$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Kelajak avtomobillariga mo‘ljallangan texnologiyalar

08:52 / 04.12.2014

Avtomobil sanoati injyenerlari muntazam ravishda xavfsizlikni ta'minlash, qulaylik va haydovchilar uchun yengillik beruvchi yangi texnologiya va qurilmalar taqdim etishmoqda. Quyida kelajakda joriy etilishi mumkin bo‘lgan ana shunday texnologiyalar haqida so‘z yuritamiz. 

Avtopilot funksiyasiga ega avtomobillar

Keyingi besh yil ichida dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari avtonom avtomobillarga e'tibor qaratishmoqda. “Ford” turargohga o‘zi mustaqil joylasha oladigan konsept avtomobilini namoyish etdi. “Audi”, “BMW”, “Nissan”, “Honda”, “GM” va “Mercedes” o‘zlarining haydovchisiz avtomobillari sinovdan o‘tkazilayotgani haqida tez-tez hisobot berishmoqda. “Volvo” Gyoteborgda uzatgichlar, GPS va boshqa texnologiyalar yordamida yo‘l halokatiga umuman uchramaydigan mashinani namoyish qildi. Yaqinda “Toyota” ham haydovchisiz boshqariladigan avtomobil ishlab chiqarishga harakat qilayotganligini, “Tesla Motors” esa uch yildan so‘ng o‘zining birinchi “haydovchisiz avtomobili”ni ommaga havola etishini e'lon qildi.  

Soha yetakchilaridan biri “Google” hisoblanadi. Kompaniya tizimi “Google Street View” servisi yiqqan ma'lumotlar, videokameralar, mashina tomiga o‘rnatilgan “Lidar” uzatgichidan, avtomobilning old qismidagi radarlar va orqa g‘ildirakka o‘rnatilgan uzatgichlardan foydalandi.

Aksariyat kompaniyalar bunday avtomobillar 2020 yilga kelib keng sotuvga chiqishi mumkinligini aytishmoqda. Ular paydo bo‘lishi bilan nima o‘zgaradi? Eng avvalo, robotlashgan mashinalar insonlar hayotini saqlab qoladi. Inson o‘rniga rulni boshqaruvchi kompyuter bir vaqtning o‘zida yo‘ldagi barcha obektlarni kuzata olishi va xavfli holatlarda darhol chora ko‘rishi mumkin. Biroq odamlar nazoratni to‘laligicha mashinalarga ishonishga tayyormi? 

Kompyuter-haydovchi insonlardan ko‘ra xavfsizroqligini isbotlash uchun minglab sinovlar o‘tkazilishi lozim. Hozirda bunday avtomobillarni Yaponiya va AQShning uchta shtati (Kaliforniya, Florida va Nevada)dagi umumiy yo‘llarda sinashga ruxsat berilgan. Yil oxirigacha Buyuk Britaniya ham ana shu ro‘yxatdan o‘rin olishi kutilmoqda.  

Quvvat to‘plovchi kuzov panellari

“Exxon Mobil”ning taxmin qilishicha, 2040 yilga kelib, konveyerdan chiqadigan barcha yangi avtomobillarning teng yarmi gibrid bo‘ladi. Ammo gibrid avtolarning bitta muammosi bor: elektrodvigatel ishlashi uchun foydalaniladigan akkumulyatorlar hajmi juda katta va og‘ir bo‘lib, bu muammoni hatto litiy-ionli batareyalarning takomillashishi ham yecha olmayapti.

Yevropada to‘qqizta avtomobil ishlab chiqaruvchilardan tashkil topgan guruh hozirda energiya to‘plovchi va oddiy batareyalarga nisbatan tezroq quvvat oluvchi kuzov panellarini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu panellar polimerli uglerod to‘qimalar va smoladan tayyorlanib, mustahkam va egiluvchandir. Bu loyiha amalga oshsa, avtomobillarning og‘irligi 15 foizga kamayadi.

“Nissan”ning aqlli soatlari

“Nismo Watch” aqlli soatlari yordamida haydovchi avtomobilning holati, o‘z salomatligi (yurak urishi va tana harorati) haqida ma'lumot olishi, ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklardan boxabar bo‘lishi mumkin. Hozircha bu soatning loyiha nusxasi namoyish etildi. Bu soatlar qachon sotuvga chiqishi noma'lum bo‘lib, “Nismo Watch” qanday ishlashi haqidagi rolikni tomosha qilish mumkin xolos.

