$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

15 ta hali uncha mashhur bo‘lmagan noyob sport turi

11:07 / 23.07.2015

Zamonaviy dunyoda yangidan-yangi sport turlari paydo bo‘lmoqdaki, ularni ko‘rib insonning aqli lol qoladi.

Bunday sport turlarining ko‘pchiligi muxlislarining ko‘pligiga qaramay, soyada qolib ketmoqda. Yangicha sport turlari biroz g‘alati bo‘lishiga mumkin, biroq ular sportni yanada rang-barang va qiziqarli qiladi. Keling, siz hali eshitmagan sport turlaridan 15 tasini ko‘rib chiqamiz.

1. Suv ostidagi xokkey

Jarohatlarga sabab bo‘ladigan muz ustidagi xokkey tezkor harakatlar va to‘qnashuvlar bilan xususiyatlanadi. Agar mana shunga cho‘kish xavfi ham qo‘shilsa, muz ustidagi xokkey bolalar o‘yiniday tuyuladi.

Ushbu suvosti o‘yinining qoidalari xuddi an'anaviysiga o‘xshaydi. Yagona farqi o‘yinchilar banan o‘lchovidagi yog‘och yoki plastik klyushkadan foydalanishadi va basseyn tagidagi metall shaybani harakatlantirishadi. O‘yin avjiga chiqqanda u suv jangiga o‘xshab ketadi.

2. Sport saunasi

Voajab, bu qanday sport bo‘ldi ekan? Sportchilar saunada dam olmay, kimning yuzi terlashga chidamliligini sinovdan o‘tkazishadi. Saunalar insonga xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bellashuvlarda tez yordam navbatchilik qiladi.

Mazkur sport turining 2009 yilgi Jahon chempionatida rossiyalik sportchi qiz g‘alaba qozongan. Bellashuv juda mashhur bo‘lib, 2009 yilda unda 22 mamlakatdan 150 nafar sportchi ishtirok etgan. Ushbu sport turi juda murakkab bo‘lib, sportchilar o‘zlarini haqiqiy sinovdan o‘tkazishadi.

Axir saunada hamisha 110 darajali harorat ushlab turiladi va har 30 soniyada par yuboriladi. Buning uchun qizib turgan toshga bir litr suv quyiladi. Saunada yotish va devorlarga suyanish mumkin emas, shunday ekan sportchidan saunadan mustaqil chiqish talab qilinadi.

3. Mobil telefonlarni uloqtirish

Kulgi o‘z yo‘liga, biroq mobil telefonlarni uloqtirish bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Unda mukofot fondi ham mavjud. Eng qiziqarlisi, g‘olib nafaqat uloqtirish mahorati bilan, balki uni san'atkorona bajarish qobiliyati bilan tanlanadi.

2008 yilda bu bellashuvni qoyilmaqom bajargani uchun g‘oliblikka it erishdi. Bellashuv an'anaviy tarzda Xelsinkida o‘tkaziladi. Mobil telefonlarni uloqtirish bo‘yicha dunyo rekordi 95 metrdir!

Turnir tashkilotchilari ushbu sport turini ommaga keng yoyish maqsadida mashhurlarni jalb qilishga harakat qilishadi. Masalan, 2011 yil bellashuvlariga Naomi Kempbell va Rassell Kroular taklif qilinishi rejalashtirilgan.

4. It qo‘shilgan chanalarda qorsiz joydagi poyga

Ko‘pchiligimiz uchun it qo‘shilgan chanalar qish va qor bilan tasavvur qilinadi. Biroq bu yangi sport turida itlar chanalarni qor ustida tortmaydi. 

Ushbu sport turi allaqachon mashhurlikka erishgan. Oxirgi bellashuv Germaniyaning Rasted shahrida o‘tkazilgan. Unda 19 ta mamlakatdan 300 nafar sportchi ishtirok etdi. Bellashuvda polshaliklar faol ishtirok etib, 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi, shundan 6 tasi oltin.

Norvegiya, Germaniya va Chexiyani ham faol ishtirokchilar qatoriga kiritsa bo‘ladi. Bellashuv maxsus chanalarda o‘tkaziladi. Chananing sudraluvchi oyog‘i o‘rniga g‘ildiraklar o‘rnatiladi.

