$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Susambil

18:36 / 26.04.2020

Bor ekan-u, yo‘q ekan, och ekan-u, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan…
O‘tgan zamonda bir boy bor ekan. Uning bir eshagi va bir ho‘kizi bor ekan.U odamning yeri ko‘p ekan,bu yerlarni qarol – qo‘shchilarga ektirib, kun o‘tkazar ekan. Xo‘jayinning o‘g‘illari ko‘pincha eshakni minib yurar ekanlar. Xo‘jayin eshakka yarasha egar-to‘qim qildirib bergan ekan. To‘qimi gajimli, juda ham kelishgan ekan. Shunday qilib, bu eshakni xo‘jayin ham, xo‘jayinning bolalari ham yaxshi ko‘rib, suv o‘rniga sharbat, o‘t o‘rniga qora mayiz bilan beda berib boqar ekan. Xayr, eshak suv o‘rniga sharbat, o‘t o‘rniga qora mayiz bilan bedani yeb, maza qila bersin.
Endi gapni ho‘kizdan eshiting.
Xo‘jayin ho‘kizni ertadan kechgacha qo‘shga qo‘shar ekan. Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab qaytib kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan. Ho‘kiz bechora har kuni bir bog‘ quruq poyaga yo‘liqib, qorni ochib, qoni qochib, rangi to‘zib ko‘p abgor bo‘libdi. Bir kun ishdan kelib,poyani yegisi kelmay yig‘lab yotib atrofga qarasa, boyagi eshak suv o‘rniga sharbat, o‘t o‘rniga qora mayiz bilan bedaning gulini yeb, maza qilib yotibdi.Shunda ho‘kiz uning ovqatidan yegisi kelib, eshakdan:
– Hoy o‘rtoq, men ko‘p och qoldim,rahming kelmaydimi? Kel, menga ham ovqatingdan ber! – debdi. Shunda eshakning rahmi kelib, ovqatidan beribdi. Eshakning oldida har doim ovqat ortib yotar ekan. Xo‘jayin erta bilan chiqib ko‘rsaki, eshakning oldida ovqati qolmabdi. “E, eshagimning ishtahasi endi ochilibdi”,deb ko‘p ko‘p ovqat soladigan bo‘libdi. Bir kuni xo‘jayin chiqib qarasa, eshakning ovqatini hadeb ho‘kiz kelib yeyayotgan emish. 
Xo‘jayin:
– Iye, hali sening qorning to‘yib, dimog‘ing ko‘tarilib qolibdiku! – deb,ertasi kuni ho‘kizni eshakning o‘rniga qo‘yib, eshakni oborib, ho‘kizning o‘rniga qo‘shga qo‘shibdi. Eshak sho‘rlik umrida qo‘shga qo‘shilmagan ekan. U omochni tortishga ko‘p qiynalibdi. Oxiri taqdirga tan berib, qo‘shda yurishga ham ko‘nikib qolibdi. Kechgacha qo‘shda yurib charchab, qorni ochib uyga borsa, avvalgi ovqatlar yo‘q, sharbat o‘rniga bir paqir suv, mayiz bilan bedaning o‘rniga bir bog‘ poya. Eshak bechora nochor yeyishga tushibdi.
Shunday qilib, xo‘jayin eshakni kuzgacha toza ham qo‘shga qo‘shibdi. Kuz kelganda unda uzoq-uzoq yerlarga yuk ortib boradigan bo‘libdi.
Bir kuni xo‘jayin eshakni minib bozorga boribdi. Bozordan bir qop tuz sotib olibdi. Tuzni eshakka ortib, ustiga o‘zi minib, yo‘lda ketayotsa, birdan havo aynib, yomg‘ir yog‘a boshlabdi. Hash-pash deguncha darrov yo‘llar loy bo‘lib ketibdi. Eshak bechora ustida tuz, uning ustiga xo‘jayin mingan, boz ustiga yuklar yomg‘irda ivib vazminlashgan, yomg‘irdan junlari ivib, terisiga nam o‘tib qovjiragan bir ahvolda, yo‘lda arang yurib kelar ekan. Noinsof xo‘jayini loaqal eshakning oyog‘idagi taqasini ham yangilatib qo‘ymagan ekan.Taqasi siyqalanib qolgani uchun eshak loyda toyilib, turtinib borar ekan. Ustidagi og‘ir yuki bosib, darmoni quribdi, buning ustiga xo‘jayin:
– Tez-tez yurmaysanmi? – deb, qo‘lidagi hala cho‘pi bilan bo‘yniga niqtabdi, “xix-xix!” deb ikki oyog‘i bilan qorniga tepibdi. Eshak shu azob bilan borayotib yo‘lda bir buzuq ko‘prikka kelib qolibdi. Bechora eshak toyilib-turtilib ko‘prikning ustiga chiqqanda oyog‘i toyib,ko‘prikning teshigiga kirib qolibdi, ustidan xo‘jayin chalqanchasiga ag‘anab ketibdi. Shunda xo‘jayinning qahri kelib, chayonday zahri kelib, ko‘prikning tagidan bir so‘yilni tortib olib, o‘lganning ustiga ko‘mgan deganday, “Meni ag‘anatadigan senmisan?!” – deb bechora eshakni toza uribdi. Eshakning oyog‘ini ko‘prik qisgan,o‘zini yuk bosgan, buning ustiga kaltakning achchig‘i. Eshak shunda bo‘ynini yerga solib, boshini loyga qo‘yib, ko‘zidan yoshini oqizib yotib qolibdi. Shunda uch-to‘rt yo‘lovchi yetib kelibdi. Eshakning ahvolini ko‘rib, ularning rahmi kelibdi. 
Bitta yo‘lovchi:

