“Avto 60-oy” MChJ mansabdor shaxslari J.Bahodirov va boshqalarning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.
MIB Matbuot xizmatining Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, hozirda ishchi guruhlarga 2 144 nafar fuqaro murojaat qilib, o‘zlariga tegishli hisob raqamlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishgan.
Qayd etilishicha, tergov organi tomonidan xatlangan jamiyatning 28,6 mlrd. so‘m pul mablag‘larini 15 761 nafar jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga kelib tushib ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda ariza topshirganlardan jami 542 nafar fuqarolarga 1,8 mlrd. so‘m taqsimlangan pul mablag‘lari o‘tkazib berilgan.
“Jamiyatdan jabr ko‘rgan fuqarolarimizning aksariyati viloyatlarda yashashligini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida, quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga (dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar) murojaat qilishlari so‘raladi”, – deyiladi MIB Matbuot xizmati xabarida.
Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga murojaat etish bo‘yicha ma’lumot:
1. Andijon sh., 2-daha.
74-226-30-66
2. Buxoro viloyati, Buxoro shahri, H.T.Buxoriy ko‘chasi 3-uy.
65-221-55-33
3. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangibo‘ston ko‘chasi, 4-uy.
72-227-07-95
4. Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 51A-uy.
75-221-28-42
5. Farg‘ona shahri, Ma’rifat ko‘chasi 22-uy.
61-222-84-88
6. Navoiy shahri, Gʻalaba shoh ko‘chasi, 176 B-uy.
79-223-41-77
7. Namangan shahri, S.Sheroziy 3-tor ko‘chasi 5A-uy.
69-228-82-76
8. Samarqand shahri,Spitamen shoh ko‘chasi, 270A-uy.
66-221-78-24
9. Sirdaryo viloyati Guliston shahri, I.Karimov ko‘chasi, 35-uy
67-235-00-17
10. Surxondaryo viloyati Termiz shahri, Istiqlol ko‘chasi 80-uy.
76-227-32-13
11. Toshkent shahar va Toshkent viloyati uchun
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviasozlar
4-mavze, 68-uy. 71-207-20-19
12. Farg‘ona shahri, Ma’rifat ko‘chasi 22-uy.
73-244-09-06
13. Xorazm viloyati Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 53-uy.
62-224-65-72
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!