$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Susambil  (2-qism)

20:52 / 27.04.2020

Endi boyagi ho‘kizga kelaylik. Ho‘kizning xo‘jayini uni ho‘kizlar bilan urishtirib yurar ekan. Ho‘kiz juda urishqoq bo‘lib, hamma joyda dong‘i ketgan ekan. Bir kuni ho‘kiz urishtirish bo‘lib qolibdi. Shunda bu ho‘kiz yetti-sakkizta ho‘kizni qochiribdi. Endi bitta juda urishqoq ho‘kiz qolibdi. Xo‘jayin ho‘kizini bu ho‘kiz bilan ertasiga urishtirmoqchi bo‘libdi. Ertasiga xo‘jayin:
– Endi ho‘kizni urishtirishga oboraman. Ho‘kizimning shoxini yog‘lab qo‘yay! – deb molxonaga chiqsa, ho‘kizning ikki ko‘zi yumuq, hadeb uxlayapti.
Tushida katta bir yig‘in emish. Yig‘inda yana bir ho‘kiz turgan emish. Ho‘kizning xo‘jayini yig‘inga olib kirsa, haligi ho‘kiz buni yig‘indan quvib chiqarish uchun hamla qilib, yugurib qolibdi. Shunda buning achchig‘i chiqib, kelayotgan ho‘kizga daf javob qilib, uni bir suzibdi. Shunda ho‘kiz shoxini yog‘layotgan xo‘jayinni suzib yuboribdi. Xo‘jayinning yog‘ kosasi bir tarafga, o‘zi ikkinchi tarafga uchib tushibdi.
Xo‘jayinning ko‘ngli ketibdi, hushiga kelgandan so‘ng:
– Hali meni suzadigan senmisan?! – deb, ho‘kizni chunon uribdiki, qavarib chiqmagan joyi qolmabdi. Shunda ho‘kiz yotib yig‘labdi, xo‘rligi kelibdi: “Men, xo‘jayinga shuncha ishlarni qilib bersam, qancha ho‘kizlar bilan urishib, ularni yengib, pul yutib bersam, xo ‘jayinim shugina hazilimni ko‘tarmay meni o‘larcha ursa, bu menga qanday xo‘rlik?!” debdi va: “Kel-e, men tokay xo‘rlik tortaman, shu xo‘jayinnikidan ketsam nima bo‘lar edi? Ketaman!” – deb, o‘rnidan turibdi, bir chiranib boshvoqni uzib, yo‘lga tushibdi, yurib-yurib bir joyga borsa, boyagi eshak ko‘rinibdi. Shunda ho‘kiz eshakni chaqirib, orqasidan yuguribdi. Bir vaqt eshakning qulog‘iga bir tovush kelibdi. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
Eshak to‘xtab turibdi, ho‘kiz yetib kelibdi. Qarasa, o‘zining sherigi ekan. Eshak:
– Ha, ho‘kizvoy, nima qilib yuribsan? – debdi.
Ho‘kiz debdi:
– Sendan keyin xo‘jayin meni ham toza azobladi. Men ham “bor-e” deb kelaverdim. Sen qayoqqa ketyapsan?
Eshak:
– Men Susambilga ketyapman, – debdi.
Ho‘kiz:
– Susambil qanday joy? – debdi.
Eshak aytibdi:
– Susambil o‘tning quyug‘i, suvning tinig‘i, unda juda erkinlik, azob-uqubat yo‘q, maza qilib yurasan!
Ho‘kiz:
– Bo‘lmasa men ham borsam bo‘ladimi? – debdi.
Eshak:
– Kelganing yaxshi bo‘libdi. Ikkita edik, uchta bo‘ldik. Yuraver! – debdi.
Eshak, ho‘kiz, xo‘roz uchovi boshidan o‘tganlarini bir-biriga gapirishib, hasratlashib ketaverishibdi. Necha kun yo‘l yurib, cho‘l-u biyobonga yetishibdi.
Cho‘lda hech kim yo‘q ekan. Bir joyda ikkita kalamush turar ekan. Cho‘lda oziq-ovqat kamligidan, ozgina ovqat topish uchun ko‘p joylarga borib, ko‘p yerlarni qazir ekanlar. Shunda qorin to‘yar-to‘ymas ozgina ovqat topilar ekan. Bora-bora cho‘lda ovqat topilmay qolibdi. Bir kuni ikkala kalamush yeydigan ovqati yo‘q, qorni ochiqib, endi nima qilamiz deb, uyasining og‘ziga chiqib shumshayib o‘tirishganda, uzoqdan haligi eshak, ho‘kiz va xo‘rozlar ko‘rinishibdi.
Biri aytibdi:
– Shu ko‘ringanlar yo‘lovchi bo‘ladi. Yur, shulardan ovqat tilaylik.
Zora rahmi kelib, biror narsa tashlab ketishsa, – debdi. Ikkalasi yoining ustiga chiqib turibdi. Ko‘ringan hayvonlar ham yetib kelishibdi. Shunda kalamush ulardan ovqat tilabdi. Eshak turib:
– Ey, birodarlar, biz ham sizlarga o‘xshash och qolganlardanmiz.