– Hoy, noinsof! Eshakning ahvoliga qarasang-chi, uni urib nima qilasan? Ustidagi yukni ol, bo‘lmasa o‘lib qoladi, – debdi. Keyin yo‘lovchilar kelib, biri yukning ustidagi arg‘amchini qirqibdi, birisi tuzni ag‘anatibdi, biri eshakni belidan ko‘tarib, yana biri dumidan ushlab, ko‘prikdan chiqarib olibdi. Shundan keyin xo‘jayin tuzni ortib yana yo‘lga tushibdi. Eshak bechora shuncha azob bilan qorni ochib, uyga zo‘rg‘a yetib boribdi. Borgandan keyin uydagilar: “Xo‘jayin yomg‘irda ivib kelibdi, ko‘p azoblanibdi”, deb uni qo‘llab-qo‘ltiqlab, issiq uyga olib kirib ketishibdi. Eshakni esa ochiq havoga bog‘lab qo‘yishibdi. Xo‘jayin o‘choqda oqqalov o‘tda isinib, yog‘li palovni yeb, maza qilibdi. Eshakka bo‘lsa, boyagi-boyagi boyxo‘janing tayog‘i, deganday bir bog‘ quruq poyani tashlashibdi.
Eshakning juda xo‘rligi kelib, endi shu kayfiyatda yuraverishga rozi bo‘lgisi kelmabdi. Eshak endi nima qilsam bo‘lar ekan, deb o‘ylabdi. “Men shu xo‘jayinning qo‘lida tokay ezilaman, axir xo‘jayinnikidan chiqib ketsam, ochdan o‘lamanmi? Kel-e, shu yerdan boshimni olib ketayin!”, debdi.
“Endi qayoqqa borsam bo‘lar ekan?”, deb o‘ylabdi.
Eshak yoshligida onasidan: “Susambil degan mamlakat bor ekan. U joyda o‘tning quyug‘i, suvning tinig‘i mo‘l ekan. Unda birov bilan birovning ishi ham yo‘q, azob-uqubat, g‘am yo‘q, ovqat mo‘l, qorning doim to‘yib yuradi”, degan gapni eshitgan ekan. Onasi bechora ko‘p orzu qilsa ham Susambilga borolmay, o‘tib ketgan ekan. Eshak o‘ylab o‘ylab shu Susambilni topibdi. O‘rnidan turib, chiranib tortib boshvog‘ini uzib, osmonga qarab bir hangrab olibdi. Keyin xo‘jayinning tashqi hovlisi bilan xayrlashib, yo‘lga tushibdi.
Bir odamning qirqta tovug‘i bor ekan, birkam qirqtasi makiyon, bittasi xo‘roz ekan. Makiyonlar har kuni birkam qirqta tuxum qilib berar ekanlar. Biroq egasi juda xasis odam ekan. Tovuqlarga loaqal uch kunda bir marta ham don sochib qo‘ymas ekan. Tovuqlar hovlida xashaklarni va go‘nglarni titib, ovqat topib, shundan qorin to‘yg‘azar ekanlar.
Bir kuni tovuqlar qo‘shnisining hovlisida donlab yurganda, qo‘shnisining xotini uy obrezida oqishoq yuvib, qozonga solibdi. Obrezning chetiga besh-to‘rtta oqishoq to‘kilib qolibdi. Buni xo‘roz ko‘rgan ekan, sekin kirib, haligi donlarni yeya boshlabdi. Shunda qo‘shnisining xotini ko‘rib, “kisht-kisht, qirilgurlar, kisht” deb, otashkurakni otib yuboribdi. Otashkurak xo‘rozga tegib, uni bir necha marta yumalatib yuboribdi. Otashkurakning zarbidan xo‘roz ko‘p alam tortib, bir chekkaga borib toza yig‘labdi. Shunda xo‘rozning xo‘rligi kelib: “Xo‘jayin har kuni birkam qirqta tuxum olsa, loaqal bitta tuxumning puliga don olib sochmasa; uyining eshigi yoniga borsak, o‘zi ham, xotini ham “kisht-kisht!” deb haydasa, boz ustiga qo‘shnilaridan ham kaltak yesang! Menga nima azob?! Kel, shu yerda yurgandan ko‘ra dalalarga chiqib ketib, o‘sha yerda o‘zimcha tirikchilik qilsam nima bo‘ladi?, debdi. O‘rnidan turibdi va , “quq-qu-qu” deb qichqiribdi. Keyin pir etib uchib devorga qo‘nibdi, undan uchib ko‘chaga tushibdi-yu, dalaga qarab ketaveribdi.
Xo‘roz dala yo‘lida borayotgan ekan, uch ko‘cha kelib to‘qnashibdi. Uch ko‘chaning biridan boyagi eshak, ikkinchisidan xo‘roz kelib chiqibdi. Xo‘roz eshakka qarab:
– Assalomu alaykum, eshakvoy! – debdi.
Eshak:
– Vaalaykum assalom, xo‘rozvoy, – debdi.
Xo‘roz:
– Sizga yo‘l bo‘lsin? – deb eshakdan so‘rabdi.
Eshak:
– Susambilga!– debdi.
Xo‘roz:
– Susambil qanday joy? – debdi.
Eshak:
– Susambil o‘tning quyug‘i, suvning tinig‘i, unda juda erkinlik, azob-uqubat yo‘q, maza qilib yurasan! – debdi.
Xo‘roz:
– Men ham borsam bo‘ladimi? – deb so‘rabdi.
Eshak: – Mayli, bitta edim, sen bilan ikkita bo‘lamiz, yuraver! – debdi.
Ikkovi boshidan o‘tganlarini bir-biriga gapirib ketaveribdi.

…davomi keyingi sonda


Bu ham qiziq

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!