Xed-ap-displeylar (HUD) va to‘ldirilgan voqelik 

Dastlab, harbiy aviatsiya uchun ishlab chiqarilgan ushbu texnologiya reaktiv qiruvchilar va vertolyotlarning old oynasida barcha muhim ma'lumotlarni ko‘rish imkonini beradi. Keyingi paytda ushbu tizimdan avtomobilsozlikda ham qo‘llanilmoqda. Oynadagi ko‘rsatkichlar haydovchining nigohini yo‘ldan uzmasligi va asboblar panelidagi ko‘rsatkichlarga chalg‘imasligini ta'minlaydi. Hozirgi kunda 2 foizga yaqin avtomobillar shunday texnologiya bilan jihozlangan (hozircha old oynada avtomobilning tezligi haqidagi ma'lumot aks etib turadi). 

2020 yilga kelib, avtomobillar harakat yo‘nalishi va mashina tizimiga oid barcha holatlarni aks ettiruvchi to‘liq rangli xed-ap-tizimlar bilan jihozlanishi kutilmoqda. Shuningdek, mashina oynasida navigatsion ma'lumotlar, uylarning raqamlari, ko‘chalarning nomlari, qayerda burilish kerakligi va yo‘lning qaysi qismida yurish kerakligini ko‘rsatuvchi “to‘ldirilgan voqelik” aks etadigan davrga ham oz qoldi. Oynada aks etuvchi displey orqali mashina to‘xtab turgan paytda internetdan foydalanish, filmlar ham ko‘rish imkoniyati bo‘ladi. Bunday tizimni “Harman Interactive” va “BMW” kompaniyalari namoyish etishdi. “BMW” shuningdek, “to‘ldirilgan voqelik”dan foydalanishni avtomexaniklarga ham taklif etmoqda. 

Rolikda “BMW” xodimi “Google Glass”ga o‘xshagan ko‘zoynak yordamida dvigatelning qaysi qismlarini almashtirish lozimligi va buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida ko‘rsatma berayotganligi tasvirlangan.

To‘ldirilgan voqelikdan yo‘lovchilar ham foydalanishi mumkin. “Toyota” sensor ekran yordamida uzoqdagi obektlarni yaqinlashtirish, ularni aniqlash hamda obektgacha bo‘lgan masofani ko‘rsatish imkonini beruvchi tizimning loyihasini namoyish etdi.

 Havosiz shinalar

“Bridgestone” korporatsiyasi oddiy shinalarga nisbatan ekologik hisoblanuvchi pnevmatik bo‘lmagan (havosiz) shinalarni taklif etmoqda. Termoplastik smoladan tayyorlanadigan bu shinalar maxsus simlar yordamida avtomobil og‘irligini ko‘tarib turadi. 

  

Aqlli yoritgichlar

Tungi vaqtda yomg‘irli yoki qorli havoda mashina haydash judayam qiyin. Sababi, ho‘l va sirpanchiq yo‘ldan tashqari, avtomobil yoritgichlariga yomg‘ir tomchilari yoki qor parchalari yopishib qolib, yo‘l yaxshi yoritilmaydi. Karnegi-Mellon universiteti tadqiqotchilari kamera, proyektor, bo‘luvchi prizma va tomchilar miqdorini kamaytiruvchi protsessorni o‘zida mujassamlashtirgan yoritgichlar tizimini yaratishdi. Kamera tomchilarni aniqlaydi, protsessor ularning qaysi tomonga ketishini belgilaydi, proyektor, o‘z navbatida, tomchi zarralarini “aylanib o‘tib” faqat yo‘lni yoritadi. Bu jarayonga atigi 13 millisekundga yaqin vaqt sarflanadi. 

“BMW” injyenerlari diodli faralardan 1000 baravar yorqinroq bo‘lgan lazerli yoritgichlarni hamda mashina yo‘lidagi piyodalarni yorituvchi tizimni yaratishdi. “Dynamic LightSpot” projyektorlari tumanga qarshi chiroqlar o‘rniga qo‘yiladi va burilish chiroqchalarini ishga tushiruvchi tizim kabi harakatga keltiriladi. Infraqizil sensorlar va kameralar yordamida tizim inson harorati va sharpasi orqali uni yoritadi. Projyektorlar ikkitaligi bois bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘lovchini yoritish mumkin bo‘ladi. 

Ishora bilan boshqarish

Keyingi paytda ko‘pchilik avtomobilni imo-ishoralar yordamida boshqarish mumkinligi haqida gapirmoqda. To‘g‘ri, qo‘lni havoda aylantirib mashina rulini boshqarishga hali bor, lekin asboblar paneliga qo‘l tegizmasdan mashina oynasini ochish yoki isitish tizimini ishga tushirish mumkin.

Ushbu yozda “Microsoft” avtomobilni smartfon yordamida imo-ishora orqali boshqarishga patent oldi. Imo-ishoralar smartfonning old kamerasi orqali tizimga uzatiladi. Kaft quloqqa yaqinlashtirilsa, ovoz balandlaydi, barmoqni lablar ustiga olib  borilsa, ovoz pasayadi, barmoqni iyakka qo‘yish orqali qidiruv satri paydo bo‘ladi. “Google” esa avtomobilning yordamchi tizimlarini ishora orqali boshqarish texnologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Masalan, kaft ochiq holda pastga harakatlantirilsa, mashina oynasi ochiladi, barmoqni o‘ng yoki chapga harakatlantirish orqali boshqa radiostansiyaga o‘tish mumkin.  

