Qonun (O‘RQ–1075-son, 10.07.2025 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi, jumladan:
· Avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;
· Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.
Shuningdek, ayrim belgilangan ma’muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi, voyaga yetmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!