$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Birinchi taassurot: Bu borada kiyimlarning ahamiyati qanday? 

14:57 / 28.10.2019

Karyera haqida gapiramizmi yo shaxsiy hayot haqidami, farqi yo‘q – birinchi taassurot juda muhim. U sizni odamlar qanday idrok qilishini belgilaydi. Birinchi taassurotning shakllanishiga ko‘p omillar ta’sir qildi. Bu borada psixologlar aniqlagan bir qancha muhim omillarga to‘xtalib o‘tamiz. 

Mutaxassislar uni “ingichka kesish” deb atashadi.

Inson miyasining kimgadir qarab lahzadayoq xulosa qilish qobiliyati mutaxassislar o‘rtasida “ingichka kesish”(ingl. thin slicing) deb ataladi. Bu qobiliyat – o‘zgacha narsa emas. U inson zotining tabiati asosi. Bunday tahlil har safar notanish odamga duch kelganimizda yoki umuman begona vaziyatda darhol qaror qabul qilishga majbur bo‘lganimizda sodir bo‘ladi. 

Ishonch o‘ninchi soniyada paydo bo‘ladi

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, odamlar kimgadir ishonish mumkinmi-yo‘qmi – bu haqida 10-soniyada xulosaga keladilar. Prinstondagi tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdi. Ular bir guruh talabalarga ma’lum vaqt mobaynida aktyorlarning suratlari asosida turli sifatlar, jumladan, jozibadorlik, kompetentlilik hamda ishonish imkoniyatini baholash topshirig‘ini berishgan. Baholash yakunlangach, yana bir guruhga, aynan, shu sifatlarni aniqlash uchun cheklanmagan vaqt berilgan. 

Boshqa sifatlarni baholashga ketgan vaqt ikkala guruhda ham farq qilgan bo‘lsa-da, odamga ishonch darajasini aniqlashga ketgan vaqt ikki guruhda ham bir xil bo‘lgan. Ya’ni kimnidir uchratganingizda, siz hali gapirmasdan yoki qo‘lingizni uzatmasdan turib, boshqalar sizga ishonib bo‘ladimi-yo‘qmi – bu haqida xulosa qilib bo‘ladilar. 

Qo‘l siqish ko‘p narsa haqida ma’lumot beradi

рукопожатие

Ilk taassurotning ijobiy shakllanishida, ayniqsa, u ish muhitida bo‘lsa, qo‘l siqish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Gap shundaki, qo‘l siqish sizni “ochiq”roq qiladi. Ishonchning bunday namoyon bo‘lishi boshqa odam bilan birlashishga yordam beradi.
 
“Turli sabablar bizning ijtimoiy aloqalarimizni buzilishiga olib kelishi mumkin, ammo qo‘l siqish salbiy taassurotni ancha yumshatishga yordam beradi”. 

Kiyim – muvaffaqiyat mezoni

одежда

Ko‘p sonli tadqiqotlarning aniqlashicha, sizning kiyimingiz muvaffaqiyatingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. 2011-yilgi tadqiqotga ko‘ra, yaxshi kiyingan erkaklar o‘z uslubiga ega bo‘lmagan erkaklardan ko‘ra o‘ziga to‘q hamda ijtimoiy maqomi yuqori tuyulishi aniqlangan. Bundan tashqari, boshqa bir tadqiqotda, kostyumni tayyor sotib olmasdan, buyurtmaga tiktiradiganlar aqlliroq va muvaffaqiyatliroq ko‘rinishi ma’lum bo‘lgan. 

Qanday taassurot uyg‘otayotganingizni aniqlang

Ko‘rib turganingizdek, birinchi taassurot mexanizmi haqida juda ko‘p foydali bilimlar bor. Inson miyasi bir necha soniyadayoq baho berish qobiliyatiga ega. Bu yodingizda tursin va boshqa odamlarda qanday taassurot uyg‘otishingizga e’tibor bering. 


Bu ham qiziq

12-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 19-21 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
18:27 / 11.07.2025
Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar besamar ketsa, AQShga javob choralari qo‘llaniladi
21:33 / 12.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:16 / 12.07.2025
Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni jahon hamjamiyatiga kelishuvga erishish uchun hamma narsani qilmoqda va Rossiya-Amerika muloqoti uchun pl…
11:02 / 12.07.2025
Prezident profilaktika inspektorga muddatidan oldin kapitan unvonini berdi

Prezident profilaktika inspektorga muddatidan oldin kapitan unvonini berdi

Prezident bu borada mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berdi
18:58 / 11.07.2025
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etiladi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etiladi

Qonun (O‘RQ–1075-son, 10.07.2025 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritil…
16:19 / 11.07.2025
Bu yilgi test sinovlari uchun qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

Bu yilgi test sinovlari uchun qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

Bugun o‘tkazilgan brifingda bu yilgi qabul masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tildi
19:44 / 11.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025
O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!