“Hyundai” yil boshida o‘zining “HCD-14” deb nomlangan nigoh va ishoralar bilan boshqariladigan “aqlli” mashinasini namoyish etdi. Mashina xed-ap-displey, raqamli asboblar paneli va rulida haydovchining nigohini kuzatib turuvchi ikkita kamera bilan jihozlangan. Haydovchi isitish-sovutish tizimi, mobil telefon yoki ma'lumotlarni aks ettiruvchi belgilardan birortasiga qarashi bilan, shu zahoti kerakli funksiya tanlanadi. Shundan so‘ng haydovchi qo‘l va barmoqlarida ishora qilish orqali salondagi haroratni kerakli holatga keltirishi, telefondagi aloqalar ro‘yxatini varaqlashi yoki internet sahifasini ko‘rishi mumkin bo‘ladi. 

Mashinani halokat yuz bergunga qadar to‘xtatib qoluvchi xavfsizlik yostiqchasi 

Avtomobillarga ilk xavfsizlik yostiqchalari o‘rnatish boshlanganidan beri ularning turlari ko‘payib ketdi: yon tarafda turuvchi xavfsizlik yostiqchalari, oyoqlar uchun xavfsizlik yostiqchalari, xavfsizlik kamariga o‘rnatilgan yostiqchalar paydo bo‘ldi. “Mercedes” hozirda avtomobil ostidan chiquvchi va to‘qnashuv xavfi aniq bo‘lgan holatda mashinani halokat yuz bergunga qadar to‘xtatib qo‘yadigan xavfsizlik yostiqchasi ustida ishlayapti. Mashina ostidan chiqadigan “yostiq” yo‘l qoplamasiga yopishib qoladigan maxsus qoplamaga ega. Bunday yostiq avtomobilni yerdan 8 sm. yuqoriga ko‘tara oladi. 

“Apple” loyihasi 

“Apple” o‘z mahsulotlari ro‘yxatiga “iCar” kiritishga harakat qilmayapti, lekin boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda. Bahorda Shanxay avtosalonida kompaniyaning “Volkswagen” bilan birgalikdagi mahsuloti —  mobil qurilma bilan uyg‘unlashgan “iBeetle” avtomobili namoyish etildi. Avtomobilda “iPhone” uchun mo‘ljallangan maxsus stansiya bo‘lib, uning yordamida harakat paytida asosiy jarayonlarni – musiqa qo‘yishdan tortib vaqt va yonilg‘ini tejashga mo‘ljallangan maxsus yo‘nalishni tanlashgacha boshqarish mumkin.  

Bir-biri bilan “so‘zlashuvchi” avtomobillar

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va AQSh hukumati kelajakda avtomobillarning bir-biri bilan “so‘zlashish”lariga – qayerdaligi, xavfsiz masofa saqlash uchun tezligi va yo‘nalishi haqida ma'lumot berish hamda qabul qilishga imkon beruvchi texnologiya ustida ish olib bormoqdalar. Tasavvur qiling, bir avtomobil qizil chiroqda to‘xtagan paytda siz chorrahaga yaqinlashdingiz. Siz narigi avtomobilni ko‘rmayapsiz, lekin sizning avtomobilingiz yo‘lingizda boshqa mashina turgani haqida signal qabul qiladi va sizni xavfdan ogoh etadi, lozim bo‘lsa mashinangiz to‘xtab ham qoladi. Bunday texnologiya “V2V” (Vehicle-to-Vehicle) deb nom oldi va ayni paytda “Ford” mutaxassislari tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, “V2I” (vehicle-to-infrastructure) deb nomlangan yana bir texnologiya ustida ham ish olib borilmoqda. U avtomobillarga yo‘l belgilari va svetoforlar bilan “muloqot qilish” imkonini beradi. 

Gidrofob oynalar 

2014 yilda namoyish etilgan “KIA CADENZA” gidrofob oynaga ega bo‘lgan dastlabki avtomobildir. Ishlab chiqaruvchilarning aytishlaricha, suv yuqtirmaydigan maxsus aralashma bilan ishlov berilgan bu oynalar terlamaydi, yomg‘ir yoqqanda ham suv oyna yuzasida qolmaydi. 


Bu ham qiziq

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025
Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
21:23 / 11.07.2025
Respublikada qancha elektromobil ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi

Respublikada qancha elektromobil ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida 65,2 mingta elekt…
14:59 / 11.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Poytaxt hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
22:22 / 11.07.2025
12-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 19-21 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
18:27 / 11.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!