$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
42° Kechasi 26°

Muhabbat haqida 26 ta qisqa hikoya

07:36 / 27.06.2015

Mazkur bo‘lib o‘tgan hikoyalarda butun bir hayot tasvirlangan. Ular shubhasiz, har kimni ta'sirlantirib yuboradi. Har biringiz haqiqiy muhabbatingizni topishingizga tilakdoshmiz.

***

Bugun 15 yildan beri katarakta sababli ko‘r bo‘lib qolgan 75 yoshli buvam menga dedi: “Buving dunyodagi eng go‘zal ayol, to‘g‘rimi?” Bir daqiqa o‘ylanib turib, dedim: “Ha, xuddi shunday. Balki, ko‘zingiz ko‘rmayotganligi uchun hozir bu go‘zallik sizga yetishmayotgandir”. “Azizam, - javob qaytardi buvam, - men uni har kun ko‘raman. To‘g‘risini aytsam, uni yoshlik chog‘imizdan ko‘ra aniqroq ko‘ryapman”.

***

Bugun qizimni turmushga uzatdim. 10 yilcha oldin men 14 yoshli yigitchani olov ichida yonayotgan mashinadan qutqarib oldim. Vrachlar uni endi hech qachon yura olmaydi deyishdi.  Qizim men bilan birga uni bir necha bor ko‘rishga bordi. So‘ngra u yerga yolg‘iz borishda davom etdi. Bugun esa men o‘sha yigitning ikkala oyog‘ida mustahkam turib, qizimning qo‘liga uzuk taqayotganini ko‘rib turibman.

***

Bugun, tonggi 7 da magazinim (floristman) eshigi oldiga kelib, maxsus kiyim kiygan harbiyga ko‘zim tushdi. U Afg‘onistonga ketish uchun aeroportga yo‘l olgan edi. U menga dedi: “Har juma odatda xotinimga ajoyib guldasta olib boraman va bu an'anani safarni deb qoldirishni istamasdim”. Keyin u menga 52 ta guldasta uchun buyurtma berdi va u qaytmaguncha har juma kechqurun ularni xotinining ofisiga yetkazishni iltimos qildi.  Men unga 50 foiz chegirma qilib berdim. Uning muhabbati meni ta'sirlantirib yubordi. 

***

Bugun 18 yoshli nabiramga hech kim meni taklif qilmagani uchun hech qachon maktab kechalarida bo‘lmaganimni aytdim. Ishonasizmi, nabiram bugun kechasi smoking kiyib, eshigimni taqillatdi va meni o‘z sherigi sifatida maktab kechasiga taklif qildi. 

***

Bugun u 18 yillik komadan o‘ziga kelgach, meni o‘pib dedi: “Men bilan qolganing, shunday ajoyib hikoyalar aytib berganing va menga ishonganing uchun senga katta rahmat. Va, ha, senga turmushga chiqishga roziman”.

***

Bugun, bog‘dan o‘tib keta turib, kichkina restoranchada tamaddi qilishga qaror qildim.  Buterbrodni endi yeb boshlagandim, yaqinmidagi daraxt yoniga qari juftlikning mashinasi kelib to‘xtadi. Ular oynalarni ochib, jaz musiqasini qo‘yishdi. Erkak mashinadan tushib, rafiqasi eshigini ochdi va unga qo‘l uzatdi. Shundan so‘ng ular yarim soat davomida o‘sha daraxt ostida oxista raqsga tushishdi. 

***

Bugun bir kichkina qizaloqni operatsiya qildim. Unga birinchi guruh qoni kerak bo‘ldi. Bizda bunday qon yo‘q edi, biroq uning egizak akasi birinchi qon guruhida ekan. Men unga vaziyat qanchalik jiddiy ekanligini yotig‘i bilan tushintirdim. U biroz o‘ylab turib, ota-onasi bilan xayrlashdi. Biz undan qon olib bo‘lgach, u mendan qachon o‘lishini so‘ramagunicha uning nega bunday qilganini tushunmadim. U singlisi uchun hayotini ham ayamagan ekan. Hozir ularning ikkisi ham sog‘ va salomat.

***

Bugun 8 yoshli o‘g‘lim meni quchoqlab, dedi: “Siz dunyodagi eng yaxshi onasiz”. Tabassum bilan undan so‘radim: “Sen qayerdan bilasan? Axir dunyodagi hamma onani ko‘rmagansanku”. O‘g‘lim meni yanada qattiq quchib, javob berdi: “O‘sha meni dunyoyim ham sizsizda”.