5. Ot bilan uzoqlikka sakrash

Bu sport turi hatto Olimpiadada ham ishtirok etib ulgurdi. To‘g‘ri bunga ancha bo‘lgan – 1900 yil, Parij. Musobaqa mazmuni juda oddiy – uzoqqa sakrash. Faqat bunda ot va chavandoz sakraydi. Hozir otlar bilan uzoqlikka va balandlikka sakrash Fransiyada juda mashhur. 

G‘amxo‘r fransuzlar hozirda nafaqat chavandozni, balki tulporni ham e'tibordan chetda qoldirishmayapti. Uni ham sovg‘a bilan siylashyapti. Ularga kechki ovqatda suli, makkajo‘xori, no‘xat, arpa, loviya, kepak, qizil lavlagi, sabzi va kartoshka ulashiladi.

6. Sepaktakrau

Mana bu suratga qarab turib, Janubi-sharqiy Osiyoda mashhur bo‘lgan bu sport turi o‘zida karate va voleybolning aralashmasini taqdim qiladi, deb o‘ylagan bo‘lsangiz haqiqatdan uzoq ketmagan bo‘lasiz.

O‘yinchilar quritilgan palma barglaridan qilingan to‘pga tashlanishadi. O‘yin o‘zining G‘arbdagi an'anaviy ko‘rinishiga o‘xshab ketadi. Sepaktakrau Sharqiy Osiyoda keng ommalashgan bo‘lib, 80-yillar oxiri va 90-yillarda Shimoliy Amerikada ham mashhur bo‘lgan.

Xuddi Amerika futboli kabi sepaktakrau o‘yinchilari to‘pni faqatgina bosh yoki oyoq bilan harakatga keltirishadi. O‘yin badminton korti o‘lchovidagi maydonda o‘tkaziladi. Uchta o‘yinchidan iborat ikki jamoa to‘pni iloji boricha o‘yinda saqlab turishga intiladi. Ochkolar xuddi voleyboldagi kabi hisoblanadi.

7. It bilan raqsga tushish

It bilan raqsga tushish sportdan ko‘ra ko‘proq san'at turiga o‘xshaydi. U o‘zida shug‘ullanish, eshitish va raqs elementlarini jamlagan.

Balki kimlar uchundir bu bir vaqt o‘tkazishga o‘xshar, biroq ushbu sport turi bilan juda ko‘plab AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi it egalari shug‘ullanishadi.

Xullas, agar siz raqsga tushish uchun o‘zingizga ideal sherik qidirayotgan bo‘lsangiz ensiklopediyani ochib it zotlarini ko‘zdan kechirishingiz lozim.

8. Ko‘cha lyuji

Bu sport turi o‘zida bittalik chana va trotuarni jamlagan. Ishtirokchilar bitta odam sig‘adigan qilib ishlangan katta skeytbord taxtasiga yotishadi. Qolgan ishni tortishish kuchi bajaradi.

9. Kviddich

Garri Potter kitoblaridagi kabi kviddich sehr, chaqqonlik va biroz vahshiylikni talab qiladi. Kviddichni hayotga o‘ynash mumkin emas, deb o‘ylayapsizmi? Biroq Garri Potterning muxlislariga fizika qonunlari to‘sqinlik qila olmaydi. Bu insonlar sehr kuchisiz, lekin o‘yinning bor zavqini saqlab qolgan holda kviddichning yangicha ko‘rinishini o‘ylab topishdi. 

Vermont shtatidagi Middlberi kollejida tashkil topgan Xalqaro assotsiatsiya bor yo‘g‘i bir necha yil o‘tib har qanday qit'ada uchrovchi yuzlab komandalarni o‘z ichiga olgan tizimga aylandi. O‘yindagi qoidalar va ochkolar hisoblanishi xuddi kitobdagiday bo‘lib, yagona farqi supurgida hech kim uchmaydi. 

10. Turmush o‘rtog‘ini ko‘tarish

Ayoli bilan poyga (fin. Yeukonkanto)da o‘yin quyidagicha kechadi. Erlar har qanday to‘siqni ayoli bilan birga yengib o‘tadi, bu payt ayol teskari holda erining bo‘yni va beliga osilib turadi.     

Son-sharaf – g‘oliblarga beriladigan yagona sovg‘a emas. Jahon Chempionatida g‘alaba qozongan kishini ayolining og‘irlig‘i miqdoridagi pivo bochkasi kutib turibdi. 

