Bu dengiz o‘zining g‘ayrioddiy nomini suvdagi minerallarning ko‘pligi oqibatida dengizda baliq, o‘simliklar va biror bir tirik jonzot yo‘qligi tufayli olgan. Biologlar bu yerdan faqat bakteriyalarni, shuningdek, bir nechta oomitset va qo‘ziqorin turlarini topishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘lik dengizi Isroil va Iordaniya chegaralari o‘rtasida joylashgan. Bu dengiz haqida qadimgi tarixchilar va geograflar ham o‘z asarlarida qayd etib o‘tishgan. Masalan, Strabon o‘z asarlarida uni “Sirbonid ko‘li” deb ataydi.
Qizig‘i shundaki, ko‘pgina guvohlar suvda chuchuk suv baliqlarini ko‘rganliklarini ta’kidlamoqda. Hatto, isroillik jurnalist Noam Bedein baliqlarning bir nechta rasmlarini e’lon qildi.
O‘lik dengizining suvi tarkibidagi yuqori miqdordagi tuz odamlarga suzishda yengil harakat qilishga imkon beradi. O‘lik dengiz suvi bilan davolanish artroz, artrit va podagradan aziyat chekadiganlar uchun foydalidir. Maxsus bug‘lanish hovuzlarida qazib olinadigan minerallar kosmetik ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi. O‘lik dengizidagi minerallar noyob va ular boshqa biron-bir suv havzasida uchramaydi.
O‘lik dengizida cho‘kib ketish xavfi bo‘lmasa-da, baxtsiz hodisalar uchrab turadi turadi. Bundan tashqari, uning suvini ichish juda xavflidir. Suv tarkibidagi ortiqcha tuz zaharlanishga olib keladi va buyraklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
1867-yilda taniqli yozuvchi Mark Tven O‘lik dengiziga tashrif buyuradi. U o‘z taassurotlarini “Sodda odamlar xorijda” kitobida tasvirlab bergan. Ko‘rinishidan, bu joylar yozuvchining ishtiyoqini uyg‘otmagandek: “Unda jimgina sukut saqlanadi. Va siz beixtiyor dafn marosimi hamda o‘lim to‘g‘risida o‘ylay boshlaysiz”.
Gogol o‘limidan bir necha yil oldin muqaddas joylarga ziyorat qiladi. Quddusga tashrif buyuradi. O‘lik dengizidagi quyosh botishining go‘zalligini tasvirlab berishning iloji yo‘qligini aytib o‘tgan. Chunki, dengizdagi suv bu vaqtda binafsha tusga kiradi.
O‘lik dengizning maydoni so‘nggi yillarda barqaror ravishda pasayib bormoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar favqulodda choralar ko‘rilmasa, 50 yildan keyin bu dengiz shunchaki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. O‘lik dengizidagi suvni to‘ldirishning asosiy manbai Iordan daryosidir. Ammo uning suvi sanoat va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun faol ishlatiladi. Isroil va Iordaniya O‘lik dengizi qurib qolmasligi uchun Qizil dengizdan suv tortib kelishni taklif qilishmoqda.
1993-yilda Odessaning ikki fuqarosi noodatiy brendni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bunda baliq dengizga chiqarilishi, shundan keyin u tuzlanib, pivo bilan iste’mol qilishga tayyor bo‘lishi kerak edi. Tabiiyki, loyiha muvaffaqiyatsiz tugadi. Baliqlar suvga tushganidan keyin ko‘p o‘tmay nobud bo‘la boshladi. Omadsiz tadbirkorlar esa jarima to‘lashga majbur bo‘lishdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!