$
12060.55 UZS
-36.78
161.32 UZS
0.79
14183.21 UZS
-50.51
31° Kechasi 18°

Termometr sinsa nima qilish kerak?

13:32 / 11.11.2019

Yoshligimizda termometrni o‘ynamaslikni, singanida ichidagi simob xavfli, deb bot-bot uqtirishardi. U vaqtlar simob haqida hech qanday tasavvur ham, bilim ham yo‘q edi. Sizda-chi? Tana haroratini o‘lchashda asosiy ko‘rsatkich bo‘lmish termometr ichidagi simob nimasi bilan xavfli? Quyida shu haqida bilib olamiz.

Xavfli modda

Simob haqiqatdan ham xavfli modda hisoblanadi. Ushbu modda termometr ichidan “qo‘nim topgan” bo‘lib, hazm qilish va nafas olish tizimi orqali bilangina inson organizmiga tushishi mumkin. 

To‘g‘ri, dumaloq shakldagi simobni bilmasdan yeb qo‘yishning iloji yo‘q (agar kichkina bola bo‘lmasa). 
Ammo singan termometrdan tashqariga chiqqan simobni hidlab qo‘yish har birimizga xavf soladi. Oqibatda, simobdan zaharlanish – qayd qilish, ko‘ngil aynishi, ozib ketish kabi belgilar yuzaga keladi. Zaharlanishni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik esa markaziy asab tizimi va buyraklar faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Nima qilish kerak?

• Singan termometrni va ichidagi simobni yig‘ib olish uchun rezina qo‘lqop kiyib olish zarur. Chunki, simob zarrasi teriga tegmasligi kerak.

• Termometrning singan sohasini alohida ajratib qo‘yish lozim. 

• Singan qoldiqlarni sovuq suv solingan idishga yig‘ish tavsiya etiladi. Yig‘ib bo‘lgach, darhol idish qopqog‘i zichlab yopilishi kerak. Bu o‘rinda savol tug‘iladi, muzdek suv nima uchun kerak? Sovuq suv simobning havoda bug‘lanib ketishining oldini oladi.

• Termomert singan xonaning eshik-derazalari ochilib, xona yaxshilab shamollatilishi zarur.

• Simob to‘kilgan yer xlorli yoki xloraminli suv bilan artiladi. Agar xonadonda ushbu kimyoviy moddalar bo‘lmasa, oddiygina sovunli suvdan ham foydalanishingiz mumkin. Buning uchun sizga 30 g. iste’mol sodasi, 40 g. sovun va bir litr suv kerak bo‘ladi.

Nima qilish mumkin emas?

• Singan termometrni chiqindi qutisiga tashlamang. Qutiga solingan ikki gramm simob 6 000 kubometrli havoni zaharlaydi.

• Simobni supurgi bilan supurish, chang yutgich bilan tozalash mumkin emas. Chunki, simob bilan zaharlangan bunday ro‘zg‘or buyumini tashlab yuborishingizga to‘g‘ri keladi.

• Simob tekkan ko‘ylak yoki poyabzalni kir yuvish mashinasida yuvish mumkin emas. Yaxshisi, ularni tashlab yuboring.

• Simobni kanalizatsiya quvuriga oqizish ham taqiqlanadi. Chunki, ushbu modda quvurlarda qolib ketishi mumkin. Uni tozalash esa anchagina qiyinchilik tug‘diradigan ish.


Bu ham qiziq

Andijonda 24 kg dan ortiq giyohvand modda kontrabandasiga chek qo‘yildi

Andijonda 24 kg dan ortiq giyohvand modda kontrabandasiga chek qo‘yildi

Hozirda tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
16:39 / 22.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonada o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonada o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi i

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida oʻtayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTni…
16:30 / 22.04.2026
Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Respublikadagi banklardan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari xizmat vakolatidan foydalanib, no…
09:42 / 22.04.2026
Maldivga sayyohatga borgan erkakga akula hujim qildi

Maldivga sayyohatga borgan erkakga akula hujim qildi

Maldiv orollarida asal oyini o‘tkazish uchun borgan ispaniyalik sayyoh akula hujumiga uchradi. Bu haqda “Daily Mail” xabar b…
14:08 / 22.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqi

Avvalo, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga Mintaqaviy ekologik sammitni o‘tkazis…
14:00 / 22.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva shuningdek, Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashdi.
15:46 / 21.04.2026
22-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

22-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqi…
17:31 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forum doirasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi di…
14:17 / 21.04.2026
Termizda maktab direktori pora sabab 4 yilga qamaldi

Termizda maktab direktori pora sabab 4 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida maktab direktori 2 million so‘m pora olganlikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 4 y…
10:16 / 22.04.2026
Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” va muzeyga kirish vaqtincha cheklanadi

Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” va muzeyga kirish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘i hududida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ishlari doirasida tozalash va yang…
12:45 / 22.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!