***

Bugun men Alsgeymerlar shifoxonasidagi qari bir bemorni ko‘rikdan o‘tkazdim. U o‘z ismini zo‘rg‘a eslaydi va ko‘pincha ikki daqiqa oldin aytgan gapini ham unutib qo‘yadi. Va qandaydir mo‘jiza bilan (menimcha, bu mo‘jizaning nomi muhabbat) uning yoniga bir necha daqiqagagina keladigan xotinini ko‘rib, ayolning kimligini eslaydi hamda “Salom, mening go‘zal Keytim”, deya qarshi oladi. 

***

Mening 21 yoshli labrador itim zo‘rg‘a yuradi, deyarli hech nimani ko‘rmaydi va eshitmaydi, hatto vovvilashga ham kuchi yo‘q. Lekin har safar xonaga kirganimda u xursand bo‘lib o‘rnidan turadi va dumini likillata boshlaydi.

***

Bugun oshxonadan turib, ikki yoshli qizimning qanday qilib basseynga tushib ketganini ko‘rib qoldim. Dahshatga tushib, u tomon yugura ketdim. Biroq men borgunimcha, itimiz Reks uning ortidan o‘zini suvga otib, qizimni suv sayozroq joyga ko‘ylagi yoqasidan tishlab olib chiqdi.

***

Akam menga rak bilan kurashishim uchun bugun 15-marta o‘z iligini berdi. U bevosita vrachim bilan maslahatlashib bu ishlarga qo‘l uradi, men bular haqida bilib ham o‘tmayman. Bugun doktorim davolar ijobiy natija bera boshlaganini aytdi.  “Kasallik alomatlari asta-sekin yo‘qolyapti”, - dedi u.

***

Bugun bobom bilan uyga ketayotganimda u birdan to‘xtab dedi: “Buvinga guldasta olishni unutibman. Hozir burchakdagi do‘konga kirib o‘tamiz, men unga guldasta sotib olaman. Tez bo‘laman”. “Bugun qandaydir alohida kunmi?” – so‘radim undan. “Ha, yo‘q – javob berdi u. - Har kunning o‘zi alohida. Buving gullarni juda yaxshi ko‘radi. Gullar uni behad xursand qiladi”.

***

Bugun otamning bu dunyoni tark etganiga 10 yil bo‘libdi. Men kichkina paytim uxlashimdan oldim u menga qisqagina bir qo‘shiqni kuylardi. 18 yoshimda otam saratonga chalinib, shifoxonada yotganida uni ko‘rgani borganimda shu qo‘shiqni aytib berardim. Shundan buyon bu qo‘shiqni umuman eshitganim yo‘q. Ammo bugun qallig‘im o‘sha menga qadrli qo‘shiqni xirgoyi qilib qoldi. Aytishicha, bolaligida onasi unga bu qisqa qo‘shiqni aytgan ekan.

***

11 yoshli o‘g‘lim bolalikdan birga o‘sgan do‘sti Josh kar-soqov bo‘lgani uchun ularning tilini biladi. Menga ularning do‘stligi kundan-kunga mustahkamlanayotganini ko‘rish zavq bag‘ishlaydi. 

***

Bugun otam hayotdan ko‘z yumdi, u 92 yosh edi. Men uni o‘z xonasida o‘tirg‘ichga o‘tirgan holida topdim. Uning tizzasida uchta surat yotardi. Ular 10 yil oldinroq o‘lgan onamning surati edi. Onam dadamning butun borlig‘i edi. Menimcha, u o‘limi yaqinlashayotganini sezib, yana bir bor onamni ko‘rgisi kelgan. 

***

Men 17 yoshli ko‘r bolaning onasiman. Uning so‘qir bo‘lib tug‘ilgani unga sinfida a'lochi bo‘lishga, gitarani yaxshi o‘ynashga va o‘z sevgan qizi Valeri uchun ajoyib hamroh bo‘lishga aslo halaqit qilmadi. Bugun singlisi o‘g‘limdan Valerining nimasi yoqishini so‘radi va u shunday javob berdi: “Hammasi. U juda go‘zal”.

***

Bugun bir necha oydan so‘ng birinchi marta 12 yoshli o‘g‘lim Shon bilan yo‘l-yo‘lakay “Qariyalar uyi”ga kirib o‘tdik. Odatda u yerga yolg‘iz Alsgeymer bilan og‘rigan onamni ko‘rish uchun boraman. Binoga kirganimizda hamshira “Salom, Shon” – deb, bizni ichkariga kiritdi. Men o‘g‘limdan so‘radim: “U seni ismingni qayerdan biladi?” U “Men bu yerga buvimni ko‘rish uchun maktabdan so‘ng tez-tez kelib turaman”, dedi.