Agar ovqat kerak bo‘lsa, biz bilan birga yuraveringlar, – debdi.
Kalamush eshakdan:
– Qayerga ketyapsizlar? – deb so‘rabdi.
Eshak:
– Biz Susambilga ketyapmiz, – debdi.
– Susambil qanday joy? – deb so‘rabdi kalamush.
– Susambilni aslo so‘rama! Susambil o‘tning quyug‘i, suvning tinig‘i, unda juda erkinlik, azob-uqubat yo‘q, maza qilib yurasan! – debdi eshak.
– Bo‘lmasa biz ham boraylik, – deyishibdi kalamushlar.
– Uchta edik, beshta bo‘ldik, yuraveringlar,– debdi eshak.
Mana endi bular beshovi boshlaridan o‘tgan sarguzashtlarini bir-birlariga gapirishib, hasratlashib, Susambilga ketaveribdilar. O‘sha cho‘lda bir to‘da ari bor ekan. Ular ham ovqat yo‘qligidan och qolib nima qilarini bilmay, osmonda g‘o‘ng‘illab uchib ketayotgan ekanlar, birdan haligi Susambilga ketayotgan besh jonivorga yo‘liqibdilar. Arilar bularni ko‘rib , “uh, mana ovqatning konidan chiqdik, keragini olib qol!” – deb bularni chaqqani kirishibdi. Shunda eshak aytibdiki:
– Ey, ukalar, sizlar ham bizga o‘xshab och qolib qiynalganga o‘xshaysizlar. Bizning tanimizda shira qolgani yo‘q. So‘rganlaring bilan hech narsa chiqmaydi. Shiramizni xo‘jayinlarimiz so‘rib olgan. Agar ovqat kerak bo‘lsa, biz bilan yuraveringlar! – debdi.
Shunda arilar bularning ahvolini ko‘rib, bular ham bizga o‘xshagan och qolganlardan ekan deb, qayoqqa ketishayotganini so‘rabdi.
– Biz Susambilga ketyapmiz, – deyishibdi.
– Susambil qanday joy? – deb so‘rabdi arilar.
– Susambil o‘tning quyug‘i, suvning tinig‘i, unda juda erkinlik, azob-uqubat yo‘q, maza qilib yurasiz, – deyishibdi.
– Bo‘lmasa biz ham boraylik,– debdi arilar.
– Mayli, beshta edik, ko‘p bo‘ldik, – debdilar. Shunda bular hammasi “Susambil qaydasan?” deb, boshidan o‘tganlarini gaplashib, hasratlashib ketaveribdilar. Yo‘lda ketayotib: “Qachon Susambilga yetamiz?!” deb, yuraklari orziqib, goho-goho eshakdan “Yana bir gapirib bering. Susambil qanday joy o‘zi?!” deb so‘rashar ekan. Eshak ham Susambilni maqtab, ularning ko‘nglini ko‘tarar ekan. Bular:
– Susambilga borsak unday qilamiz, bunday qilamiz! – deb, o‘zlaricha shirin-shirin xayollar qilib borishar ekan. Bular yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi. Oxiri, dimoqlariga Susambilning xushbo‘y shabadasi kelibdi. Susambilga ham yetib kelishibdi. Susambil juda ham keng, bepoyon bir joy ekan. Havosi juda tiniq, narigi yoqda ulkan tog‘ bo‘lib, uning shabadasi doim g‘irillab kelib turar ekan. Yerda ko‘m-ko‘k chaman ko‘katlar, bedalar yashnab yotibdi. Bir yoqda bug‘doy, arpalar; bir yoqda qovun-tarvuzlar pishib yotibdi, bir tarafda ketgancha bog‘. Unda uzum, anjir, o‘rik, shaftoli va turli tuman mevalar pishib, taglariga to‘kilib yotibdi. Ariqlar to‘la, oppoq sutday suvlar sharqirab oqib yotibdi. Borganlarning bag‘riga shamol tegibdi. Shunda bu bechoralar juda ham xursand bo‘lib ketishibdi. Xursandlikdan ba’zilari yig‘lab ham olishibdi. Ular ko‘p och qolishgan ekan. Har qaysisi istagan ovqatini yeb, qornini to‘yg‘azib vaqtlarini xushlashib, so‘ngra salqin bir joyga kelib dam olishibdi. Yo‘l azobi, go‘r azobi, deganday, yo‘lda ko‘p charchab kelishgan ekan, shu salqin joyda yotib uzoqqina uxlashibdi. Uyqudan turib qo‘l-betlarini yuvib, yana xohlagan ovqatlarini yebdilar. Shu bilan bular Susambilga kelib ko‘p rohatlanib qolishibdi.

...davomi keyingi sonda


Bu ham qiziq

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!