11. Daraxtlar kesish musobaqasi

Kimgadir bu sport turi zerikarli bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq taxtada qimirlab turish yoki daraxt uchlarini kesish kishini oddiy o‘rmonchidan haqiqiy atletga aylantiradi. Bundan tashqari musobaqa guruhlar estafetasi, daraxtlarga tezlik bilan tirmashib chiqish va sabr-toqatni sinovdan o‘tkazuvchi o‘yinlarni o‘z ichiga oladi.

12. Ko‘pkari

Mazkur milliy o‘yin Markaziy Osiyoda ommalashgan bo‘lib, unda chavandozlar ishtirok etishadi. Bu barchamizga yaxshi tanish, “uloq” o‘yini ham deyiladi.

13. Shaxboks

Bu sport turi ishtirokchidan aql va jismoniy kuch talab qiladi. Natijada, inson juda universal, vazmin va jismoniy jihatdan qobiliyatli bo‘lishi lozim. Ilk rasmiy o‘yinlar 2003 yilda bo‘lib o‘tgan.

Shaxboksda 11 raund bo‘lib, oltitasi shaxmatga va beshtasi boksga bag‘ishlanadi. Har bitta partiya 4 daqiqa davom etadi. Agar vaqt ko‘rsatilganidan oshib ketsa, partiya darhol to‘xtatiladi. Boksda har bir raund 2 daqiqa davom etadi. Raundlar orasidagi tanaffus 1 daqiqani tashkil etadi. Bunda sportchilar kiyinib, qo‘lqoplarini yecha olishadi.

14. Pishloq ortidan poyga

Ayni paytda inglizlar fransuzlar bilan aynan kim pishloq ortidan quvish sport turini o‘ylab topganligi to‘g‘risida munozara olib borishmoqda. O‘yin mazmuni juda oddiy. Dastlab barcha sportchilar tepalik ustiga chiqib olishadi, keyin pishloq pastga otiladi va shundan so‘ng hamma bor kuchi bilan pishloq tomon otiladi.

Pishloq doirasini kim tog‘ so‘nggida ushlab olsa, o‘sha g‘olib deb topiladi. Musobaqada kiyimga e'tibor berilmaydi, u ixtiyoriy. G‘olib nafaqat pul mukofotini, balki o‘yin ishtirokchisi bo‘lgan 3,5 kilogrammli pishloqni ham qabul qilib oladi. Qiziqarli ko‘ringan bu sport turi, aslida kishini jarohatlashi mumkin. Shunday payt bo‘lganki, bu o‘yin Angliyada taqiqlab qo‘yilgan.

Vaqt o‘tgach, uni yana o‘ynashga ruxsat etilgan, biroq o‘yinlardagi jarohatlanish uning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. 

15. Tourestling

Armrestling haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak, ammo oyoq barmoqlari ishtirok etuvchi tourestling hali uncha mashhur emas. Sportchilar ringga chiqib, oyoqlarining bosh barmoqlarini raqibinikiga o‘tkazib olishadi. To‘g‘ri, o‘yinchilarning holati ancha noqulay. Mazkur sport turi bo‘yicha Jahon kubogi 1970 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 

Musobaqalar turli xil vazn kategoriyalari, o‘ng va chap oyoq bo‘yicha o‘tkaziladi. 2010 yilda Jahon chempioni 49 yoshli Allen Nesh bo‘lgan. Balki uning g‘alabasini oyog‘i va paypog‘idan kelib turgan badbo‘y hid ta'minlab bergandir. Shuning uchun ham unga “Qo‘lansa” laqabi qo‘yilgan. Biroq u 20 daqiqa davom etgan finalda qo‘lga kiritgan g‘alabasi tufayli butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Sportning bu turi yana futrestling nomi bilan ham tanilgan.

O‘yin asr o‘rtasida Shotlandiyada tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, uni Osiyoda ko‘proq sevishadi.  Shotlandiyada ritsarlar harbiy yurishlardan holi paytda oyoqlar jangini o‘tkazishni xush ko‘rishgan.


Bu ham qiziq

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Respublikada qancha elektromobil ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi

Respublikada qancha elektromobil ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida 65,2 mingta elekt…
14:59 / 11.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi.
20:34 / 11.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Poytaxt hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
22:22 / 11.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
21:23 / 11.07.2025
O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi

O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘r…
17:11 / 11.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!