***

Bobom buvim bilan ikkalasi kechaga kulib tushgan eski, 60-yillarda qilingan suratni doim javonida ushlardi. Buvim men 7 yoshligimda saratondan vafot etgan. Bugun men ularning xonalariga kirdim va bobom meni ikkalasi  tushgan o‘sha suratga qarab turganimni ko‘rdi va meni quchoqlab dedi: “Yodingda tut, bu dunyoda hech nima abadiy emas. Ammo bu yaqinlarimizni unitib yuborishimiz mumkinligini anglatmaydi”.

***

Men ikki bolaning onasi va to‘rt nabiraning buvisiman. 17 yoshimda egizak bolalarga homilador bo‘ldim. Yigitim va do‘stlarim bolalarni oldirib tashlamaslikka qaror qilganimni bilib, mendan yuz o‘girishdi. Ammo men taslim bo‘lganim yo‘q, maktabni tashlamay, ishga joylashdim. Institutni tugatib, u yerda mana 50 yildan beri bolalarimni o‘z farzandiday sevuvchi bir yigitni uchratdim.

***

Bugun mehmonxona balkonida o‘tirib, plyajda kelayotgan sevishganlar juftligiga ko‘zim tushdi. Ularning harakatlaridan bir-birlarini telbalarcha sevishlari ko‘rinib turardi. Ular yaqinroq kelishganda, juftlikning mening ota-onam ekanligi ayon bo‘ldi. 8 yil oldin ularning ajrashishiga bir bahya qolganiga hech kim ishonmasa kerak.

***

Bugun, bobomning o‘limidan 15 yil o‘tgandan so‘ng, 72 yoshli buvim yana turmushga chiqyapti. Yoshim 17 da va men buvimni hali bunchalik baxtli ko‘rgan emasman. Yoshlari katta bo‘lishiga qaramay, bir-birlarini  bunchalik qattiq sevuvchi ikki insonni ko‘rish naqadar zavqli-ya! Men endi aniq bilamanki, hech qachon kech bo‘lmaydi.

***

Bugun, ikki yil alohida yashaganimizdan so‘ng barcha xafagarchiliklarni unitib, birinchi marta sobiq xotinim bilan birgalikda kechki ovqat qilishga qaror qildik. To‘rt soat davomida rosa suhbatlashdik, kulishdik. Xotinim ketish oldidan qo‘limga katta, qalin konvert tutqazdi. Unda xotinim o‘tgan ikki yil davomida yozgan 20 ta sevgi nomalari yotardi. Konvert ustiga shunday yozilgandi: “Qaysarligim tufayli yuborilmay qolgan xatlar”.   

***

Bugun men bilan baxsiz hodisa yuz berdi. Peshanam chuqur tilindi. Doktor peshanamni bint bilan o‘rab, uni bir hafta yechmasligimni buyurdi. Albatta, bu menga yoqmadi. Ikki daqiqadan so‘ng xonaga ukam kirib keldi. Uning ham peshanasi bint bilan o‘ralgandi. Onamning aytishicha, ukam meni yolg‘iz xafa bo‘lishimni istamabdi.

***

Bugun, 91 yoshli buvam (harbiy doktor, bir qancha ko‘krak nishonlari sohibi va omadi chopgan tadbirkor) shifoxonada yotganida undan hayoti davomida erishgan eng katta yutig‘i nima ekanligini so‘radim. U buvimga qarab, uning qo‘lidan ushlab dedi: “U bilan birgalikda qariganim”.

***

Bugun, to‘yimizning 50 yilligida, u kulib dedi: “Seni barvaqtroq uchratmaganimdan afsusdaman”.


Bu ham qiziq

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar …
10:05 / 19.07.2025
Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
17:45 / 17.07.2025
Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
22:22 / 18.07.2025
Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Yopilish marosimi AQSh Kolizeyi nomini olgan arenada o‘tkaziladi
19:53 / 18.07.2025
Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
15:05 / 18.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
18–22-iyul kunlari Shayxontohurda ayrim yo‘llar yopiladi

18–22-iyul kunlari Shayxontohurda ayrim yo‘llar yopiladi

Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi.
10:08 / 18.07.2025
Toshkent metropoliteniga 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Toshkent metropoliteniga 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlarida havoning issiqligi yuzasidan shikoyat qilgan yo‘lovchining murojaati keng tarqalmoqda.
16:22 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi
22:43 / 17.07.2025
Toshkent shahar IIBBning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Toshkent shahar IIBBning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Tadbir shaxsan ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayub Rahmatullayev boshchiligida o‘tkazildi
18:54 / 18.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!