$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Orkestr aslidanda jozibaliroq ijro etgan 7 ta kuy va taronalar

11:21 / 13.09.2019

Kuniga o‘nlab qo‘shiqlarni tinglaymiz, kliplarni ko‘ramiz. Youtube'ning o‘zida qanchadan qancha kuy va taronalar bor. Quyida siz ancha yillardan beri (balki umuman) eshitmagan eng jozibali kuy va qo‘shiqlarning orkestr tomonidan ijro etilgan versiyasini taqdim etamiz. Sizda qadrdon kuylarning yaralishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish imkoniyati bor. Tinlab, tomosha qiling.

1. "t.A.T.U." - Nas ne dogonyat

Bugunga kelib tarqalib ketgan Rossiyaning "t.A.T.U" guruhi ijro etgan "Nas ne dogonyat" taronasi butun dunyoga mashhur. Ozarbayjon milliy orkestr jamoasi "Bizimkilər" aksiyasi doirasida ushbu qo‘shiqni zamonaviy aranjirovkada, lekin milliy musiqa asboblarida ijro etishdi. Hatto "Nas ne dogonyat"ni bastalagan Yelena Kiper ham jamoaning ijrosini eshitib lol qolgan.

2. Michael Jackson - Billie Jean

Jeksonning vafotidan so‘ng, yuzlab fleshmoblar o‘tkazildi, qo‘shiqlari qayta kuylandi, hatto Jeksonning galogrammali qiyofasi konsertlarda ham chiqish qildi. Avstraliyaning romantik va klassik "Arco" jamoasi 2016-yilgi konsertlaridan birida "Billie Jean"ni jonlantirishdi. Ortiqcha izohga hojat yo‘q. Ijro ma'qul kelsa, orkestrning boshqa ijrolari bilan ham ularning rasmiy sahifasida tanishishingiz mumkin: www.arco.org.au. Sahnada "Arco" orkestr jamoasi. Dirijyor: Erhan Shukri.

3. Scott Bradley - Tom and Jerry

- "Bastakor Skot Bredley". Har safar "Tom va Jerri" multseriali boshlanganida shu so‘zlar qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak. Ushbu musiqa multserial uchun bastakor Skot Bredliy tomonidan 1940-1950-yillarda yaratilgan. Bu musiqani bilmagan kishi bo‘lmasa kerak. Musiqani Londonning hashamatli "Royal Albert Hall" sahnasida qayta ijro etgan orkestr jamoasining mahoratiga qoyil qolmay iloj yo‘q. Sahnada "John Wilson" orkestr jamoasi.

4. Clint Mansell - Lux Aeterna (Requiem for a Dream)

Jennifer Konelli va Jared Letto bosh rollarni ijro etgan "Orzular uchun tavon" filmiga ishlangan musiqa salkam 20 yildirki katta sahnalarda ijro etiladi, filmlarda qayta-qayta ishlatiladi va hecham jonimizga tegmaydi. Filmda daxshatli sahnalar bo‘lmasada, u ko‘ngli bo‘shlar uchun emas. Klint Mansell unga ishlagan musiqa ham shunga yarasha. Sahnada "The Metropole Orkest" orkestr jamoasi. Dirijyor Klint Mansell.

5. John Williams - "Somewhere in My Memory", "Home Alone"

Biz har yangi yil bayramida tomosha qiladigan "Bola uyda yolg‘iz" filmining ajoyib musiqalari afsonaviy bastakor Jon Uillims tomonidan aynan shu film uchungina yaratilgan. Sizda birgina musiqani yaratish qancha mehnat sarflanishini bilib olish imkoni bor. Sahnada "Twilite Orchestra" jamoasi. Dirijyor Addie MS.

6. Manas Leviyev - Oppoq lolalar valsi

Ishonish qiyin, lekin shaxsan Ennio Morrikone o‘sha "Mahallada duv-duv gap" filmi uchun yaratilgan "Oppoq lolalar valsi"ga dirijyorlik qilmoqda. Xalqaro forumlar saroyidagi konsertini maestro ana shu kuy bilan boshlab, barchani lol qoldirgan edi. "Tinib tinchimagan odamlarey!". Sahnada "O‘zbekiston milliy simfonik orkestri", Dirijyor Ennio Morrikone.

7. James Horner - Hard to starboard

Gap filmlar haqida ketganida, "Titanic"ni ro‘yxatga qo‘shmay ilojimiz yo‘q. 1997-yilda yaratilgan ushbu film, "3D" formatida 2012-yilda yana sahnaga qaytgan edi. Ushbu sahna tasvirlangan sifatli tasvirlarni topishning ilojisi bo‘lmadi. Lekin marhum bastakor Jeyms Hornerning qobiliyatini tasvirsiz ham anglash mumkin. Filmdagi barcha qo‘shiq va musiqalar aynan "Titanic" uchun Horner tomonidan yaratilgan.

Ixtiyor Rahman tayyorladi


Bu ham qiziq

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025
Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!