishi.
Zamonaviy texnologiyalar insonni bir yerda qotib ishlashining oldini oladi. Yuqorida tilga olingan ofislar istagan yerda xoh o‘tirib, xoh yotib, xoh suyanib ishlash imkonini beradi.
Bo‘lajak ofisning Amsterdamdagi modeli.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!